ANDIJON YOZUVCHI VA  SHOIRLARI


 13OLIMJON XOLDOR  

O’zbekiston san’at arbobi, adib, taniqli shoir va dramaturg Olimjon Xoldor Andijon viloyatining Buloqboshi tumaniga karashli Kulla qishlog’ida 1932 yil 18 sentyabrda tug’ilgan.

Birinchi she’rlar kitobi «Arg’uvon tagida» ustoz Mirtemir taxririda 1965 yili bosildi. SHu yili u yozuvchilar

uyushmasiga qabul qilindi. 1968 yili «Andijon suluvi», 1970 yili «Oshiqona», 1972 yili «Kaftdagi tuproq», 1976 yili «Andijon bahori», shu yili Moskvadan «Vosbmoe nebo Andijana», bir yil o’tgach, lirika turkumidan «Subhidam qo’shiqlari» 1979-1980 yillari «Bliki», «Vostochnыe tropi», yana shu yili «Kumush kosa», 1982 yili «To’yona-to’yona», 1986 yili «Er farzandi», shu yili «Senga intilaman», 1990 yili «Davrani kengroq oling», 1991 yili «Pыlayushee derevo», 1992 yili «Ko’ngil», «Ko’z tegmasin» kitoblari bosildi. SHoir ijodi va faoliyati haqida «Vodiy kuychisi» risolasi chop etildi.

Jamg’armamizda mavjud kitoblari:

“Сайланма” III жилдлик, “Андижон баҳори”, “Андижоннома”, “Драмалар”, “Қисмат”, “Аросат”, “Армон”, “Кафтимдаги тупроқ”, “Кўз тегмасин”, “Кўнгил”, “Миркомилбой”, “Ошиқона”, “Тўёна”, “Субҳидам қўшиқлари”.


Холдаржон XOLDORJON KURONBOEV

Xoldorjon Quronboev 1932 yilda O’sh viloyatining Aravon tumanida tavallud topgan. Aravon dilbar tabiati, shifobaxsh havosi, ajoyib kishilari bilan el ogziga tushgan sulim maskanlardan biri. Xoldorjon Quronboev 1949 yilda o’rta maktabni tugatgach, Ulugbek nomidagi Fargona davlat pedagogika institutining til-adabiyot fakultetiga o’qishga kirdi. Institutni tugatgach, 1960 yilgacha maktablarda uk;ituvchi va direktor bulib ishladi. 1960 yilda hozirgi «O’sh sadosi» gazetasiga ishga taklif etildi. Ana shu dargohda 1971 yilning oxirigacha ishladi.

Xoldorjon Kuronboev 1972 yilning boshida Andijonga ishga utdi. Avval Uzbekistan Yozuvchilar uyushmasi badiiy adabiyotni targib kilish byurosining Andijon viloyatidagi vakili lavozymida ishladi. 1975 yildan to pensiyaga chiqqunga qadar viloyat gazetasi «Andijonnoma»da faoliyat kursatdi.

Jamg’armamizda mavjud kitoblari:

“Кокилли қуёш”, “Тоғда айтилган ёр-ёр”, “Чучкуриб даволайман”, “Болтакай ботир”, “Юлдузларни кўзлар нигоҳим”.


11E’TIBOR OXUNOVA

E’tibor Oxunova 1933 yili Andijon shahrida tug’ilgan. Sobiq ToshDUning filologiya fakultetini bitirgan. U «SHarq yulduzi» jurnalida, xozirgi «O’zbekistan ovozi» gazetasida ishladi. Ilk to’plami 1961 yili nashr etilgan. So’ngra shoiraning «Salom, bahor» (1964 y), «Qalb daftari» (1964 y), «Seni o’ylayman» (1967 y), «Kamalak» (1970-1973 yillar), «Men tongni uyg’otdim» (1881 y). «Dostonlar» kabi yigirmadan ortiq she’riy kitoblari bor. Uning «Dunay to’lqinlari», «Burch va baho», «Bahor bilan suxbat» kabi o’nlab ocherklar kitobi zahmatkash insonlar xayotidan hikoya qiladi. Taniqli rus shoirasi Rimma Kazakova tarjimasida «Годы» nomli kitobi rus tilida nashr etilgan.

