BO’LIMLAR


 AXBOROT VA KUTUBXONACHILIK HUJJATLARINI BUTLASH BO’LIMI

бутлашJamg’armani adabiyot bilan, vaqtli matbuot nashrlari bilan to’ldirib borishda, bu bo’lim xodimlarining xizmatlari beqiyosdir. Bu bo’lim binoning 1-qavatida joylashgan bo’lib, bo’limda kitob jamg’armasini butlash oldindan tanlash va buyurtmalar asosida amalga oshiriladi. Vaqtli matbuot nashrlariga obuna bo’lish, markaz jamg’armasining elektron katalogini yaratish, yangi olingan nashrlarni qabul qilish, ularni hisobga olish, texnik qayta ishlash, mazmunan eskirgan, yirtilgan, to’zigan, ishlatishga yaroqsiz xolga kelgan va foydalanuvchilar tomonidan yo’qotilgan adabiyotlarni jamg’armadan chiqarilishini hisobga olish, yagona kitob jamg’armasini nazorat qilish va saqlanishiga yordam berish ishlari amalga oshiriladi.


 AXBOROT VA KUTUBXONACHILIK HUJJATLARINI QAYTA ISHLASH VA KATALOGLASHTIRISH BO’LIMI

yig'ma elektron katalogBu bo’lim binoning 1-qavatida joylashgan. Mavjud yo’riqnoma va standartlar asosida kutubxona bibliografik klassifikatsiyasi (KBK) bo’yicha bosma nashrlarni sistemalashtirish va kataloglashtirish, umuman markazda kataloglar sistemasini tashkil qilish va tahrir qilish ishlarini amalga oshiradi. IRBIS dasturi asosida markaz jamg’armasining elektron katalogini yaratadi. Xozirgi kunga kelib markaz jamg’armasining elektron katalogi 182740 ta bibliografik yozuvdan iborat Bo’lim faoliyati bo’yicha maslahatlar beradi.

AKM viloyatdagi barcha ARMlarga bevosita ish jarayoniga yordam ko’rsatuvchi yagona uslubiy markaz xisoblanganligi uchun ularni ishlarini muvofiqlashtirish, kutubxonachilarning kasbiy malakasini oshirish, kutubxonachilik ish sohasidagi olib borilayotgan ilg’or tajribalarni o’rgatish asosiy xar bir bo’limning vazifasidir. Shuning uchun bu bo’lim Qishloq yoshlarini yangi axborot-texnologiyalar orqali intelektual salohiyatini oshirish, ularning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishini ta’minlash maqsadida tumanlardagi zamonaviy axborot texnologiyalari bilan ta’minlangan ARMlarida avtomatlashtirilgan ish o’rinlari yaratish, bu bo’yicha kadrlar malakasini oshirish uchun tumanlar ARM xodimlarini IRBIS dasturi bo’yicha malakalarini oshirishda bevosita ishtirok etib kelmoqda.


 ILMIY – USLUBIYAT BO’LIMI

iubIlmiy uslubiyat bo’limi hozirgi bosqichda kutubxonashunoslik siyosatini targ’ib qiladi. Ilmiy uslubiyat bo’limi binoning 2-qavatida joylashgan bo’lib bu bo’lim viloyatdagi barcha Axborot-resurs markaz (ARM)lariga bevosita joylarga chiqib uslubiy yordam ko’rsatuvchi yagona uslubiy markaz sifatida faoliyat yuritadi. AKMda mehnatni ilmiy asosda tashkil etadi. Markaz faoliyatida Davlat standartlari va me’yorlarni tadbiq qiladi. AKM va ARM kutubxonachilarining kasbiy malakasini oshirish, ularni uslubiy qo’llanmalar bilan ta’minlash, xisob, xisobot va ularni tahlil qilish, kutubxonachilik sohasidagi ilg’or ish tajribalarini o’rgatish bo’yicha maslahat xizmati olib boradi. Ilmiy konferentsiya, seminar trening, o’quv kurslari va turli shakldagi tadbirlarni tashkil qiladi.

Bunday tadbirlar AKM va ARMlari ish faoliyatlarini yanada takomillashtirishga, o’zaro tajriba almashish, yangicha ish shakl va uslublarini targ’ib qilish va qo’llash, o’zaro kitob almashish va kutubxonachilik sohasidagi yangiliklardan xabardor bo’lishga, mavjud kamchilik va muammolarning yechimini topishda, xodimlarning mutaxassislik bo’yicha o’z bilim va malakalarini yanada mustahkamlashga zamin yaratadi.


