XIZMATLARIMI

  • Aholining barcha qatlamlariga tezkor va sifatli axborot-kutubxona xizmati ko`rsatish;
  • O’zaro hamkorlik shartnomasi asosida kitob magazinlari, «Matbuot tarqatuvchi» aktsiyadorlik jamiyati, nashriyotlar, «INTER-PRESS» axborot agentligi, mualliflar va kitobxonlar sovg`alari ko`magida jamg`armani boyitish;
  • Ijodiy hamkorlik shartnomalari asosida ko`chma o`quv zallari orqali axborot-kutubxona xizmati ko`rsatish;
  • Foydalanuvchilarga keng qamrovli huquqiy axborot berish;
  • Imkoniyati chegaralangan insonlarga kutubxona axborot xizmati ko`rsatish;
  • Turli mavzularda ommaviy tadbirlar tashkil qilish;
  • Talabnoma asosida joylarda xodimlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash tadbirlarini o`tkazish;
  • Axborot-kutubxona ishining barcha masalalari bo`yicha maslahat va tavsiyalar berish;
  • Axborot so`rovchilarga elektron resurslarni to`liq va sifatli yetkazib berish;
  • Viloyadagi axborot kutubxona muassasalariga uslubiy yordam ko`rsatish, kutubxonachilarni malakasini oshirish;
  • ARMlarda «IRBIS» tizimidan foydalanish funktsiyasini tashkil etish va kutubxona ishlarini avtomatlashtirish bo`yicha o`zaro hamkorlik qilish.