YANGILIKLAR


        AKMNING 2017 YIL FAOLIYATIDAGI NATIJALARI BO’YICHA UMUMIY YIG’ILISH…

 Respublika axborot-kutubxona tizimi faoliyatini muvofiqlashtirish bo’yicha direktorlar Kengashining 2017 yil  yakunlari sarhisobiga bag’ishlab Qoraqalpog’iston Respublikasi, Toshkent shahri hamda viloyat axborot-kutubxona markazlarining dikrektorlari ishtirokida o’tkazilgan yig’ilish natijalaridan kelib chiqib AKM larga belgilab berilgan vazifalarga bag’ishlangan jamoaning umumiy yig’ilishi o’tkazildi. Yig’ilish avvalida direktor G.Ismailova AKM faoliyatining 2017 yil natijalari Respublika miqiyosida qoniqarli natijalarga ega bo’lganligini ta’kidlab, reyting asosida baholangan AKM lar faoliyatida Bobur nomidagi Andijon viloyati axborot-kutubxona markazi faxrli 1-o’rinni egallaganligini Respublika axborot-kutubxona markazi tomonidan tayyorlab tarqatilgan slayd orqali ko’rsatib o’tdi.

 Yig’ilish davomida  G.Ismailova erishilgan yutuqlar bilan birga kelajakda qilinishi lozim bo’lgan vazifalar haqida alohida-alohida to’xtalib o’tar ekan,  foydalanuvchilarga axborot-kutubxona xizmatini ko’rsatishda yangidan-yangi innovatsion g’oyalarni tadbiq etish orqali yanada yaxshi natijalarga erishish mumkinligini alohida ta’kidlab o’tdi. Bu borada AKMning barcha bo’lim va sektorlariga vazifalar belgilab berildi.

Sana: 22.02.2018


 

KUTUBXONA- MA’NAVIYAT MASKANI

Mutolaa- inson ma’naviyatini yuksaltirish uchun eng samarali vosita hisoblanadi. Kitob o’qish dunyoqarashni kengaytiradi, tafakkurni o’tkirlashtiradi. Kitobxonlik anьanalarini rivojlantirish, mutolaa madaniyatini  shakllantirish, yoshlar dunyoqarashi, fikrlash doirasini kengaytirish, badiiy asarlar o’qishga qiziqishini kuchaytirish   maqsadida tashkil etilgan “Kutubxona ikkinchi oilam” klubining  navbatdagi  “Kutubxona –ma’naviyat maskani” deb nomlangan  mashg’ulotida yoshlarni ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirishda kitobning o’rni va ahamiyati haqida o’zaro fikr almashildi.   Klubning  faol a’zolari   Muhabbatxon Tulyakova, Maxmudjon  Madumarov  va Industrial  Pedagogika  kolleji o’qituvchisi  Mahbuba Isroilovalar  o’zlari sevib  mutoaala  qilgan  asarlar va ulardagi hayotiy kechinmalar  haqidagi fikrlarini  aytib o’tdilar. Shuningdek,   mashg’ulot davomida Andijon tumanidagi  34-maktabning “Yoshlar Ittifoqi”  yetakchisi   Qudratillo Ahmadjonov o’zi mutolaa qilgan  Pirimqul Qodirov ning “Yulduzli tunlar” nomli  kitobidan   olgan  qiziqarli tasurotlarini gapirib berdi.  Kitobxonlarga  ushbu kitobni o’qishni tavsiya qildi.

                                                                                                                                                                                                             Sana: 22.02.2018  


KITOB EZGULIK ELCHISI
10Kitob ruhiyatimiz ozuqasi, u bilan do’stlashish nafaqat bizni yuksaltiradi, balki jahonni tanitadi, ezgulikka yetaklaydi.
Faylasuflardan birining ta’biri bilan aytganda: “Kitob o’qimagan, bilimga ega bo’lmagan inson bilan mutolaa qilgan, kitobni o’ziga do’st deb bilgan inson orasida farq yorug’lik va zulmat o’rtasidagi farqqa o’xshaydi”.
21 fevral kuni o’tkazilgan navbatdagi “Ma’naviyat soati”da  “Axborot va kutubxonachilik hujjatlarni qayta ishlash va kataloglashtirish bo’limi” mudiri M. Qorievaning mohir jurnalist Rustam Jabborov qalamiga mansub  “Jaholat asirasi: begona yurtda baxt izlagan Mahzunaning ayanchli qismati haqida qissa” nomli kitobi mutolaasidan olgan taassurotlari eshitildi. Asarning mazmun mohiyatidan kelib chiqib M.Qorieva barchani hushyorlikka, o’tkinchi hoyu–xavas deb sarson-sargardonlikda o’zga yurtlarda qul bo’lib qolmaslikka da’vat etdi va  asarni ko’proq o’zga yurtda ishlashni orzu qilayotgan yoshlarga tavsiya qilishimiz kerakligini ta’kidlab o’tdi.
SIZGA HAM O’QISHNI TAVSIYA QILAMIZ
Sana: 21.02.2018

“BIBLIOBUS”   KO’CHMA KUTUBXONASI O’Z YO’NALISHIDA DAVOM ETMOQDA…

Фаробий МФЙ (24) “Bibliobus”  orqali tashkil etilgan ko’chma kutubxona bu galgi yo’nalishini Andijon shahridagi “Forobiy” MFY aholisi tomon yo’naltirdi. “Bibliobus” orqali tashrifni MFY aholisi ko’tarinki kayfiyat bilan qarshi oldilar. Ayniqsa, ko’chma kutubxonaning tashrifi bugun 14 fevral – yurtdoshimiz, shoh va shoir, mohir sarkarda, dilbar shaxs Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi bilan Фаробий МФЙ (35)uyg’unlashganligi tadbir ishtirokchilariga bayramona kayfiyat ulashdi. Hurmatli kitobsevar yurtdoshlar! “Bibliobus” o’z yo’nalishida davom etadi. Kuting! Bu safargi mezbon Siz bo’lishingiz mumkin…..

