AKM TARIX SAHIFALARIDA

› XX asrning boshlarida viloyatimizda savodxon, ziyoli kishilar aholining katta qismini tashkil qilsa ham, lekin keng xalq ommasi uchun xizmat qiluvchi kutubxonalar tarmog’i yo’q edi.

› Ilm-fanga chanqoq bo’lgan jamoatchilikning sa’y-harakatlari tufayli Turkiston general-gubernatorining qarori bilan 1907 yilda Andijonnning yangi shahar qismi, shahar parki hududida viloyatda birinchi bo’lib faqat 387 nusxa kitob jamg’armasiga ega bo’lgan xalq kutubxona-qiroatxonasi tashkil etildi. Lekin kutubxona xizmatidan faqat rus amaldorlari, harbiylar, savdogarlar, tadbirkorlar, ularning oila azolari, shuningdek maktabda yangi tashkil etilgan gimnaziya o’qituvchilarini foydalanishlari uchungina ruhsat berilgan edi.

› 1909 yilda shahar kutubxonasidagi 1547 nusha kitobdan 11975 nafar kitobxon foydalanilgan bo’lsa, 1913 yil boshida esa kutubxona jamg’armasi 4180 nushaga oshdi, kitobxonlar 14516 nafarni tashkil etdi.

› Kitob jamg’armasining butlanish sur’ati juda past bo’lib, 10 yil davomida bu ko’rsatkich 6221 nushani, 1925 yilga kelib esa 9370 nushani tashkil etdi. O’zbek tilidagi adabiyotlarning kutubxona kitob jamg’armasidan o’rin olmaganligi Chor Rossiyasini aholi talab va extiyojlarini umuman hisobga olmaganligidan dalolatdir. Kutubxonaga dastlab o’zbek tilida nashr etilgan adabiyotlar 1930 yillardan so’ngina kela boshladi. Ular jumlasidan A.Qodiriyning «Mehrobdan chayon», Mirtemir domlaning 1935 yilda chop etilgan «Poytaxt» nomli she’riy to’plamini keltirish mumkin.

› 1922 yili Andijonda 2 ta kutubxona, ya’ni yangi shahar hududida 7412 nusha kitob jamg’armasiga ega bo’lgan markaziy shahar kutubxonasi va eski shahar hududida 1226 nusha kitob jamg’armasiga ega bo`lgan markaziy diniy kutubxona mavjud edi.

› 1924 yilga kelib eski shahardagi kutubxona jamg’armasi 2060 taga ko’paydi. Bu kutubxonada kitobxonlar uchun o’quv zali mavjud bo’lib, siyosiy to’garak ham tashkil qilingan edi. Ana shu vaqtda olingan kitoblarning ma’lum bir qismi axborot kuktubxona markazining axborot va kutubxonachilik xujjatlarini saqlash bo’limida hozirgi kunda ham saqlanmoqda. Bu noyob adabiyotlar ichida rus va o’zbek namoyandalarining, o’sha davrning taniqli tarixshunos va iqtisodchi olimlarining asarlari bor.

› Kutubxonaning kitob jamgarmasi bilan birga uning nomi ham davr, siyosiy- iqtisodiy o’zgarishlar natijasida o’zgarib bordi. Kutubxona tashkil etilgan 1907 yildan to 1918 yilga qadar jamoatchilik kutubxonasi deb yuritilgan bo’lsa, 1918 yildan to 1941 yilga qadar uezd, okrug, shahar kutubxonasi deb nomlangan.

› 1941 yilda Andijon viloyatining tashkil etilishi munosabati bilan Andijon shahar uezd kutubxonasiga viloyat kutubxonasi maqomi berildi. Viloyat kutubxonasining bolalar va o’smirlarga doir adabiyot jamg’armasi asosida 1964 yili viloyat bolalar kutubxonasi tashkil etildi.