 AXBOROT BIBLIOGRAFIYA BO’LIMI

библиографияAgar Siz biror mavzu bo’yicha axborot yig’ishga yoki adabiyotlar ro’yxati tuzishda qiyinchilik sezsangiz, u holda Sizga bibliografik qo’llanmalar, ma’lumotnomalar va ko’rsatkichlarga ega bo’lgan Axborot-bibliografiya bo’limi yordam beradi. Bu bo’lim barcha axborot-qidiruv apparati, kataloglar ya’ni juda katta kitob xazinasiga olib boradigan bilimlar kalitini o’z qo’lida saqlaydi. Ayni shu bo’limda O’zbekistonda nashr qilingan kitoblar, davriy matbuot nashrlaridagi maqolalar xaqida jami axborotlar jamlangan, ularning ish faoliyatidagi vazifalar jamiyatda mutaxassislik, ilmiy-ishlab chiqarish faoliyatlari uchun ko’mak berish, insonning umumta’lim darajasi, ijtimoiy faolligi, madaniy saviyasini oshirishga yordam beruvchi adabiyotlarni tarqatilishi va foydalanishini ta’minlashdan iboratdir.

Axborot-bibliografiya bo’limi (ABB) binoning 2 — qavatida joylashgan. Bo’lim AKMdagi barcha guruh foydalanuvchilariga, ishlab chiqarish jamoalariga axborot bibliografik va axborot xizmati ko’rsatishni ta’minlash, kutubxona bibliografik bilimlarini targ’ibot etish, axborot markazi bo’limlari bilan hamkorlikdagi faoliyati asosida viloyatdagi barcha ARMlar ishlarini muvofiqlash orqali yagona axborot bibliografik va axborot xizmatini tashkil etish, undan foydalanish hamda foydalanuvchilarga maslahat va uslubiy yordam berish, axborot qidiruv apparatini o’z vaqtida tahlil etish, nashr qilingan ko’rsatkich va adabiyotlar ro’yhatini yig’ib borish kabi ishlarni bajaradi.


 FOYDALANUVCHILARGA XIZMAT KO’RSATISH BO’LIMI

фойдаланучиларга хизмат курсатишBu bo’lim binoning 1-qavatida joylashgan bo’lib, 6 000 nusxa adabiyotlardan iborat kitob jamg’armasini o’z ichiga oladi. Viloyat markazidagi foydalanuvchilarni ijodiy shartnomasi asosida mehnat jamoa a’zolarini, viloyat aholisini AKMga yanada ko’proq jalb qilish ishlarini tashkil qiladi. Foydalanuvchilar talablarini o’rganadi, ularning so’rovlariga ko’ra oldindan berilgan buyurtmalar asosida kitob jamg’armasini shakllantiradi, asosiy foydalanuvchilar guruhlarini qiziqishini xisobga olgan holda ommaviy tadbirlarning turli shakllaridan foydalangan holda targ’ibot ishlarini olib boradi. Foydalanuvchilar talabiga muvofiq qo’shimcha kutubxona xizmati bo’yicha pullik xizmat turlarini tashkil qiladi. Abonementda adabiyotlar foydalanuvchilar talabi asosida 15 kunlik muddatga uyga beriladi. Bo’limda turli toifadagi foydalanuvchilarga maqsadli xizmat ko’rsatish maqsadida talaba yoshlar uchun «O’quv jarayoniga yordam kafedrasi», turli soxa mutaxassislari uchun «Ishchi-xizmatchilarga yordam kafedrasi», oilaviy kitobxonlar uchun «Oilaviy o’qishga yordam kafedrasi» faoliyat yuritadi.

Bo’lim mahallalarda istiqomat qilayotgan ayollar, hamda ularning farzandlarining bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish, yoshlar ongiga ma’naviy-ahloqiy qadriyatlarimizning mazmun mohiyatini yanada chuqurroq singdirish maqsadida MFYlari bilan o’zaro hamkorlikda ish olib boradi.

«Oilaviy o’qishga yordam» kafedrasi qoshida «Kutubxona ikkinchi oilam» klubi tashkil qilingan bo’lib, uning asosiy maqsadi birinchidan yosh onalarga komil insonlarni tarbiyalashga ko’maklashish bo’lsa, ikkinchidan bolada yoshligidan kitobga bo’lgan mehr uyg’otish, har tomonlama sog’lom va ma’nan yetuk farzandlarni tarbiyalashga erishish, yangi axborotlarni o’z vaqtida har bir oilaga yetkazish, yoshlarda liderlik sifatlarini yoshlikdan shakllantirib borishdan iboratdir.

Klubda onalar uchun aloxida ularning maktabgacha yoshdagi farzandlari uchun aloxida mashg’ulotlarning «Mahalla» jamg’armasi, FXDYo, «Sog’lom avlod uchun» xalqaro xayriya jamg’armasi viloyat tayanch punkti, «Oila» ilmiy amaliy markazi, 2-poliklinika, o’smirlar poliklinikasining mutaxassislari, pedagoglar, tarbiyachilar bilan xamkorlikda o’tkazilashi ularning har tomonlama keng axborot va bilimga ega bo’lishida keng samara bermoqda.