Sana: 14.02.2018


“BIBLIOBUS” – EL XIZMATIDA

4O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 sentyabrdagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ib qilish bo’yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to’g’risida” gi  Qarori  ijrosini ta’minlash  borasida Andijon viloyatida  e’tiborga  molik samarali ishlar olib borilmoqda. Jamiyatimiz xayotida ezgu qadriyat va an’analarni chuqur qaror 1toptirishga, xususan xalqimiz, ayniqsa  yosh avlodning ma’naviy intellektual salohiyati,  ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirishda ona Vatani va xalqiga muhabbat va sadoqat ruhida yashaydigan barkamol shaxsni tarbiyalashda  beqiyos ahamiyatga ega bo’lgan kitobxonlik madaniyatini oshirishga  alohida e’tibor qaratilmoqda.

Viloyat hokimining tashabbusi bilan 13 fevral kuni   tashkil qilingan “Bibliobus” da  Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashi,  O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi  viloyat bo’limlari,  Bobur nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi,  Matbuot va axborot hamda  Madaniyat boshqarmasi mutaxasislari  ulug’ mutafakkir, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur   tavalludining 535 yilligini   axoli o’rtasida keng nishonlash, ularning  bizga qoldirgan  boy adabiy  meroslari bilan bahramand  qilish,  kitob mutolaasi va kitobxonlikni targ’ib etish  maqsadida   belgilangan  yo’nalishlar bo’yicha  joylarga chiqib,  shahardagi “O’zbekiston 20 yilligi”  MFY  va   2“Sog’lom avlod”  MFY   xududlarida  adabiy, ma’naviy ma’rifiy tadbirlarni tashkil etdilar.

Tadbir davomida xalqimiz uchun  buyuk ajdodlarimizning hayoti va faoliyatini, barhayot ijodlarini o’zida aks ettiruvchi adabiyotlar ko’rgazmasi hamda 2017 yilda respublikamizda va viloyatimizda nashr etilgan yangi kitoblar savdosi tashkil etildi.  Tadbirda viloyatimizda ijod qilayotgan yozuvchi va shoirlar, san’atkorlari tomonidan  ijro etilgan  Bobur  g’azallari,  Bobur g’azallariga yozilgan muhammaslar, g’azallariga kuylangan kuy qo’shiqlar tadbir ishtirokchilarida ko’tarinki kayfiyat ulashdi. Shu kuni tadbir ishtirokchilari uchun 3“Kitob mening do’stim” aktsiyasi o’tkazilib, aktsiyada faol  qatnashganlar  Bobur nomidagi viloyat axborot kutubxona markaziga  a’zo qilinib, ularga kitobxonlik biletlari taqdim etildi.

Shu kuni kattayu kichik yoshdagi  tadbir qatnashuvchilari AKM  tomonidan tashkil etilgan ko’chma kutubxonadan foydalanib o’zlarining qiziqishlari bo’yicha adabiyotlarni tanlab  olib o’qish va oila a’zolari uchun ham   turli  sohaga oid ilmiy-omabop,  tarixiy va badiiy adabiyotlarni   olish imkoniyatlariga  ega  bo’ldilar.

Sana: 13.02.2018


ASRLAR ARDOG’IDAGI ALLOMALAR
1 Shu kunlarda respublikamizning barcha  go’shalarida o’zbek mumtoz adabiyotining ikki yirik mutafakkirlari so’z mulkining sultoni  hazrat Alisher Navoiy tavalludining 577 yilligi hamda  buyuk sarkarda, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 535 yilligi munosabati bilan  qator tadbirlar davom etmoqda.
Bobur nomidagi viloyat axborot kutubxona markazida ham ushbu sana munosabati bilan  “Asrlar  ardog’idagi allomalar” mavzusida adabiy musiqali – kecha bo’lib o’tdi.   2Tadbirda Andijon Davlat Universiteti filologiya fakulteti  falsafa  fanlari  doktori Zokirjon  Mamajonov  buyuk shoir,  hazrat Nizomiddin  Mir Alisher Navoiyning ijodida adolat, ishq-muhabbat, mehr-muhabbat kabi insoniy fazilatlarning  yuqori talqini  haqida, Universitetning  filologiya fakulьteti o’qituvchisi Axadjon Maxamadiev Bobur hayoti va ijodi, uning Hindistonga yurishi, hamda bizga qoldirgan boy  ma’naviy merosi haqida   fikr bildirdilar.
Tadbir davomida Andijon san’at  va Andijon pedagogika kolleji o’quvchilari tomonidan ijro etilgan buyuk bobokolonlarimiz hayoti va ijodiga bag’ishlangan sahna ko’rinishlari, ularning qalamiga mansub g’azallariga ijro etilgan qo’shiqlar va ruboiylaridan namunalar  tadbir  ishtirokchilariga ko’tarinki kayfiyat ulashdi.
 
Sana: 12.02.2018

BUYUK NAVOIYGA EHTIROM!

1Bugun yurtimizning barcha go’shalarida o’zgacha shukuh, o’zgacha kayfiyat hukmronlik qilmoqda. Sababi, o’zbek xalqini faxri, uni butun bo’y-bastini jahonga ko’rsata olgan hazrat Alisher Navoiy bobomiz tavallud kunidir. Shu munosabat Respublikamizda, jumladan Andijon viloyatida bu muhim sana ko’tarinki kayfiyatda nishonlanmoqda.

