SEKTORLAR


 MA’NAVIY VA MA’RIFIY ISHLAR BO’YICHA YOSHLAR BILAN ISHLASH SEKTORI

Ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo’yicha yoshlar bilan ishlash sektori binoning 2 qavatida joylashgan bo’lib, bu sektor asosan 14 yoshdan 21 yoshgacha bo’lgan foydalanuvchilarga kutubxona axborot xizmati ko’rsatadi. O’quvchilar va talabalar bu yerda o’quv jarayoniga yordam tariqasida referat, mustaqil ish, kurs ishi, diplom ishi uchun kerakli ma’lumotlarni olish imkoniyatiga egalar. Bu sektor jamg’armasidan 4 738 nusxa adabiyotlar va markaz yillik obunalaridan 8 nomda ro’znomalar va 5 nomda oynomalar joy olgan. Bir vaqtning o’zida sektordan 35 nafar foydalanuvchi foydalanishi mumkin. Adabiyotlar faqatgina shu joyning o’zida foydalanish uchun beriladi. Malakali kutubxonachi xodimlar tomonidan muntazam dars jarayoniga yordam tariqasida «Bilim va qudrat ikkovi egizak» nomli adabiyotlar ko’rgazmasi tashkil qilingan bo’lib, muntazam yangi axborotlar bilan to’ldirilib foydalanuvchilar e’tiboriga havola qilinadi.

Sektor o’quvchi va talabalarni vatanga muhabbat va sadoqat, insonparvarlik fazilatlarini tarbiyalash milliy uruf-odat an’ana va qadriyatlarimizning hayotimizdagi o’rin va ahamiyatini har tomonlama ochib berishga yo’naltirilgan tadbirlarni tashkil qiladi va o’tkazadi.

Ota-ona, oila, mahalla, tarixiy xotira, milliy g’urur, komil inson tarbiyasi bilan bog’liq tuyg’u va tushunchalari yosh avlod qalbi va ongiga ta’sirchan usullar orqali singdirib boradi. Ajdotlarimizning bu boradagi merosini targ’ibot qiladi.


KOMPYUTERLAR ZALI SEKTORI

(ELEKTRON O’QUV ZALI INTERNET, MEDIATEKA)

Sektor binoning 2-qavatda joylashgan. Xorijiy mamlakatlarning axborot-kutubxona va axborot-resurs markazlari hamda ilmiy ta’lim muassasalari bilan axborot-kutubxona aloqalarini o’rnatadi. Aholining barcha qatlamlarini axborotga bo’lgan intellektual qiziqishlarini va talablarini yangi axborot texnologiyalari, yuqori sifatli axborot-kutubxona xizmati yordamida qondirishni amalga oshiradi. Foydalanuvchilarga zamon talablari darajasida tezkor va sifatli kutubxona axborot xizmati ko’rsatish maqsadida sektor 12 dona kompyuter va 1 dona nusxa ko’chirish qurilmasi, 1 dona skaner bilan ta’minlangan bo’lib, “Ziyonet” respublika axborot ta’lim tarmog’iga ulangan bo’lib, kitobxonlarga o’zlariga kerakli axborotlarni qanchalik uzoq masofadaligiga qaramay tezkorlikda olish imkoniyati yaratilgan. Sektor axborot kutubxona markazi elektron ma’lumotlar bazasini shakllantirishda ishtirok etadi. Muntazam yangi olingan adabiyotlarning elektron ko’rgazmasini tayyorlab foydalanuvchilarning e’tiboriga xavola etadi. AKM va ARMlari xodimlarini zamonaviy texnologiyalar yordamida xizmat ko’rsatish bo’yicha malakalarini oshirishda, jamg’armadagi noyob adabiyotlarning elektron nusxasini yaratishda ishtirok etadi.


