AMIR TEMUR

TemurXIV asrning 50-60 yillarida Movorounnaxr 10 ga yaqin mustaqil bekliklarga bo`linib ketgan. Samarqand viloyati Amir Bayon Sulduz, Keshda Amir Hoji Barlos, Xo`jandda Amir Boyazid Jaloir, Balxda O`ljaytu Sulduz, Hisori Shodmon chegarasida Amir Husayn va Amir Yasovuriylar o`zlarini hokimi mutlaq deb e’lon qildilar.Buning ustiga Sharqiy Turkiston va Yettisuvda tashkil topgan Mo`g`uliston xonlari bir necha bor Movorounnaxr ustiga yurish qilib, uni talaydir. Mo`g`uliston xonlari bir necha bor Movarounnaxr ustiga yurish qilib, uni talaydilar. Mo`g`uliston xonlarining vayrongarchilikka olib keluvchi yurishlar, istibdodi va zulmiga qarshi xalq harakati boshlanadi.Mana shunday o`zaro ichki urushlar qizigan, mo`g`ullar zulmiga qarshi mehnatkash xalq harakatlari boshlangan bir davrda mamlakatda yangi siyosiy kuch yetilmoqda edi.


ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR

BoburFarg`ona viloyati poytaxti Andijon shahrida ushbu viloyat hokimi Umarshayx Mirzo xonadonida dunyoga keldi. Umarshayx Amir Temurga evara — to`rtinchi (Abusaid Mirzo-Sulton Muhammad Mirzo-Mironshoh-Amir Temur) avlod edi. Onasi Qutlug`nigorxonimning otasi Toshkent hokimi Yunusxon esa o`zbeklashgan mo`g`ul urug`idan bo`lib, 12 avlod bilan Chingizxonga tutashgandir. Otasining bevaqt vafotidan so`ng Bobur 12 yoshida taxtga chiqadi. 1497-yilda Bobur Samarqandni egallaydi. Biroq, Bobur o`z yaqinlarining xiyonati tufayli Samarqandni yuz kun deganda tashlab chiqib ketadi. U Andijonga qaytadi. Biroq u Xo`jandga yetganda shahar xiyonatchilar qo`liga o`tib ketganligi ma`lum bo`ladi. Shaharni qayta olish maqsadida qilingan xatti-harakatlar, Toshkentdagi tog`asidan yordam kutishlar samarasini bermadi. Oilalari Andijonda bo`lgan yigitlar Boburdan ajrala boshlaydi. Shu tariqa ming kishilik qo`shindan ikki yuzdan ortiq kishi qoladi. U qishni Samarqand yaqinidagi qishloqlardan birida o`tkazadi va ko`klam kelishi bilan qilingan harakatlari ham besamar ketadi.


ALISHER NAVOIY

NavoiyUlug’ o’zbek shoiri, mutafakkiri va davlat arbobi. G’arbda chig’atoy adabiyotining buyuk vakili deb qaraladi, sharqda “nizomi millati va d-din” (din va millatning nizomi) unvoni bilan ulug’lanadi.Asl ismi Nizomiddin Mir Alisher. U Hirotda tug’ilib, shu yerda umrining asosiy qismini o’tkazgan. Navoiyning otasi G’iyosiddin Bahodir temuriylar xonadoniga yaqin bo’lgan. She’r zavqi va iste’dodi erta uyg’ongan. Bolalikdayoq Farididdin Attorning “Mantiqut-tayr” asarini yod olgan, Sharafiddin Ali Yazdiy nazariga tushgan, Mavlono Lutfiy yosh shoir iste’dodiga yuqori baho bergan, Kamol Turbatiy e’tirofini qozongan. Sayyid Hasan Ardasher, Pahlavon Muhammad kabi ustozlardan ta’lim olgan, Abdurahmon Jomiy bilan ijodiy hamkorlikda bo’lgan. Navoiy 1469 yilgacha temuriylar orasidagi ichki nizolar sababli Hirotdan yiroqroqda yashagan. Husayn Boyqaro Xuroson taxtiga o’tirgach (1469), Navoiy hayoti va ijodida yangi bosqich boshlanadi, muhrdorlik (1469) mansabiga, vazirlik (1472) va Astrobod hokimligi (1487)ga tayinlanadi. 1480-1500 yillar mobaynida o’z mablag’lari hisobidan bir necha madrasa, 40 rabot (safardagi yo’lovchilar to’xtab o’tish joyi), 17 masjid, 10 xonaqoh, 9 hammom, 9 ko’prik, 20 ta hovuz qurdiradi. Husayn Boyqaro Alisher Navoiyga “muqarrabi hazrati sultoniy” (“sulton hazratlarining eng yaqin kishisi”) degan unvonni beradi