Tadbir Andijon shahrining  ko’rki  hisoblangan Alisher Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bog’idan, shoirga ehtirom  ramzi sifatida poyiga gul qo’yish marosimi bilan boshlandi. Tadbirda viloyatimizning barcha tashkilot, korxona, oliy ta’lim dargohlari va o’quv muassasalari, viloyatimizda yashab ijod etayotgan taniqli shoir va 2yozuvchilar ishtirok etdilar. Tadbirda ishtirok etgan Andijon viloyati hokimi Sh.Abdurahmonov, professor va o’qituvchilar, shoir va yozuvchilar hazrat mir Alisher Navoiy hayoti va ijodiy faoliyati haqida fikr yuritib, ul zotning ma’naviy me’roslari barcha o’zbek xalqining qalb qo’ridan joy olganligi, uning asarlari yoshlar tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etib, asrlar davomida   e’zozlanib kelayotganini alohida ta’kidlab o’tdilar. Tadbir viloyatimizning barcha ta’lim muassasalari, tashkilot va korxonalarda davom etmoqda.

Sana: 09.02.2018


“SHOIRLAR  SHOIRIGA EHTIROM!”

Изображение 058Shu kunlarda tavalludining 577 yilligi keng nishonlanayotgan buyuk mutafakkir bobomiz mir Alisher Navoiy “Agar u zotni avliyo desak, u – avliyolarning avliyosi, mutafakkir desak, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak, shoirlarning sultonidir. Inson qalbining quvonchu-qayg’usini, ezgulik va hayot mazmunini Navoiydek teran ifoda etgan shoir jahon adabiyoti tarixida kamdan-kam topiladi”,- degan edi birinchi yurtboshimiz shoir haqida. Darhaqiqat, buyuk shoir ijodida adolat, insonparvarlik, mehnatsevarlik, saxovat, ishq-muhabbat, hallollik kabi eng go’zal insoniy fazilatlar tarannum etiladi. “Kutubxona — ikkinchi oilam” klubining navbatdagi mashg’uloti  Navoiyxonlikka bag’ishlandi. Tadbirda Nusrat Abdusalomning “Yog’du” adabiy maktabining qatnashchilari, viloyatimizda ijod etayotgan shoir va yozuvchilar  hamda klub a’zolari  shoir ijodiga bag’ishlangan g’azallari, muhammaslari, ruboiylari bilan ishtirok etdilar. So’z mulkining sultoni, buyuk davlat arbobi, ulug’ donishmand mir Alisher Navoiyning  insoniyat uchun qilgan xizmatlari haqida qancha gapirsak shuncha kamdir. Ana shunday buyuk  asarlardagi dono fikrlari yo’llarimizni shamchiroq kabi asrlar osha yoritib boraveradi. Bunday umrboqiy siymolar  ko’zimiz qarog’ida, qalbimiz ardog’ida yashayveradi.  

Sana: 09.02.2018


“IKKI SIYMOLAR — YUKSAK MA’NAVIYAT KO’ZGUSI”

Навоий кўргазмаHazrat Alisher Navoiy,  shoh  va  shoir Zahiriddin Muhammad Bobur bilan  – bugungi avlodni besh asrdan ko’proq vaqt ajratib turibdi. Bu buyuk insonlarning qoldirgan boy adabiy me’rosi esa hamon avlodlarni lol qoldirib kelmoqda. Bobur nomidagi  Andijon viloyat axborot kutubxona markazi tomonidan Alisher Navoiy tavalludining 577 yilligi hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 535 yilligi munosabati tashkil etilgan  “Ikki siymolar — yuksak ma’naviyat ko’zgusi” mavzusidagi adabiyotlar ko’rgazmasi  buyuk allomalarga bo’lgan yuksak ehtiromimiz ramzi, ularning barhayot ijodi bilan barchani birdek yanada yaqindan tanishtirishdan iboratdir.  Zero, oliyjanob insoniy g’oyalar tarannum etilgan asarlar umri boqiydir.

Sana: 08.02.2018


IKKI SIYMO ZIYOSI

сайтгаOliyjanob insoniy g’oyalar tarannum etilgan asarlar umri boqiydir. Alisher Navoiy tavalludining 577 yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 535 yilligi munosabati bilan Bobur nomidagi  Andijon viloyat axborot kutubxona markazida Yozuvchilar uyushmasi, Ma’naviyat targ’ibot markazi viloyat bo’limlari bilan xamkorlikda, “Ikki siymo ziyosi” mavzusida anjuman o’tkazildi. Anjumanda viloyatda ko’zga ko’ringan shoir va yozuvchilari, Nusrat Abdusalom rahbarligida tashkil etilgan “Yog’du” adabiy maktabi a’zolari, сайтга 3allomalarimizning xayoti va faoliyatiga oid qimmatli ma’lumotlar bilan o’rtoqlashdilar, ularga atab yozilgan g’azallari, ruboiylaridan o’qib tadbir ishtirokchilarining qalblarida buyuk ajdodlarimizga nisbatan o’zgacha bir hurmat, extirom, xissiyotlarini yanada oshirishga sazovor bo’ldilar.

Bobur nomidagi viloyat drama teatri aktyor va xonandalari, 96635-harbiy qism askarlari, tibbiyot kolleji va 44-umumiy o’rta ta’lim maktabi o’quvchilari o’zlarining adabiy musiqali hamda saxnalashtirilgan  chiqishlari bilan tadbirga o’zgacha shukuh bag’ishladi. Tadbir yakunida axborot-kutubxona markazi rahbari G.Ismailova so’zga chiqib, bu buyuk allomalar qoldirgan boy madaniy me’roslarini saqlab, ularni kelajak avlodlarga yetkazishda axborot-kutubxona markazining o’ziga xos o’rni haqida gapirib, ishtirokchi yoshlarni markaz jamg’armasidan joy olgan bu oltin me’roslardan foydalanib bilimlarini oshirishga chaqirdi. “Ikki siymolar — yuksak maьnaviyat ko’zgusi” nomli adabiyotlar ko’rgazmasi  yil davomida  ajdodlarimizning adabiy meroslaridan barchani teng  bahramand bo’lishlariga zamin yaratadi.