Shoirning jamg’armamizdan joy olgan kitoblari:

“Бувижоним келдилар”, “Сайланма” II жилдлик, “Биз сув ичган дарёлар”, “Бир жуфт терак”, “Достонлар”, “Баҳор билан суҳбат”, “Биллур қатралар”, “Дунай тўлқинлари”, “Қадр ва қиммат”, “Қиз ҳусни”, “Кўнгил мулки”, “Лирика”, “Оналар бешиги дунёдир”, “Орзули олам”, “Отанг улуғ – дунё улуғ”, “Тонг келинчаги”, “Умр мазмуни”.


10TO’LAN NIZOM

To’lan Nizom birinchilar qatori Mustaqillik kuychisi bo’lib maydonga chikdi. Uzlikni  tanish, millat va ona-Vatan ravnaqi uchun kurash, kelajakka katta ishonch shoirning asosiy mavzusi. To’lan Nizom ijodini atoqli adiblar, adabiyotshunos olimlar Said Admad, Pirimqul Qodirov, O’tkir Xoshimov, O. SHarofiddinov, N. Karimov, A. Xayitmetov, B. Qosimov, M. Ali, I. Mirzaev, B. Samieva, O. Abdullaev va boshqalar munosib baholaganlar. Filologiya fanlari doktori, iste’dodli shoir Ismoil To’lak esa To’lan Nizom ijodini xolisona tahlil etib, «Qalb yolqini» risolasini nashr ettirdi.

Jamg’armamizda mavjud kitoblari:

“Сайланма” III жилдлик, “Аввалу охир”, “Алишер, Ойбек хотирасига”, “Андижондан салом”, “Ватан сурати”, “Ватан ҳақида қўшиқ”, “Довон”, “Ифтихор”, “Қуёш йўли”, “Оқ гул”, “Сенинг эртакларинг”, “Чаман ичра”, “Муқаддас руҳ”.


8MUHAMMAD  ALI

1942 yil Iste’dodli adib Muxammad Ali (Axmedov Muhammadali) Andijon viloyatining Bo’z tumanida 1942 yili dunyoga keldi. O’rta maktabni 1959 yili Bekobod tumanida tamomladi. 1960 yili O’zbekistan Yozuvchilar uyushmasi tomonidan Moskvadagi M. Gorkiy nomidagi Adabiyot institutiga o’qishga yuborildi. Muxammad Ali 1966 yilda institutni tamomlab, Toshkentga qaytadi va G’afur G’ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyotida muxarri bo’lib ishlay boshlaydi. Keyinchalik shu nashriyotda va O’zbekiston televideniesida bosh muharrir vazifalarida faoliyatini davom ettirdi, O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasida badiiy tarjima va adabiy aloqalar markazini boshqardi.

Jamg’armamizda mavjud kitoblari:

“Адабий соғинчлар”, “Амир Темур солномаси”, “Амир Темур чамани”, “Сарбадорлар”, “Севсам, севилсам”, “Сен бир гулсан”, “Улуғ салтанат”.


1TURSUNOY SODIQOVA

Tursunoy Sodiqova Andijonlik. Ketma-ket farzand dog’ida yongan onasi unga umid bilan «Tursunoy» deb ism qo’ygan. U urush davrining farzandi. 1944 yil kuzida tavallud
topgan. So’ng Toshkentga ko’chib kelishgan. O’rta maktabni ham shu yerda tugatgan. 1961-1966 yillarda Toshkent Davlat universitetida tahsil olgan. Oilali, to’rt nafar farzandi bor. SHoira kulib: «Ikkitasi oq ikkitasi qizil» — ikki o’g’il, ikki qizim bor» deb, tilak bildiradi.