ulugbekMIRZO ULUG’BEK

Mirzo Ulug’bek Shohruh Mirzoning oilasida 1394 yil 22 martda dunyoga keldi.U yoshligidan o’tkir zehinli, kuchli xotirali, teran fikrli, qat’iyatli bo’lib yetishdi. Astronomiya ilmining bilimdoni Salohiddin Muso ibn Mahmud Qozizoda Rumiy rahnomaligida fan asoslarini ayniqsa astranomiya ilmini puxta o’rgandi, Samardandda R asdxona qurdirdi, sayyoralar sirini tadqid etib, “Ziji ko’ragoniy” nomida jadval tuzdi. Natijada astranomiya maktabi tashkil topdi, bu maktab o’sha davrda “Dorul ilm” akademiyasi sifatida shuhrat topdi.Mirzo Ulug’bek dunyoviy ilmlar bilan bir qatorda turkey, forsiy va arab tillarini ham o’rgandi, o’z faolyatini me’morchilikning rivojlantirishga ham ahmyat berdi. Mirzo Ulug’bek 1449 yil 27 oktyabrda 56 yoshida yovuzlarcha o’ldirildi


ABU ALI IBN SINO

ibnsinoAbu Ali al-Husayn ibn Abdulloh ibn al-Hasan ibn Ali ibn Sino. Buyuk daho Abu Ali al-Husayn ibn Abdulloh ibn al-Hasan ibn Ali ibn Sino hijriy 370 (milodiy 980) yilda Buxoroning Afshona, hozirgi Isfana qishlog‘ida tug‘ilgan. U yoshligidanoq o‘tkir zehni va ilmga qiziqiishi bilan hammani lol qoldirardi. Ibn Sino An-Notiliy qo‘lida tarbiya oladi. U astronomiya, falsafa, matematika, fizika, kimyo, tibbiyot, mantiq, adabiyot, mineralogiya va boshqa fanlar bilan shug‘ullangan. 10 yoshida Qur’onni yod olgan, 16 yoshdayoq atoqli tabib bo‘lgan. U Buxoro amiri Nuh ibi Mansurni davolab, saroyning boy kutubxonasidan foydalanish huquqini qo‘lga kiritgan. Ibn Sino 1002 yilda Buxorodan chiqib ketadi, Urganch, Obivard, Naso, Nishopur, Jurjon, Ray, Isfahon, Hamadon kabi shaharlarda bo‘ladi. U 1037 yilda (hijriy 428) 57 yoshida Hamadon shahrida vafot etadi. Mutafakkirning turli fanlarga oid 450 dan ortiq ilmiy asarlar yaratganligi ma’lum. Biroq bizgacha Ibn Sinoning 242 ta asari yetib kelgan. Shulardan 4 tasi adabiyotga, 5 tasi musiqaga, o‘ndan ortig‘ya astronomiyaga oid asarlardir va hok.


MOHLAROYIM NODIRA

nodiraMohlaroyim Nodira yuksak badiiy iste’dod sohibasi, dilkash, samimiy, ma’rifatparvar o’zbek ayolidir. U Uvaysiy, Mahzuna, Dilshodi Barno, Anbar otin kabi o’zbek mumtoz shoiralari safining sardori bo’lgan. Shoira 1792-yili Andijon hokimi Rahmonqulibiy oilasida tug’ildi. O’tkir Zehnli Mohlaroyim otin oyi qo’lida ta’lim oldi, xususiy mutolaa bilan shug’ullandi. Sharq mumtoz adabiyotini jiddiy o’rgandi, she’rlar mashq qilib, yoshligidayoq shoira sifatida tanildi. Uning ulg’ayish yillari adabiyot ahli davrasida kechdi. 1808-yili Norbo’tabiyning o’g’li Umarxon bilan oila qurdi. 1810-yilgacha Marg’ilonda, undan keyin umrining oxirigacha Qo’qonda yashadi. Mohlaroyim Muhammadalixon va Sulton Mahmudxon ismli o’g’illar tarbiyaladi. Amiriy taxallusi bilan ajoyib she’rlar yaratgan Amir Umarxon 1822-yilda vafot etib, umr yo’ldoshi Nodirani yolg’izlatib ketdi.