Sana: 08.02.2018


MUTOLAA SEHRI

5aa07e8336075ea07479424b61e10319Aholini  ayniqsa o’sib kelayotgan yosh avlodni bolalikdan kitobga bo’lgan mehrini uyg’otish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularning ma’naviy va intellektual salohiyati hamda  liderlik qobiliyatini shakllantirish maqsadida “Kutubxona ikkinchi oilam” klubining navbatdagi “Mutolaa sehri” mavzusidagi mashg’uloti o’tkazildi. Tadbirda o’zbek adabiyoti xazinasidan o’rin olgan umrboqiy durdona  asarlar haqida o’zaro fikr almashildi. Klubning  faol a’zolari Muhabbatxon Tulyakova, Maxmudjon Madumarov va Industrial Pedagogika kolleji o’qituvchisi  Mahbuba Isroilovalar  o’zlari sevib mutoaala qilgan  asarlar va ulardagi hayotiy kechinmalar haqidagi fikrlarini  aytib o’tdilar. SHuningdek, mashg’ulot davomida klub a’zosi 24-maktabning “Yoshlar Ittifoqi”  sardori   Sardor Tolibov o’zi mutolaa  qilgan O’tkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi” nomli  kitobidan olgan tassurotlarini gapirib berdi va o’quvchilarga ushbu asarni o’qishni tavsiya etdi.

Sana: 07.02.2018


AKMDA ALISHER NAVOIY NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY  KUTUBXONASI BURCHAGI TASHKIL ETILDI….

Миллий кутубхона бурчагиBobur nomidagi Andijon viloyati axborot-kutubxona markazida “Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi ilmiy-metodik axborot-kutubxona burchagi” tashkil etildi. Mazkur metodik burchak kutubxonachi-mutuxassislar hamda foydalanuvchilarni Milliy kutubxona tomonidan chop etilayotgan metodik-bibliografik qo’llanmalar, uslubiy tavsiyalar, ma’lumot-axborot resurslari, elektron resurslar, tarqatma materiallar bilan ta’minlashni muntazam ravishda amalga oshirish maqsadida tashkil etildi.

Sana: 06.02.2018

BILIMDAN YAXSHILIK KUT, DOIM KITOBNI DO’ST TUT!

клубKitob har bir kishi, ayniqsa yoshlar ongining shakllanishida, ularning nutq madaniyatini va lug’at boyligini o’stirishda, hayotda o’z o’rnini topa olishda, kasblarni to’g’ri tanlashida, dunyoqarashining kengayishida va takomillashuvida yaqindan yordam beradi. Bir badiiy kitobni mehr bilan mutolaa qilgan kitobxon o’sha kitobdagi qahramonlar hayoti bilan yaqindan tanishadi, uning ichki hissiyotini tushinib yetishga urinadi, u bilan birga hayot kechiradi. Kutubxonamizda “Kutubxona — ikkinchi oilam” klubining navbatdagi “Bilimdan yaxshilik kut, doim kitobni do’st tut!” mavzusidagi mashg’uloti bo’lib o’tdi. Mashg’ulotda yoshligidan kitobni o’ziga do’st bilib, u orqali hayotda o’z o’rnini topgan, endilikda esa farzandlarini ham kitobga mehrini oshirish maqsadida hali ham kitobni qo’lidan tushirmay mutolaa qilib kelayotgan, klub a’zolari Mahfuzaxon opa Qosimova, Zamira opa Mo’ydinovalar ishtirok etib, kitobning inson hayotidagi o’rni, uning inson uchun beminnat ko’makchi va do’sti ekanligini hayoti misollari orqali gapirib,  shoira Marhabo Karimovaning she’rlaridan namunalar aytib berdi.  ADTI qoshidagi akademik litsey o’quvchisi Xalililloh Ikromov  o’zi sevib mutolaa qilgan Cho’lponning  “Kecha va kunduz” asaridan olgan taassurotlari, asar qahramonlarining o’ziga yoqqan jihatlaridan so’zlab, o’z tengdoshlarini kitob bilan doimo do’st tutinishlariga chorladi.  Mashg’ulotda qatnashgan kitobxonlar bu kitobni o’qishni oldilariga maqsad qilib oldilar.

Sana: 31.01.2018


BOBUR NOMIDAGI ANDIJON VILOYATI AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZI JAMOASINING YIG’ILISHI.

касаба 2 Bugungi kunda Respublikamiz salohiyatini yanada rivojlanishida kasaba  uyushmasi  qo’mitalarining o’ziga  xos  o’rnining  borligi ularning faoliyati  kundan-kunga faollashib borayotganligidan ko’rishimiz mumkin. Har bir  fuqaroga o’z vaqtida naf keltirish, yordam  berish  kasaba uyushmasi  qo’mitasining  asosiy   shioridir.

касаба 12017 yil yakunlanib 2018 yilning birinchi oyini yakunlash arafasida barcha jamoalarda bo’lgani singari Bobur nomidagi Andijon viloyati axborot-kutubxona markazida ham Jamoa SHartnomasida belgilab berilgan vazifalarning 2017 yilda bajarilishi bo’yicha jamoaning umumiy yig’ilish o’tkazildi. Jamoaning umumiy yig’ilishida O’zbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining viloyatdagi vakili, “O’zbekiston pochtasi” AJ Andijon filiali boshlang’ich kasaba uyushmasi qo’mitasi raisi B.Ahmedov ishtirok etdi. Yig’ilish kun tartibiga ko’ra 2017 yil yakunlari bo’yicha jamoa shartnomasining bajarilishi yuzasidan  ish beruvchi sifatida AKM direktori G.Ismailovaning axboroti hamda KUQ raisi M.Karievalarning ma’lumotlari eshitilib, yig’ilish ochiq muloqot sifatida davom ettirildi. Yig’ilish davomida B.Ahmedov jamoa xodimlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javoblarini berib o’tdi. Yig’ilish so’ngida kun tartibidagi masalalar bo’yicha qarorlar qabul qilindi va qarorlar  yuzasidan mas’ullarga vazifalar belgilandi.