Tursunoy Sodiqovaning mehnat faoliyati o’rta maktabda dars berishdan boshlangan bo’lib, yoshlar tashkilotlarida, keyinchalik Andijon Davlat Tillar institutida davom etdi. Hozirgi kunda u Respublika «Ma’naviyat va ma’rifat» markazida faoliyat ko’rsatmoqda. U filologiya fanlari nomzodi, O’zbekistan Respublikasida hizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi.

SHoirаning jamg’armamizdan joy olgan kitoblari:

“Аёлга қасида”, “Атиргул иси”, “Бахт қаерда?”, “Гирл”, “Гул фасли”, “Дил гавҳари”, “Жаннатим онам”, “Излай-излай топганим”, “Қайноналик илми”, “Қуёшларим, ойларим”, “Меҳр қолур”, “Мураббий ким?”, “Муҳаббат нима?”, “Нозик савол”, “Умрим маёқлари”, “Ҳаёт тилсими”, “Ҳазрати аёл”, “Ризолик излаб”, “Сўз сеҳри”, “Ўғлим, сенга айтаман”, “Яшаш тилсими”.


 4MUNAVARRA TILLABOYEVA

Munavarra Tillaboyeva Andijon shahrining «Cholorguzar» dahasida 1944 yil 11 sentyabrda xizmatchi oilasida dunyoga keldi. Ota va onasi zamonasining ilg’or kishilaridan bo’lgan. Ammo ularga hayot o’z beshafqatliklarini juda erta o’tkazgan. Shoira ijodida achchiq hayot, ota-onaning ushalmagan orzulari ifodasi alohida bo’rtib ko’rinadi.

Munavarra Tillaboyeva Andijon shahridagi 32-o’rta maktabda tahsil oldi. Andijon Davlat Pedagogika instituti filo­logiya fakultetida o’qidi, so’ng Muqimiy nomidagi 29-o’rta maktabda so’z mulkining siru jozibalaridan, o’zbek tilining boyligi, kengligi, ravnaqi haqida 30 yil davomida baholi qudrat saboq berdi.

She’rlari viloyat, respublika gazeta va jurnallari, radio va televideniyesi orqali yoritilib kelindi. 1994 yili «Muhabbat tumori» nomli kitobi dunyo yuzini ko’rdi.

Munavarra Tillaboyeva 1999 yil martidan O’zbekistan Yozuvchilar uyushmasi a’zosidir.

Markazimiz jamg’armasida shoiraning quyida nomlari keltirilgan kitoblari mavjud:

“Қалб нидолари”, “Муҳаббат боғи”, “Олислардан таралар қўшик”, “Болам борки…”, “Ишқ васфи”.


2FARID USMON

Farid Usmon (Usmonov) 1946 yilning 31 iyulida Andijon shahrida tug’ilgan. Oliy ma’lumotli. Andijon Davlat Pedagogika instituti filologiya fakultetini 1968 yilda tugatgan.
1983 yil mayidan O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi. 1985-1986 yillari Moskvadagi Gorkiy nomli Oliy adabiyot kursida o’qigan. She’rlari taniqli xonandalar tomonidan qo’shiq qilib aytilgan. Hozirda «Kelajak» gazetasi muharriri.

Jamg’armamizda mavjud kitoblari:

“Vodiy gazallari”, “Qadr kechasi”, “Men kichikmas, kattaman”, “Ғилдиракли уй”, “Қуёш расми”, “Жон қуши”, “Қайларга қочай, Лайло?”, “Мени сев”, “Ул қаро кўз бўлмаса”, “Ҳусн девони”, “Сочларингда тун уйқуси”, “Шаклар қўшиғи”, “Шоҳ Бобур юлдузи”.