ABU RAYHON BERUNIY

beruniyBeruniy 973 yil 4 sentabrda Xorazmning Qiyot (Kat) shahrida dunyoga kelgan. Dastlabki ta’limni ona shahrida olgan, mashhur olim Abu Nasr ibn Ali Iroqdan ilmi nujum, riyozat kabi fanlardan dars oladi. U 17 yoshida ilk astronomik kuzatishlarni o‘tkazadi. U 150 dan ortiq ilmiy asarlar yozadi. Buyuk bobokalonimiz 1048 yil 13 dekabrda G’aznada vafot etgan. «Berun» yoki «Birun» so‘zi «tashqari» degan ma’noni anglatadi.Ma’lumotlarda yozilishicha uning 152 ta kitobining nomi na’lum. Bizgacha ulardan 27 tasigina yetib kelgan. Uning bir qancha kitobi tabiiyot ilmiga bag’ishlangan. Bu sohaning rivojlanishida Beruniyning tabiiyot va tabiat hodisalarini o’rganish usullari , harakat, tovush, issiqlik,yorug’lik, elektr, magnetizm, atmosferadagi hodisalar, modda tuzilishi haqidagi ijodiy ishlari katta ahamiyatga ega bo’ladi.Beruniyning o’sha davrda yaratgan kashfiyotlaridan biri — globus ixtiro etganligidir.U Quyosh atrofida sayyoralar aylanishini, Yer esa ana shu sayyoralardan biri ekanligini aytadi.


MUHHAMMAD IBN MUSO AL XORAZMIY

xorazmiyMuhammmad ibn Muso al- Xorazmiy (783-850 yillarda yashab ijod qilgan) qadimgi Xorazm diyorida tug`ilib, voyaga yetadi. Dastlabki savod va turli xil sohadagi bilimlarni u o`z ona yurti Xorazm va Movorounnaxr shxarlarida ko`pgina ustozlardan oladi. So`ngra u halifa Ma`mun zamonida (813-833 yillar) “Bayt ul- hikmat”da mudir sifatida faoliyat ko`rsatadi. Zamonasining mashxur matematigi, astarnomi va geografi sifatida fanga ulkan xissa qo`shdi. Xorazmiy 20 dan otqi asarlar yozgan. Ulardan faqat 10 tasigina bizgacha yetib kelgan. Matematikaga doir asarlari “Al – jabr val — muqobala”, “Hind xisobi haqida”, geografiyaga oid asarlari “Kitob surat ul — arz” (Yer surati), astranomiyaga oid asarlari “Zij” va “Ustirlab bilan ishlash haqida”, tarixga oid asarlari “Kitob at — tarix”, “Yaxudiylarni taqvimi va bayramlarini aniqlash haqida risola” nomlari bilan atalgan.


UMAR HAYYOM

Qadimda va o’rta asrlarda vashagan olimlarning korpchiligi fanninig turli sohalarida muvaffaqiyatli omarijod etishgan. Shoir Umar Hayyom ana shular jumlasiga kiradi. Uning to’liq ismi Giyosiddin Abulfath Umar ibn Ibrohim al-Hayvom. U Xuroson viloyati ko’chmanchi turk qabilalaridan biri -saljuqiylarning markaziy viloyatiga aylangan davrida Nishopurda chodrachi (Xayyomi — chodrachi degani) oilasida tyg’ildi. Ymar Xayyomning bolalik yillari haqida maMumot yo’q, ammo u haqda ba’zi rivoyatlar saqlanib qolgan. Tarixchi Bayhaqiy Umar Hayyom mustaqil hotiraga ega bo’Iganligini yozgan.Shunday hotira egasi, albatta, bolalik yillarida ko’p narsalarni o’rgana olgan.Umar Hayyom matematika sohasida, ayniqsa algebra va geometriya sohasida kalta kashfiyotlar qilgan olim. U birinchi bo’Iib son tushunchasini haqiqiy musbat songacha kengaytirgan. Bu haqda u o’zining «Al-jabr va almuqobala isbotlari haqida risola» asarida quyidagilarni yozadi:»Hindlarda kvadratlarning tomonlari va klublarning qirralarini unchalik katta bo’lmagan ketma-ket tanlashga va to’qqizta raqam — bir, ikki, uch va h.k. conlarning kvadratlarini hamda ulardan birini ikkinchisiga, ya’ni ikkini uchga va h.k. ko’paytmasini bilishga asoslangan metod mavjud. Bu metodlarning to’g’riligini isbotlashga va bu metodlar haqiqatan ham maqsadga etkazishiga doir risola bizga teqishli. Bundan tashqari, biz oldin bo’lmagan sonlar turini ham orttirdik, ya’ni biz kvadrat-kvadrat, kvadrat-kub, kub-kub va h.k. larning asosini aniqlashni ko’rsatdik»..