Sana: 31.01.2018


MANGULIKKA MUHRLANGAN EHTIROM

Каримов

O’zbekiston Respublikasining Birinchi  Prezidenti, buyuk davlat va siyosat arbobi, mustaqilligimiz asoschisi Islom Abdug’anievich Karimovning ona Vatanimiz mustaqilligi, el yurtimiz ravnaqi yo’lidagi ulkan tarixiy xizmatlarini inobatga olib hamda u  kishining xotirasini abadiylashtirish bo’yicha boshlangan ishlarni davom ettirish hamda “O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Abdug’anievich Karimov tavalludining 80 yilligini nishonlash to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 noyabrdagi PQ-3404-son qaroriga asosan  respublikamiz miqyosida qator tadbirlar amalga oshirilmoqda. 

Bugun xalqimiz tomonidan  yuksak “ma’naviy jasorat egasi” deya hurmat bilan yodga olinayotgan munavvar inson, o’zbek xalqining fidoyi farzandi, Birinchi Prezidentimiz Islom
Karimovga yuksak ehtirom ko’rsatish, xotirasini abadiylashtirish, u kishining hayoti va bizga qoldirgan boy ma’naviy meroslarini  keng kitobxonlar ommasiga targ’ib etish maqsadida  Bobur nomidagi viloyat  axborot-kutubxona markazida “Qutlug’ nomi xalqimiz yodida!”, “El dardiga qalqon bo’lgan zot” mavzularida adabiyotlar ko’rgazmasi  tashkil etildi.

Sana: 25.01.2018


“YURAKLARDA QOLGAN YURTBOSHIM…”

Karimov“Tarix haqiqati bolalarimiz uchun suv va havodek zarur.Tarix haqiqatini to’laligicha keyingi avlodga yetkazish har bir insonning kelajak  oldidagi  muqaddas  burchi  hisoblanadi. Ertaga bizning o’rnimizga keladigan yoshlar ana shu tarix haqiqati bilan qurollanishi lozim”. Davlatimiz rahbari  SHavkat Mirziyoevning bildirib o’tgan ushbu fikrlaridan u kishi tomonidan 2017 yil 25 yanvardagi “O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning xotirasini abadiylashtirish to’g’risida” gi Qarorini qabul qilishidagi asosiy maqsadi mujassam etganligini anglashimiz mumkin.

O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti, mustaqilligimiz asoschisi, fidoyi va vatanparvar inson  Islom Abdug’anievich Karimov xotirasini  yodga olib, bosib o’tgan fidokorona mehnat yo’llarini  xotirlash orqali  barkamol avlodni vatanparvarlik, ona Vatanga sadoqat kabi  hislatlar ruhida tarbiyalash maqsadida  Bobur nomidagi Andijon viloyati axborot-kutubxona  markazida “Olovlardan saqlagan inson” mavzusida xotira kechasi o’tkazildi. Tadbir davomida AKM tomonidan tayyorlangan O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov tavalludining 80 yilligiga bag’ishlab tayrlangan multimediyaning namoyishi ishtirokchilarni sog’inch ko’z yoshlariga turtki bo’ldi

Tadbir doirasida  tashkil etilgan “Yuraklarda qolgan yurtboshim” mavzusidagi adabiyotlar ko’rgazmasi yoshlarning I.Karimovning bosib o’tgan mashaqqatli mehnat yo’li va faoliyati bilan yaqindan tanishishlariga xizmat qildi.

Sana: 24.01.2018


“OXIRGI O’QIGAN KITOBIM…”

укиган китобимMillatni millat, davlatni davlat,  xalqni xalq qiluvchi yagona kuch bu – kitobdir. Kitob moziyning ko’zgusi, kelajak asosidir. Zotan, yurtboshimiz  ta’kidlaganlaridek: “Kitobsiz – kelajak yo’qdir”. Bu borada soha vakillari ham o’zlarining yangi g’oyalarini hayotga tadbiq etish orqali barchani kitobga,  oilalarda kitobxonlikka bo’lgan mehrini yanada kuchaytirish maqsadida tinmay izlanishdalar. AKM jamoasi o’rtasida har chorshanba kuni o’tkaziladigan “Ma’naviyat soati”da “Oxirgi o’qigan kitobim” mavzusi bilan boshlangan yangi g’oyada har bir kutubxonachi xodim o’zining oxirgi o’qigan badiiy adabiyotidan olgan ta’ssurotlari va asarning  mazmun-mohiyatini ochib berishlari  orqali kutubxonachi mutaxassislarni xam kitobga bo’lgan mehrini yanada ortirishga, oilalarda kitob mutolaasini kuchaytirishga qaratilgan  maqsadlarni  o’z ichiga olgan.

24 yanvar kuni o’tkazilgan “Ma’naviyat soati”da “Axborot va kutubxonachilik hujjatlarni qayta ishlash va kataloglashtirish bo’limi” kutubxonachisi  G.Alimjanovaning  yozuvchi Tohir Malik qalamiga mansub“Voy, onajon” nomli kitobi mutolaasidan  olgan taassurotlari va asarning mazmun-mohiyatini ochib berishdagi mahorati barcha xodimlarni ko’ziga yosh olishlari bilan birgalikda shu kitobni albatta o’qiyman degan hisni uyg’otishiga asos bo’ldi.