UMUMIY O’QUV ZALI SEKTORI

Umumiy o'quv zali 2Siz kutubxonamiz obuna bo’lgan ko’ngilochar, ilmiy-ma’rifiy vaqtli matbuot nashrlarini miriqib o’qimoqchimisiz? Unda marhamat, Sizni Umumiy o’quv zali sektori kutmoqda.Umumiy o’quv zali sektori binoning 3 qavatida joylashgan bo’lib, bu yerda foydalanuvchilar 6 220 nusha adabiyotlar jamg’armasidan hamda 87 nomdagi respublika va maxalliy gazetalardan, 24 nomdagi jurnallardan foydalanishlari mumkin. Bir vaqtning o’zida umumiy o’quv zalidan 80 nafar foydalanuvchi foydalanishlari mumkin. Xuddi shu umumiy o’quv zali sektorida san’at va musiqaga, texnikaga oid adabiyotlar ham sizni kutmoqda. Bu yerda siz go’zallik olami, dunyo arxitektura yodgorliklari bilan yaqindan tanishishingiz, kitoblar yordamida Ermitaj, Tretyakov galereyasi, Respublikamizdagi san’at va muzey zallariga sayohat qilishingiz mumkin. Musiqaga oshno qalblar uchun taniqli, sevimli bastakorlarimizning nafaqat bibliografiyalari, balki ular yaratgan san’at asarlari, dunyoga mashhur san’atkorlarning ovozlari, kuy-qo’shiqlari yozilgan plastinkalar doimo tayyor turadi.Bu sektorda xar bir kirib kelayotgan yangi yilga bag’ishlab keng kitobxonlar ommasi uchun ochiq kitob ko’rgazmalari tashkil qilinib, yil mobaynida yangi ma’lumotlar bilan boyitilib, foydalanuvchilar e’tiboriga havola qilinadi.

Bulardan tashqari kitob saqlash bo’limidan buyurtma asosida olgan adabiyotlaringizdan ham xuddi shu yerda o’tirib foydalanishingiz mumkin.


HUQUQIY AXBOROT SEKTORI

Fuqarolik jamiyatining asosiy poydevori-huquqiy madaniyatdir. Ana shunday ekan Siz huquqiy bilimingizni oshirmoqchimiz? Fuqarolik burchingizni bilmoqchimisiz? O’z huquqingizni himoya qilmoqchimisiz? U holda marhamat! Xuquqiy axborot sektori binoning 2 — qavatida joylashgan. Sektorning asosiy maqsadi aholining huquqiy savodxonligini oshirish va huquqiy bilimlarini kundalik hayotda qo’llay olishlari uchun huquqiy madaniyatni shakllantirishga erishishdan iborat. Sektor jamg’armasidan 1 239 nusha huquqqa oid adabiyotlar, elektron resurslardan 35 nomda 278 nushada audio, 18 nomda video kassetalar va 15 nomda huquqqa oid davriy nashrlar o’rin olgan.

Bu sektor keng kitobxonlar ommasiga xizmat ko’rsatish bilan birga huquqshunos mutaxassislarga xam kutubxona axborot xizmati ko’rsatadi. Huquqiy axborot sektori elektron jamg’armasi muntazam Respublikamizda qabul qilinayotgan yangi qonun xujjatlari bilan boyitilib boriladi. Sektor qoshidagi Nogironlarni axborot bilan ta’minlash punkti 2003 yildan faoliyat yuritadi. Hozirgi kunda viloyatimizdagi nogironlar bilan ish olib boruvchi tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borib, nogironlarga kutubxona axborot xizmati ko’rsatib kelmoqda. Sektor Sizga beminnat huquqiy yordam ko’rsatishga tayyor. Markaz huzurida kompyuter xizmati, nusha ko’chirish va boshqa xizmatlardan foydalanish yo’lga qo’yilgan.


O’LKASHUNOSLIK AXBOROTLARI SEKTORI

o'lkaO’lkashunoslik faoliyati axborot — kutubxona markazining muhim bo’g’ini hisoblanadi. Jonajon o’lkamizni har tamonlama o’rganishga e’tibor kuchaygan sharoitda markaz o’lkashunoslik jamg’armasi zahiralari muhim bibliografik resurs vazifasini bajarmoqda.

O’lkashunoslik faoliyati markazimizda:

  1. o’lkani ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy rivojlantirishga;
  2. o’lkaning tabiiy boyliklari va madaniy merosini asrash hamda undan oqilona foydalanish;
  3. o’lkani xar tomonlama ilmiy tadqiq qilishga;
  4. ishlab chiqarish va ijtimoiy faoliyatning turli sohalarida qimmatli maxalliy tajribani aniqlash va tarqatish;
  5. o’lka aholisini vatanparvarlik va baynalminal ruhda tarbiyalashga yordam berish kabi ishlarga qaratilgan.