 МухаммадюсуфMUHAMMAD  YUSUF

Hozirgi o’zbek adabiyotining ko’zga ko’ringan iste’dodli, chin ma’nodagi xalq shoirlaridan biri Muhammad Yusufdir. Muhammad Yusuf 1954 yil 26 aprelda Andijon viloyatining Marhamat tumani, Qovunchi qishlog’ida, oddiy oilada tug’ilib o’sdi.

Onasi Enaxon aya kitobni, xususan adabiyotni ulug’lardi. Yoshligidan ko’p ertaklar eshitgan, Mashrab g’azallarini yoddan bilgan yosh Muhammad o’rta maktabni ham a’lo baholarga yakunladi. Bilimga bo’lgan chanqoqligi Muhammadni Toshkent shahriga yetaklaydi. Toshkentdagi Rus tili va adabiyoti institutiga o’qishga kiradi. Institutni 1978 yili muvaffaqiyatli yakunlab, shu yili respublika Kitobsevarlar jamiyatiga ishga kiradi. 1980 yildan to 1986 yilgacha ish faoliyatini “Toshkent oqshomi” gazetasida davom ettiradi. 1986-1992 yillarda G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida, “O’zbekiston ovozi” gazetasida,  umrinng so’ngi yillarida esa O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi  rais o’rinbosari lavozimlarida ishladi.

Muhammad Yusuf ish faoliyati davomida o’zbek she’riyati rivojiga o’zining munosib hissasini  qo’shdi. Ilk she’rlari 1976 yilda “O’zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasi sahifalarida nashr qilingan. O’shandan buyon bir odam zotiga berilmish nainki quvonchu iztirob, mehnatu zahmat, baxti farog’at bo’lsa – hamma-hammasini she’riga sarfladi, o’zini, oilasi, gulday qizlarining  oromu halovatini ham she’rga almashdi.

Shoirning jamg’armamizdan joy olgan kitoblari:

“Биз бахтли бўламиз”, “Бевафо кўп экан…”, “Уйқудаги қиз”, “Сайланма” III жилдлик, “Улуғимсан, Ватаним”, “Халқ бўл, элим”, “Эрка кийик”, “Таниш тераклар”, “Иймон қўшиғи”, “Кўнглимда бир ёр”, “Илтижо”.


 

Зуннунова SAIDA ZUNNUNOVA

Iste’dodli shoira, jozibali nasriy asarlar muallifi Saida  Zunnunova 1926 yili Andijon shahrida xizmatchi oilasida dunyoga keldi. Otadan erta yetim qolgan Saida  1941-1943 yillar Andijon o’qituvchilar institutida tahsil oladi. U Andijon maktablarida muallima, gazeta muharririyatlarida adabiy xodim bo’lib ishlagan.

Birinchi she’ri 1935 yili “Paxta fronti” gazetasida bosilgan. Saida Zunnunovaning baxtli yoshlikni tarannum etuvchi she’rlari matbuot sahifalarida tez-tez ko’rinadi.

Adabiyotga muhabbat shoirani O’rta Osiyo Davlat universitetining filologiya fakultetiga yetakladi. O’qishni tamomlab “Gulxan” oynomasida, “O’zbekiston madaniyati” ro’znomasi va Badiiy adabiyot nashriyotida ishlagan adiba O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasida maslahatchi bo’lib ham xizmat qiladi.

Markazimiz jamg’armasida shoiraning quyida nomlari keltirilgan kitoblari mavjud:

“Танланган асарлар” IV жилдлик, “Гўдак ҳиди”, “Нилуфар”, “Қиз пошша”, “Кўчалар чароғон”, “Гулхан”, “Повесть ва ҳикоялар”, “Гуллар водийси”.


Кенжа QAMCHIBEK KENJA

Andijon farzandi, yozuvchilar va shoirlar ichida o’z o’rniga ega bo’lgan ijodkor Qamchibek Kenja 1946 yil 15 avgust kuni Izboskan tumanidagi eng so’lim, hushmanzara qishloqlaridan biri bo’lgan Gurkirov qishlog’ida  tug’ilgan. 1954 yili  Gurkirovdagi 27- o’rta maktabning 1-sinfiga o’qishga boradi. 9-10- sinflarda shu maktab qoshidagi kechki maktabda o’qidi. Kunduzi esa ushbu maktabda kutubxona mudiri, kuni uzaytirilgan guruhida tarbiyachi, yetakchi vazifalarida ishladi.