Sana: 24.01.2018


 “FOYDALANUVCHILAR UCHUN YANGI INNOVATSION G’OYA”

qrcod2018 yil – “Faol tadbirkorlik, innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash yili” har sohaga yangi innovatsion g’oyalarni tadbiq etish orqali shu sohani yanada rivojlantirishga qaratilgan ezgu maqsadlarni o’z ichiga olgan.  Bu borada AKMda ham samarali ishlar olib borilmoqda. Aholiga masofadan turib xizmat ko’rsatishni rivojlantirish, eng tezkor, eng qulay, eng sifatli va eng kichik hajmda kitob yuklab olishlari uchun  TS – kodi yangi g’oya sifatida markaz faoliyatiga tadbiq etildi. TS – kodini amaliyotga tadbiq etish va uni yanada targ’ib etish maqsadida I.Karimov asarlari,

tarixiy va badiiy kitoblarning elektron nusxalari AKMning maxsus ko’rgazmali plakatlari, bukletlari va kalendarlari ishlab chiqildi va posterlarga   chop etilib, bilim yurtlari,  tashkilot va muassasalar, MFYlari  binolarining maqbul joylariga joylashtirildi. Bu bilan o’quvchilar elektron kitoblarni telefonlar, planshetlariga yuklab olish  va undan foydalanish imkoniyatiga ega bo’lmoqdalar.

Sana: 24.01.2018


MAHALLA – KITOB – KUTUBXONA

МахаллагаHar qanday ezgu ish bugundan boshlanmasa ertaga kech bo’ladi,  degan gap bor xalqimizda. Muhtaram Prezidentimiz xalqni kitobga qaytarish, ayniqsa, yoshlarimiz qalbida millatni sevish, Vatanni ardoqlash, milliy qadriyatlarimizni asrab avaylash, bir gap bilan aytganda ruhan tetik, qalban yuksak va barkamol bo’lib voyaga yetishning  birdan–bir yo’li mutolaa ekanligiga alohida e’tibor qaratdilar. Muhtaram Prezidentimiz SHavkat Mirziyoev  2017 yil 13 sentyabrda “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutoalasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ib qilish bo’yicha” qarori qabul qilindi. Qaror ijrosini ta’minlash maqsadida samarali ishlar olib borilmoqda. Viloyatimizning shahar va tumanlar MFYlarida ko’chma kutubxonalar ochilmoqda. Jumladan, Paxtabod, Xo’jabod, Baliqchi tumanlarida ko’chma kutubxonalar ochilib aholi ma’naviyatini oshirishga xizmat qilmoqda.

Sana: 22.01.2018


MILLIY UMUMTA’LIM ELEKTRON KUTUBXONA

корейс1Hozirgi kunda foydalanuvchilar uchun tez va sifatli xizmat ko’rsatish sifatini yanada  rivojlantirish, sohaga  yangi loyihalarni tatbiq etish zamon talabiga aylanib bormoqda.

22 yanvar kuni Bobur nomidagi  viloyat AKMda Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi  hamda Janubiy  Koreyaning LG CNS kompaniyasi  hamkorligida “Milliy umumta’lim elektron kutubxona” loyihasi taqdimoti  bo’lib o’tdi.

Taqdimotda O’zbekiston Milliy kutubxonasi  AKT bo’lim mudiri Dilshod Usmonaliev, Janubiy Koreya Milliy umumta’lim elektron kutubxonasi  menedjeri  Jeon, Ho-Jin, hamda menedjer asssistenti Kwong-Oh Kwonlar ishtirok etdilar.

Taqdimotda AKMning  Axborot kutubxonachilik hujjatlarini butlash, Axborot kutubxonachilik hujjatlarini qataloglashtirish va qayta ishlash, va Foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish bo’limlari hodimlariga mutaxassislar  tomonidan loyiha  bo’yicha  atroflicha tushunchalar berildi.

Taqdimot o’zaro qizg’in fikr almashuv doirasida o’tib, AKM mutaxassislari  o’zlarini  qiziqtirgan savollarga yetarlicha javob oldilar.

Sana: 22.01.2018


 YURTIMIZ TINCHLIGINI MUSTAHKAM QALQONLARI

__ (25)14 yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan  Bobur nomidagi viloyat axborot kutubxona markazida  Andijon garnizoni tassarrufidagi 33171, 89165, Ichki Ishlar Vazirligining   Qorovul qo’shinlari 7554 harbiy qismlari,  Andijon Davlat Universiteti, “Oila” ilmiy amaliy markazi viloyat bo’limi bilan hamkorlikda “Yurtimiz tinchligining mustahkam qalqonlari” mavzusida adabiy musiqali kecha o’tkazildi.Tadbir doirasida AKM xodimlari tomonidan “Vatanni ximoya qilish sharafli ma’sulyatli burch ” mavzusida tashkil etilgan adabiyotlar ko’rgazmasi  ishtirokchilarda katta qiziqish uyg’otdi.

Sana: 10.01.2018


AKMDA YANGI YIL

Bobur nomidagi  viloyat axborot-kutubxona markazida 2018 yilni ko’tarinki kayfiyatda kutib olish maqsadida  29 dekabr kuni jamoa o’rtasida “AKMda yangi yil” mavzusida yangi yil tadbiri o’tkazildi.  Tadbirda 2017 yil soha rivojiga munosib hissa qo’shgan, o’zining faol mehnati bilan ishlagan xodimlar  O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalar va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi Andijon viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan  faxriy yorliqlari hamda estalik sovg’alari  bilan taqdirlandilar.

Sana: 29.12.2017


“ENG YAXSHI KITOBXON MAHALLA”

Махалла кўрик танлов (101)Davlatimiz rahbarining 2017 yil 13 sentyabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ibot qilish bo’yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to’g’risida”gi qarori ijrosini ta’minlash, viloyatimiz aholisini, ayniqsa, yoshlarni kitobga bo’lgan mehrini yanada oshirish maqsadida Bobur nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Respublika ma’naviyat-ma’rifat markazi viloyat bo’limlari bilan hamkorlikda “Eng yaxshi kitobxon mahalla” ko’rik-tanlovi o’tkazildi. Tanlovda shahardagi “Bobosa’din”, “Navro’z”, “Obod”, ”Maydon bozor” MFYlar o’ramida istiqomat qilayotgan kitobxonlar 3 ta shart asosida o’zaro bellashdilar.
Hakamlar hay’atining yakuniy xulosasiga ko’ra “Bobosa’din” MFY kitobxonlari faxrli 1-o’rinni, Navro’z MFY 2-orinni, Obod, Maydon MFYlar 3-orinni egalashga muvaffaq bo’ldilar. Ishtirokchilarning barchalari “Mahalla” hayriya jamoat fondi, Respublika ma’naviyat-ma’rifat markazi viloyat bo’limlarining diplom, fahriy yorliq hamda Bobur nomidagi viloyat AKMning esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.