Bugungi kunda AKMning 516 mingdan ziyod kitob jamg’armasidan 2111 nusxasi o’lkaga oid adabiyotlarni tashkil etadi. O’lkashunoslik adabiyotlar sektori Axborot bibliografiya bo’limi qoshida tashkil etilgan bo’lib, o’z jamg’armasidagi: 
— o’lkashunoslik xarakteridagi spravka va bibliografik qo’llanmalar fondi; 
— o’lkashunoslik xarakteridagi mavzuli papkalar; 
— o’lkashunoslik kartotekasi; 
— o’lkaga oid mavzuli spravkalar fondi; 
— o’lkaga oid bosma va elektron kitoblar; 
— o’lkaga oid elektron analitik kartoteka; 
— o’lkaga oid SD va DVD disklar kabi axborot hujjatlari bilan mahalliy o’zini-o’zi boshqarish tizimi hamda mahalliy xokimiyat organlari, tadqiqotchilar, tashviqotchilar, keng ommani o’lka, tuman, shahar va qishloq xayotidagi muhim voqealar hamda yangi axborot xujjatlari bilan ta’minlab kelmoqda;

Bundan tashqari o’lkaga oid nodir adabiyotlarning elektron nusxasini yaratish ishlari boshlangan. Bu bilan foydalanuvchilarga tezkor va sifatli kutubxona axborot xizmati ko’rsatilishiga va o’lkaga oid adabiyotlarni bosma va elektron nusxalarini kelajak avlodga sifatli yetkazib berishga zamin yaratib, “O’lka tarixi”, “O’lka madaniyati”, “O’lka iqtisodiyoti”, “O’lka adabiyoti” nomli xujjatlarning yig’ma jildlaridagi nashr qilingan va qilinmagan materiallar axolining xududimizga oid bo’lgan ma’lumotlarga ega bo’lishida asosiy zaxira manbasi bo’lib xizmat qilmoqda.

Markazning o’lkashunoslik sektorida Andijon viloyatining o’tmishi, xozirgi xolati, rivojlanish darajasi, tabiiy boyliklari ishlab chiqarish tarmoqlarining iqtisodiy xolati xaqida doimiy axborotlar mavjud bo’lib, bu manbaalardan axolining keng qatlami muntazam foydalanadi. O’lkamiz tarixi, madaniyati, ma’naviy qadriyatlariga e’tibor bugungi talaba yoshlar orasida ortib borayotir. O’lkashunoslik xarakteridagi olib borilayotgan ommaviy targ’ibot ishlari esa, aynan yoshlarimizning bu soxadagi bilimlarini yanada kuchaytirishga, ularni o’lkamiz ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishiga ko’proq jalb qilishga zamin yaratadi.

2010 yil davomida 23 marta tadbirlar tashkil qilindi. O’lkaga oid bunday tadbirlar bir tomondan xalqimizni xududimiz tarixi, undan yetishib chiqgan buyuk allomalar, milliy qadriyatlari bilan va xozirgi kunda ro’y berayotgan yangiliklar bilan tanishtirishga imkon berayotgan bo’lsa, ikkinchi tomondan go’zal Andijonimizni xar tomonlama taraqqiy etishida o’zining kuch g’ayratlari bilan diqqatga sazovor ishlarni amalga oshirayotgan xurmatli insonlar faoliyatlarini yoshlarimizga yetkazishimizga zamin yaratmoqda.


YIG’MA ELEKTRON KATALOG SEKTORI

Viloyat  axborot- kutubxona markazidagi  sektor O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2011-2015 yillarda axborot kommunikatsiya texnologiyalari  asosida  axborot-kutubxona va axborot-resurs xizmatlarini yanada sifatli rivojlantirish choralari to’g’risida”gi 2011 yil 23 fevraldagi qarori asosida tashkil etildi.

Sektor  viloyat axborot-kutubxona markazida turgan holda yig’ma elektron katalog dasturida o’z ish faoliyatini olib boradi.

Sektor elektron shakldagi bibilografik yozuvlarni to’plash, saqlash va tahrir qilib, markazga uzatish ishlarinin olib boradi.

Axborot -kutubxona markazidagi sektor olib borilgan ishlar yuzasidan statistik ma’lumotlarni tayyorlab boradi, hamda har oy , kvartal va yillik hisobotlarni Respublika axborot-kutubxona  markaziga taqdim etib boradi.

Sektor  Respublika yig’ma elektron katalog markazi tomonidan belgilangan jadval asosida axborot-resurs markazlaridan olingan bibliografik yozuvlarni Respublika yig’ma elektron katalogi markaziga jo’natadi.(DVD-CD disklarida)