AXBOROT TEXNOLOGIYALARI BO’LIMI

АТБAxborot texnologiyalari bo’limi binoning 1-qavatida joylashgan bo’lib – markazda avtomatlashtirilgan ish jarayonlarini sifatini oshirish, IRBIS tizimidan foydalanish funktsiyasini tashkil etish, xodimlar va foydalanuvchilarni kompyuter savodxonligi bo’yicha o’qitish, foydalanuvchilar talablariga asosan elektron ma’lumotlar bazasini yaratish va to’ldirib borish, AKM Veb sahifasini yangi ma’lumotlar bilan boyitish, kutubxona mahalliy tarmog’ini muntazam nazorat qilish, reklama, taklifnoma va dasturlarni ishlab chiqish, markazda tayyorlanayotgan barcha uslubiy va bibliografik qo’llanmalarning dizayn ishlarini amalga oshiradi. O’zaro xamkorlik shartnomasi asosida AKM jamg’armasini elektron resurslar bilan boyitib boradi va ARMlarini elektoron resurslar bilan ta’minlanishida amaliy yordam beradi. Talaba va o’kuvchilarga turli mavzular, ularning qiziqishlari va talablari bo’yicha taqdimotlar, referatlar, mustaqil ish va boshqalarni tayyorlashda AKM elektron ma’lumotlar bazasi va Ilmiy o’quv saytlaridan foydalangan xolda amaliy yordam ko’rsatadi. Viloyatdagi mavjud ARMlari xodimlarini kompyuter savodxonligini oshirishda ishtirok etadi.

Kutubxonachilarning ishini bir qancha yegillashtirish maqsadida Axborot texnologiyalari bo’limi tomonidan maxsus statistik xisobotlarni yuritishga moslashtirilgan elektron programma yaratilib (kundalik statistika va jamlama xisobga olish) xozirda barcha bo’lim va sektorlarda elektron xisoblash ishlari amalga oshirilmoqda.


  AXBOROT VA KUTUBXONACHILIK HUJJATLARINI SAQLASH BO’LIMI

саклашAxborot va kutubxonachilik hujjatlarini saqlash bo’limi binoning 1-qavatida joylashgan bo’lib. Bo’limning 5 qavatdan iborat xonalaridagi ajoyib sukunat o’zida insoniyat tarixi, uning taraqqiyoti, aql-zakovati, insoniyat jamlagan barcha bilimlar sirini o’zida mujassamlantirgandek. Xuddi shu bo’limda dastlabki kutubxonaning birinchi kitoblari saqlanadi. XIX asrning ikkinchi yarmida nashr qilingan kitoblarning ko’xna muqovalariga qarab ushbu kitoblarni Andijonga kelish yo’llari, ularning dastlabki kitoblari va kutubxonachilarni tasavvur qilishga intilamiz.

Nodir adabiyotlar jamg’armasi chet el adabiyotining mumtoz asarlari, tabiiy fanlarga oid izlanishlar, sayohatchilar, tarixchilarning kitoblarini o’z ichiga olgan, shuningdek, noyob jamg’armamiz faxrini Toshkent nashriyotida chop etilgan dastlabki nashrlar tashkil etadi. Noyob nashrlar jamg’armasi davlat mulki ular hozirgi kunda ham kelajak avlod uchun asrab-avaylab saqlanmoqda.

«Andijonnoma» (sobiq «Kommunist»), «Andijanskaya pravda» (sobiq «Stalinskoe znamya») ro’znomalari sahifalarida muxrlangan voqea va tafsilotlarni, Andijon viloyati tarixini o’rganmoqchi bo’lgan qiziquvchan yosh avlod uchun kutubxona ushbu viloyat ro’znomalarini ham saqlab kelmoqda.

Bu bo’limda kutubxonaning yarim milliondan ziyod kitob jamg’armasidan 417446 nusxasi saqlanmoqda. Shundan 3311 nusxasi nodir adabiyotlardir. Bo’lim markaz jamg’armasiga olinayotgan barcha kitob, vaqtli nashrlarning bir nusxasini amaliy qiziqish mavjud bo’lgan muddatlargacha yoki nashr qilingunga qadar saqlanishini ta’minlaydi. Kitob jamg’armasi holati va kitobxonlar talablarining bajarilishi darajasini o’rganish natijalariga ko’ra bo’limning kitob jamg’armasi qo’shimcha butlanib boriladi. Jamg’armani shakllantirish kutubxonachilik ishi yo’riqnomalariga muvofiq olib boriladi. Bo’lim jamg’armasidan foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish bo’limiga kitob berilishi kitobxonlar talabi asosida amalga oshiriladi.