1964 yili Toshkent universiteti filologiya fakultetining jurnalistika bo’limiga sirtdan o’qishga kirdi. Shu yil avgust oyidan boshlab Izboskan tuman “Paxtakor” gazetasida adabiy xodim bo’lib ishlay boshladi.

1965 yili  sentyabrdan sobiq Toshkent Davlat Universitetining filologiya  fakulteti kunduzgi bo’limida o’qishni davom ettirdi. 1969  yildan 1979 yilgacha “O’zbekiston madaniyati” (hozirgi “O’zbekiston adabiyoti va san’ati”) haftalik gazetasining Adabiyot bo’limida faoliyat yurita boshladi. Turli lavozimlarda faoliyat yuritgan shoir 1996 yili “Xolis” ijtimoiy-ommabop haftalik gazeta tashkil etdi va hozirgacha unga bosh muharrirlik qilib kelmoqda.

Haftalikning asosiy maqsad va yo’nalishi turkiy tarix, ma’naviyat va qadriyatlar, ahloq-odob targ’ibotidan iborat. Bir muddat viloyat Kengashiga deputat bo’lib saylangan.”Mustaqillik” nishoni va “Shuhrat” medali  bilan taqdirlangan. 1974 yildan Respublika Jurnalistlar uyushmasi, 1978 yildan Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, 15 dan ziyod turli jarndagi kitoblari nashr etilgan, kinostsenariylari asosida  hujjatli-ommabop filmlar ishlangan.

Jamg’armamizda mavjud kitoblari:

“Андижондан Даккагача”, “Бобурийлардан бири”, “Андижондан Бағдодгача”, “Сайланма” 1-китоб, “Сайланма” 2-китоб, “Бобурийлардан бири”, “Буюклар изидан”, “Муҳаббатни гуноҳ десалар”, “Кўнгил кўчалари”, “Соғинч”, “Соҳибжамол аёл”, “Тоғ йўлида бир оқшом”, “Хамир учидан патир”, “Ҳинд сориға”.


NUSRAT ABDUSALOM

Andijonimizda el ardog’idagi g’azalxon shoir, aruzda she’riyat muxlislari qalbini zabt etayotgan zamondosh ijodkorlarimizdan biri – iste’dodli g’azalnavis shoir Nusrat Abdusalomdir.             SHoirning bolalik davri Jalaquduq tumanining So’fiqishlog’ida o’tdi,  tumandagi 1-o’rta maktabda tahsil oldi.       

Adabiyotga, she’riyatga ixlosi baland bo’lgan yosh Nusratjon keyinchalik viloyatda  o’quv yurtida tahsil olayotgan paytlarda Vosit Sa’dulla, Rustam Rahmon, Ulfat, Hayitboy Azimov, To’xtash Ashurov, Saida Zunnunova, Olimjon Xoldor, To’lan Nizom kabi zabardast shoir va adiblar bilan ijodiy suhbatlarda bo’ladi.               

1962 yil ilk ijodiy mashqlarini boshlagan yosh qalamkash O’zbekiston xalq shoirlari Erkin Vohidov va Abdulla Oripovlar nazariga tushadi. Qator she’riy bayozlari viloyat, respublika vaqtli matbuot nashrlarida chop etila boshladi. Ustozlar an’anasini davom ettirib, “Ko’ngil devoni” nomli devon tuzishga muvaffaq bo’ldi. Katta ustozlardan saboq olgan shoir o’zi ham ko’pchilik yoshlarga ustozlik qildi.  

Jamg’armamizda mavjud kitoblari:

“Созим менинг”, “Муҳаббат ёғдуси”.