KUTUBXONA SOLNOMASI
1906 yil Andijon uezdida kutubxona ochilishiga ruxsat berildi.
1907 yil 387 nusxa jamg’armaga ega xalq kutubxona qiroatxonasi tashkil eildi.
1907-1918  Kutubxona jamoatchilik kutubxonasi deb nomlangan.
06.04.1941  Andijon viloyati tashkil etilishi munosabati bilan shahar uezd  kutubxonasiga viloyat kutubxonasi darajasi berildi.
1947 yil Kutubxonada 2 ta bo’lim: abonement va o’quv zali tashkil topdi.
1948 yil Kutubxonada ma’lumot-bibliografiya va uslubiyat bo’limlari tashkil etildi.
1954 yil Kutubxonada butlash va qayta ishlash bo’limlari tashkil etildi.
30.07.1954  Andijon shahar mehnatkashlar deputatlari kengashining “Andijon viloyati madaniyat boshqarmasiga viloyat kutubxonasi qurilishi uchun yer ajratish xaqida”  297/20-sonli buyrug’i qabul qilindi.
1955 yil Kitob saqlash bo’limi tashkil etildi
1960 yil Ijroiya komitetining 5000 nusxa kitob jamg’armasiga, mo’ljallangan va 310 o’rinli o’quv zaliga ega bo’lgan viloyat  kutubxonasini  markaziy xududda qurilishi uchun joy ajratish xaqida 342/19-sonli yangi qarori
1965 yil Kutubxona viloyatdagi barcha kutubxonalar uchun uslubiyat markazi  hisoblandi.
1966 yil Andijon viloyat kutubxonasiga Bobur nomi berilishi to’g’risida, Andijon viloyati partiya komiteti va viloyat ijroiya komitetining qo’shma qarori  qabul kilindi. Mas’ul tashkilot raxbarlariga Bobur byustini kutubxonaga joylashtirish uchun mablag’ topish yuklatildi.
12.01.1966 “Viloyat kutubxonasi qurilishi tugatilganligi munosabati bilan davlat qabul komissiyasini 1966 yil 29 noyabr dalolatnomasini  tasdiqlash  to’g’risida” qarori qabul qilindi.
30.11.1966  1996 yilda 2 ta yangi sektor: chet tillariga oid adabiyotlar va musiqaga oid adabiyotlar sektori tashkil etildi.
03.06.1967  5000 nusxaga moslashgan 3 qavatli viloyat kutubxonasi ochildi.
1968 yil Brayl usulida nashr qilingan kitoblar bo’limi tashkil etildi (ko’zi ochjizlar uchun).
1969 yil Nodir kitoblar va nashrlar sektori tashkil etildi.
1971 yil 3 ta zal: mikrofilmlar o’qish uchun, uslubiy ishlar xonasi va kutubxonalararo abonement zallari tashkil etildi.
1977 yil O’smirlar bo’limi tashkil etildi.
1978 yil Texnika va qishloq xo’jalik adabiyotlari sektori tashkil etildi.
1979 yil Nodir adabiyotlar o’quv zali tashkil etildi.
1983 yil Xizmat ko’rsatish bo’limi qoshida ommaviy ishlar sektori tashkil etildi.
1986 yil Uslubiyat bo’limi – Ilmiy uslubiyat bo’limi deb qayta nomlandi.
1996 yil Kutubxona Z.M.Bobur nomidagi Andijon viloyati ilmiy universal   kutubxonasiga aylantirildi.
2001 yil Huqiy axborot markazi tashkil etildi.
2002 yil Kutubxona qoshida Kutubxonalar assotsiatsiyasi tashkil etildi.
2006 yil Bobur nomidagi Andijon viloyati axborot-kutubxona markazi qayta   nomlandi.
2007 yil 7 bo’lim va 7 ta sektor qayta tashkil etildi.
2007 yil Yig’ma elektron katalog sektori tashkil etildi.
2010 yil «Kutubxona ikkinchi oilam» klubi tashkil etildi.