› 1966 yilda kutubxonaga 500 ming nusha jamg’armaga mo’ljallangan uch qavatli andozali bino qurilib berildi va Andijon viloyat ijroiya komitetining qaroriga binoan kutubxonaga hamyurtimiz, buyuk mutafakkir shoir, davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur nomi berildi. Kutubxonaning asosiy kirish foyesiga leningradlik haykaltarosh tomonidan oq marmardan ishlangan Bobur byusti o’rnatilgan. Bu byust hozirgi kunda ham kutubxonaning ko’rki, bu yerga tashrif buyurayotgan kitobxonlar va kutubxona mehnat jamoasi uchun aziz va qadrlidir.

› 1970 yilda Bobur nomidagi viloyat kutubxonasi kutubxonalarning Butunittifoq ko’rigida g’olib bo’ldi va Butunittifoq «Hurmat kitobi»ga yozildi. Viloyat aholisiga namunali xizmat ko’rsatishda erishgan yutuqlari uchun 1971 yilda kutubxona «O’zbekiston Respublikasi Mehnat shon-shuhrati» kitobi tarix zarvaraqlariga zarhal harflar bilan yozib qo’yildi.

› 1975-1980 yillarda kitobxonlarga xizmat ko’rsatishni yanada takomillashtirish maqsadida davlat tasarrufidagi ommaviy kutubxonalarni markazlashtirish ishiga kirishildi. Viloyatdagi mavjud 595 ta kutubxona 18 ta markazlashgan tarmoqqa birlashtirildi va viloyat kutubxonasi ularga uslubiy markaz sifatida faoliyat olib bordi.

› 1980 yilda Xalq xo’jaligi yutuqlari ko’rgazmasida Andijon viloyati kutubxonalarining aholiga samarali kutubxona-bibliografiya xizmati ko’rsatish va ilmiy-texnika taraqqiyotiga doir adabiyotlar targ’ibotini amalga oshirishda erishgan yutuqlari namoyish etilib, viloyat kutubxonasi ko’rgazma bosh qo’mitasining 1-darajali diplomi va bir qator kutubxona xodimlari medallar bilan taqdirlandilar.

› Andijonda dastlabki ochilgan xalq kutubxona-qiroatxonasi 107 yildan ortiqroq vaqt mobaynida uezd kutubxonasidan Respublikamizdagi eng yirik mo’tabar ilm dargohlaridan biriga aylandi. Bobur nomidagi viloyat ilmiy universal kutubxonasi hozirgi kundagi Bobur nomidagi viloyat Axborot kutubxona markazi darajasigacha bo’lgan tarixiy davrni muvafaqqiyatli bosib o’tdi.

› Shu kungacha kutubxona rahbarligi lavozimida ishlagan «Kutubxona fidoiylari» rahbarlik qilibgina qolmay, muqaddas bilim dargohining hozirgi kundagi erishgan yutuqlari, Respublikadagi egallab turgan nufuziga o’zlarining bilimi, yuksak tajribalarini ayamagan holda kutubxonaning mustahkam poydevorini yaratib keldilar va kelmoqdalar.

AKM BUGUNGI KUNDA

› Axborot kutubxona markazining hozirgi kundagi oltin kitob jamg’armasida jahon tillarida, chet el adiblarning asarlari, turli fan sohalariga tegishli ham ilmiy, ham ommabop 640 ming nusxadan ziyod bosma nashrlar, 20 mingdan ziyod elektron nashrlar va 220 Gigabayt dan ortiq elektron resurslar saqlanmoqda. Asrimiz boshlarida chop etilgan adabiyotlar, noyob entsiklopediyalar, atlas va albomlar kutubxona kitob jamg’armasining faxridir.

321› 1925 yilda kutubxona kitob jamg’armasidan 225 nafar, 1965 yilda 7130 nafar kitobxon foydalangan bo’lsa, bugungi kunda markaz jamoasi har yili 21000 dan ziyod Andijon ahlining axborotga bo’lgan talablarini qondirmoqda. Yil davomida 649 mingdan ziyod adabiyotlar vaktli matbuot nashrlari ular tomonidan mutolaa qilinmoqda.