Sana: 25.12.2017


“ETIBOR VA ETIROF”

photo_2017-12-26_09-41-27Andijon Garnizoni tasarrufidagi 45606 harbiy qismda Andijonlik shoira, O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi azosi, “Shuhrat” medali sohibi, IX-Oltin Qalam Xalqaro Milliy muqofot sohibasi, istedodli jurnalist Zamira Ro’zieva tavalludining 60 yilligiga bag’ishlangan “Etibor va etirof” mavzusida uchrashuv kecha o’tkazildi. Kechada Andijon garnizoni boshlig’ining harbiy vatanparvarlik manaviy tarbiya va yoshlar bilan ishlash bo’yicha o’rinbosari, podpolkovnik Xoliqov Yo’ldosh To’ychievich, Yozuvchilar Uyushmasi viloyat bo’limi rahbari shoira Xurshidabonu, Andijon Tibbiyot kolleji qoshidagi “Andijon Saidasi” badiiy to’garagi o’quvchilari ishtirok etdi. Tadbir doirasida tashkil qilingan “Xayrat to’la ko’ngil kechinmalari” mavzusidagi adabiyotlar ko’rgazmasi askarlar, o’quvchilarda Zamira Ro’zievaning yangi nashr qilingan kitoblari bilan yaqindan tanishishga imkon yaratdi.

Sana: 21.12.2017


KITOBSEVAR KEKSALAR YOSHLARGA IBRAT

Kitob – inson ma’naviyatini yuksaltiruvchi manbadir. Shunday insonlar borki kitob ularning doimiy hamroxi bo’lib, ularning saloxiyati, ongu-tafakkuri va dunyo qarashini yuksaltirishda, ayniqsa, yoshlarimizni Ona Vatani xalqiga muhabbat va sadoqat tuyg’usi bilan yashaydigan barkamol shaxs ruhida tarbiyalashda beqiyos ahamiyatga ega. “Kutubxona ikkinchi oilam” klubining eng faol, keksa kitobxonlari va o’quvchilar o’rtasida “Kitobsevar keksalar yoshlarga ibrat” mavzusida o’tkazilgan navbatdagi mashg’uloti shunday ezgu maqsadlarni o’zida mujassam etdi. Tadbir ishtirokchilar hafta davomida o’zlari o’qigan kitoblaridan olgan taassurotlari bilan o’rtoqlashib, tengdoshlariga ham ushbu asarlarni tavsiya etdilar.

Sana: 20.12.2017


GERMANIYA TARIXINI BILASIZMI?

Germaniya tarixini o’qib o’rganishlari, dunyoning nufuzli oliygohlarida taxsil olishlari, nemis tilini yaxshi o’zlashtirishlari maqsadida АKMning “Nemis tili axborot va o’quv markazi” kitobxonlari  o’rtasida “Germaniya xaqida  bilasizmi” mavzusida viktorina  va “Ikki tilda so’zlashuv” mavzusida  mushoira kechasi o’tkazildi. O’tkazilgan tadbirlardan ko’zda tutilgan maqsad, bu jarayonda qatnashayotgan har bir foydalanuvchi yoshlarimizning bir-birlari bilan nemis tilida erkin muloqot qilishlari, o’z fikrlarini bevosita bayon etishlari,  bilimlarini sinovdan o’tkazgan holda yanada mustahkamlash uchun intilishlari, eng asosiysi kitob bilan do’st bo’lgan holda  hech kimdan kam bo’lmagan holda shaxs sifatida kamol topishiga ko’maklashishdir.

Sana:  14.12.2017


VILOYATIMIZDA KITOBXONLIK FESTIVALI!

festivalO’zbekiston Yoshlar Ittifoqi tashabbusi bilan “Kitob – ezgulikning asosi”mavzusida kitobxonlik festivali yurtimiz bo’ylab ko’tarinki kayfiyatda boshlab yuborildi. Andijon davlat universitetida o’tkazilgan “Yosh kitobxon” tanlovining viloyat bosqichi ham festivalning uzviy davomi bo’ldi. Tanlovda shahar va tumanlarda saralash bosqichida g’oliblikni qo’lga kiritgan kitobsevar yoshlar o’zaro bellashdilar.  Tanlov Nizomiga ko’ra yosh toifasi bo’yicha, ya’ni, 14 yoshdan 19 yoshgacha bo’lgan yoshlar orasida alohida, 20 yoshdan 31 yoshgacha bo’lgan yoshlar orasida alohida o’tkazildi. Tanlovda 1-o’rinni olib g’oliblikni qo’lga kiritgan ishtirokchilar o’z toifalari bo’yicha respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo’lga qiritdilar. Barcha ishtirokchilar O’zbekiston Yoshlar Ittifoqi Andijon viloyati Kengashining 1-2-3-darajali diplomlari va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar. Bunday festival mamlakatimizda yoshlarni ma’naviy barkamol shaxs bo’lib voyaga yetishlarida ko’maklashish, ularning aql-zakovatini namoyon etishga imkoniyat yaratish, ularni kitob o’qishga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Sana: 14.12.2017


KONSTITUTSIYA  ADOLAT MANBAI VA MEZONIDIR

4Andijon Gornizoni tasarrufidagi 45605-harbiy qismda“Konstitutsiya  adolat manbai va mezonidir”mavzusida  zakovat bellashuvi o’tkazildi.  Bellashuvda xarbiy qism askarlaridan tashkil topgan “Adolat” va“Ajdodlarga munosib vorislar” jamoalari 4 ta shart bo’yicha o’zaro bellashdilar. Tadbir doirasida“Konstitutsiyamiz-ozodlik va taraqqiyotimiz kafolati” mavzusida tashkil etilgan adabiyotlar ko’rgazmasi tadbir ishtrokchilarini huquqiy savodxonligini oshirish, Konstitutsiya qabul qilingandan so’ng amalga oshirilayotgan ishlar va uning natijalari  borasidagi  yangiliklar  bilan  yaqindan  tanishishlariga xizmat qildi.

