RAHBARIYAT


Bobur nomidagi Andijon viloyat axborot-kutubxona markazi direktori
Ismailova Gulnoraxon Alijonovna

Telefon: (0374) 223-85-67, 223-79-80
Faks: (0374) 223-79-80
Qabul kunlari: Har kuni — soat 09:00 dan 11:00 gacha 
Elektron pochta:  andijan@infolib.uz,  gulnoraxon3@mail.ru


V A Z I F A L A R I

— Viloyatdagi AKM va ARM ishini muvofiqlashtiruvchi Idoralararo kengash faoliyatida faol ishtirok etadi; 
— Viloyat ARMlari uchun uslubiy rahbarlikni tashkil etadi, ularni faoliyatini muvofiqlashtirib boradi; 
— AKMning moliyaviy xisob-kitob faoliyatiga, me’yoriy-huquqiy va moddiy texnika bazasini mustahkamlashga, markazda kutubxonachilik ish jarayonlarini avtomatlashtirishni joriy etishga rahbarlik qiladi; 
— AKM jamg’armasini matbuot asarlari va elektron resurslar bilan boyitish yo’llarini qidiradi, nashriyotlar va boshqa axborot organlari bilan hamkorlik ishlarini olib boradi; 
— Markaz jamoasining ijtimoiy, huquqiy, ilmiy faoliyati bilan bog’liq masalalarni hal etadi; 
— Davlat hamda markaz mulkini saqlanishi va ulardan samarali foydalanish uchun shart-sharoit yaratadi; 
— Markaz xodimlarini amaldagi mehnat qonunlariga qat’iy bo’ysunishini ta’minlaydi; 
— Jamoaning ilmiy faoliyatiga va ijtimoiy rivojlanishiga sharoit yaratadi; 
— Tashkilot nomidan harakat qiladi.


TARJIMAI HOLI

-Ismailova — Gulnoraxon Alijonovna 1968 yilda Andijon tumanida tug’ilgan. 
-Millati — o’zbek; 
-Ma’lumoti — Oliy. Namangan muxandislik pedagogika institutini tamomlagan; 
-Ixtisosi — Kasbiy ta’lim. Texnologik mashina va jihozlar; 
-1988 yildan — 1998 yilgacha Andijon viloyati trikotaj ishlab chiqarish birlashmasida andozachi, texnolog, injener lavozimlarida ishlagan; 
-1998 yildan — 2000 yilgacha Andijon viloyati Bobur nomli ilmiy-universal kutubxonasida o’smirlar bo’limi kutubxonachisi; 
-2000yildan — 2001 yilgacha Bobur nomli ilmiy-universal kutubxonasida o’smirlar bo’limi 2- toifa kutubxonachisi; 
-2001 yildan — 2002 yilgacha Bobur nomli ilmiy-universal kutubxonasida sektor mudiri; 
-2002 yildan — 2004 yilgacha Bobur nomli ilmiy-universal kutubxonasida xizmat ko’rsatish bo’limi mudiri; 
-2004 yildan — 2006 yilgacha Andijon shahar “Shans” Xuquqiy axborot markazida trener; 
-2006 yildan — 2007 yilgacha Xalq ta’limi boshqarmasiga qarashli 24-son umumta’lim maktabida informatika fani o’qituvchisi; 
-2007 yildan — 2010 yilgacha Bobur nomidagi Andijon viloyati axborot-kutubxona markazida direktor o’rinbosari; 
-2010 yildan hozirgacha Andijon viloyati axborot-kutubxona markazi direktori lavozimida ishlab kelmoqda; 
G.Ismailova oilali, 3 nafar farzandning onasi.


Direktor o’rinbosari
Aznabaeva Nasima Shamshidinovna

Telefon: (0374) 223-85-68 
Faks: (0374) 223-79-80 
Qabul kunlari:  Payshanba — soat 09:00 dan 12:00 gacha 
Elektron pochtasi: andijan@infolib.uz 


V A Z I F A L A R I

— Bo’lim va sektorlar ish faoliyatini to’g’ri tashkil etishga, mehnat taqsimoti va uni to’la bajarilishiga, xodimlarni bilim saviyalari hamda o’z zimmalariga yuklatilgan vazifalarga mas’uliyat bilan munosabatda bo’lishni tashkil etadi; 
— Markaz foydalanuvchilariga samarali kutubxona-bibliografiya xizmati ko’rsatish, kitob jamg’armasi bilan ishlash, uning saqlanishini ta’minlash bo’yicha bo’limlar ish faoliyatini hamkorlashtiradi va nazorat qilib boradi; 
— Xizmat doirasida tashkilot nomidan harakat qiladi.


TARJIMAI HOLI

-Aznabaeva Nasima Shamshidinovna 1964 yilda Andijon shahrida tug’ilgan; 
-Millati – o’zbek; 
-Ma’lumoti – Oliy. Toshkent Davlat madaniyat institutini tamomlagan; 
-Ixtisosi – Ommaviy kutubxonalar kutubxonashunos bibliografi; 
-1981 yildan — 1985 yilgacha. Bobur nomli Andijon viloyati ilmiy universal kutubxonasida kutubxonachi; 
-1985 yildan — 1986 yilgacha Maxsus sektorlar katta kutubxonachisi; 
-1986 yildan — 1995 yilgacha O’quv zali sektor mudiri; 
-1995 yildan — 1997 yilgacha Ma’lumot bibliografiya bo’limi bibliografi; 
-1997 yildan — 1998 yilgacha Ma’lumot-bibliografiya bo’limi Madaniyat va san’at sektori mudiri; 
-1998 yildan — 2000 yilgacha Xizmat ko’rsatish bo’limi mudiri; 
-2001 yildan — 2010 yilgacha Bobur nomidagi Andijon viloyati axborot-kutubxona markazi ilmiy uslubiyat bo’limi mudiri; 
-2010 yildan — hozirgacha Bobur nomidagi Andijon viloyati axborot-kutubxona markazida direktor o’rinbosari; 
-N.Aznabaeva oilali, 4 nafar farzandning onasi.