› O’zbekiston Rspublikasi Prezidentining 2006 yil 20 iyundagi PQ-381 sonli

› “Respublika aholisini axborot kutubxona bilan ta’minlashni tashkil etish to’g’risida”gi Qaroridan so’ng, Viloyat ilmiy-universal kutubxonasi Bobur nomidagi Andijon viloyati axborot-kutubxona markazi deb yuritila boshladi. Markaz bo’limlari qayta ko’rilib chiqildi.

Kutubxonada 7 ta bo’lim:

  1. Foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish bo’limi;
  2. Axborot bibliografiya bo’limi;
  3. Ilmiy uslubiyat bo’limi;
  4. Axborot va kutubxonachilik hujjatlarini saqlash bo’limi;
  5. Axborot va kutubxonachilik hujjatlarini butlash bo’limi;
  6. Axborot va kutubxonachilik hujjatlarini qayta ishlash va kataloglashtirish bo’limi;
  7. Axborot-texnologiyalari bo’limlari.

7 ta sektorlar mavjud:

  1. Umumiy o’quv zali sektori;
  2. O’lkashunoslik axborotlari sektori;
  3. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha yoshlar bilan ishlash sektori;
  4. Xuquqiy axborot sektori;
  5. Kompyuterlar zali sektorlari faoliyat ko’rsatib kelmoqda.
  6. Abonement va abonementlararo sektori
  7. Yig’ma elektron katalog sektori

› Bu bo’lim va sektorlar kompyuterlar, server, nusxa ko’chirish qurilmalari, printer va skanerlar bilan ta’minlandi. Kutubxonachilarning 5 ta avtomatlashtirilgan ish joylari yaratildi. Bir vaqtning o’zida 20 ta kitobxon Internet va “Ziyonet” ilmiy axborot tarmog’idan foydalanish imkoniyati yaratildi. Foydalanuvchilarga tezkor va sifatli xizmat ko’rsatish maqsadida Irbis dasturi asosida nodir adabiyotlar va retro fondning elektron katalogi, yig’ma elektron ma’lumotlar bazasi shakllantirilmoqda. Kitobxonlarning talab va extiyojlariga asosan jamg’arma nafaqat bosma nashrlar, balki adabiyotlarning elektron nusxalari bilan boyitilib, foydalanuvchilarga noana’naviy xizmat ko’rsatish turlari keskin darajada o’sdi. Zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida markazning “Oltin fondi” dan joy olgan noyob va qayta nashr qilinmagan adabiyotlarini elektron nusxalarini yaratilishi ularni kelajak avlodlarga sifatli yetkazib berilishiga katta imkoniyat yaratmoqda.

AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZINING VAZIFASI

  • Axborot kutubxona markazining hozirgi kundagi maqsad va vazifalari davlatimiz tomonidan chiqarilgan Qonun, Farmon va Qarorlarni xalq orasida targ’ibot qilish;
  • O’zbek xalqining milliy va umuminsoniy qadriyatlarini avloddan-avlodga tarixiy manbalar orqali yetkazish;
  • Buyuk siymolar haqida, madaniyat va fan rivojlanishi, yutuqlarni aholiga kutubxona-bibliografik xizmati orqali targ’ib qilish;
  • Shaxsning kamol topishi, ta’lim va mustaqil bilim olish, madaniy faoliyat va dam olish uchun shart-sharoitlar yaratish;
  • Aholiga axborot kutubxona xizmati ko’rsatishda kutubxonalarning maqsadli dasturlar asosidagi faoliyatini yanada takomillashtirish.
  • Foydalanuvchilarning ilmiy, ta’lim axborot va madaniyat soxasidagi qiziqishlarini o’rganib, zamonaviy axborot texnologiyalari asosida tezkor va sifatli qondirishdan iboratdir.