Sana: 10.12.2017


“INSON, UNING QADR-QIMMATI, HAQ HUQUQI OLIY QADRIYAT”

1O’zbekiston  Konstitutsiyasi xalqimizning erkinlik sari uzoq yo’ldagi izlanishlari natijasidir. Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 25 yilligi   yurtimizda   keng nishonlanmoqda. Bobur nomidagi Andijon viloyati axborot-kutubxona markazida Andijon viloyat Adliya boshqarmasi, Andijon shahar prokuraturasi,   Qurilish va transport kolleji, hamda Andijon Davlat Tibbiyot Insituti qoshidagi akademik litsey bilan hamkorlikda “Inson, uning qadr-qimmati, haq- huquqi oliy qadriyat” mavzusida anjuman2 bo’lib o’tdi.  Tadbir davomida so’zga chiqqan  viloyat  Adliya  boshqarmasi  bo’lim boshlig’i Alisher Otajonov, Andijon shahar prokuraturasi  mutaxassisi Nodirbek Bobomirzaev va boshqalar bosh qomusimizning mazmun,  mohiyati, maqsad va g’oyalari, inson huquqlari, demokratiya va ijtimoiy adolatga sadoqat tamoyillari mustahkam o’rin egallaganligini ta’kidlab o’tdilar. Tadbir  doirasida AKM  xodimlari  tomonidan  tashkil etilgan  “Konstitutsiya-fuqarolarning huquqiy kafolati” mavzusidagi  kitob ko’rgazmasi  ishtirokchilarda katta qiziqish uyg’otdi.

Sana:  04.12.2017


SIZ O’Z HUQUQINGIZNI BILASIZMI

3 dekabr – Xalqaro nogironlarning huquq va erkinliklarini himoya qilish munosabati bilan 12-maxsus maktab internatida  “Siz o’z huquqingizni bilasizmi?”  mavzusida davra suhbati o’tkazildi. Tadbirga so’zga chiqqan mutaxassislar  qarindoshlar o’rtasidagi nikohning nohush oqibatlari, shuningdek erta turmush natijasida yuzaga keladigan ko’ngilsiz holatlar haqida tushunchalar berib, ishtirokchilarning qiziqtirgan savollariga javob berdilar.

Sana 01.12.2017


NEMIS TILIDA SEMINAR…

Гёте (14)Hammaga mahlumki, Bobur nomidagi Andijon viloyati axborot-kutubxona markazida 2014 yildan buyon Toshkent Gyote institutining ko’chma kutubxonasi o’z faolitini olib bormoqda va uning jamg’armasi yildan yilga boyitilib borilmoqda. Hozirgi kunda mazkur jamg’armada jahon adabiyotining  nemis tilida chop etilgan 586 nusxadan ortiq  asarlari joy olgan.

2017 yil 22 noyabrg’ kuni Toshkent Gyote institutining direktori  Gabriele  Berker,  Toshkent Gyote instituti  axborot-resurs markazi rahbari Nigora Abduqodirova hamda institut mutaxassislari Ortiqoy Safarova va SHahnoza Astanovalar   axborot-kutubxona markazida tashkil etilgan nemis tili axborot  va o’quv markazining 2014-2017 yillar davomidagi ish faoliyatini o’rganish uchun  markazga tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida   mutaxassislar tomonidan  viloyatimizdan 22 nafar nemis tili o’qituvchilari ishtirokida “Bolalar onlayn universiteti” mavzusida  seminar o’tkazildi va barcha ishtirokchilarga   nemis tilida  “Adabiyot  mayoqlari”  nomli kitobi taqdim etildi. Mutaxassislar tomonidan markazning 3 yillik faoliyati o’rganilib, kerakli tavsiyalar berildi.

Sana: 22.11.2017


 “ISLOM KARIMOV ASARLARI BILIMDONI”  KO’RIK-TANLOVI 

4O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 yanvardagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ibot qilish bo’yicha komissiya tuzish to’g’risida”gi Farmoyishi hamda  “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ib qilish bo’yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to’g’risida” gi  2017 yil 13 sentyabrdagi qaroriga asosan O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom 5Karimovning vatanimiz ravnaqi, bunyodkorlik ishlari, sermazmun va sermahsul, barchaga ibrat hayoti va bemisl faoliyatini keng targ’ib  etish,uning muallifligidagi asarlar mazmun-mohiyatini chuqur o’rganish, targ’ib etish maqsadida, axborot-kutubxona muassasalari mutaxassislari o’rtasida “Islom Karimov asarlari bilimdoni” ko’rik-tanlovi bo’lib o’tdi.
Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasida  30 oktyabrdan  – 3 noyabrga qadar davom etgan  “INFOLIB – 2017”  haftaligi doirasida o’tkazilgan “Islom Karimov asarlari bilimdoni” respublika ko’rik-tanlovida  Bobur  nomidagi Andijon viloyat axborot-kutubxona markazining 1-toifali kutubxonachisi Sevara Nabieva 4-shart bo’yicha faol ishtirok etib faxrli 3-o’rinni egalladi va Alisher Navoiy nomidagi   O’zbekiston  Milliy  kutubxonasi  va  Respublika axborot kutubxona markazining diplomi, sertifikat va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi. .

 Sana: 06:11.2017


“INFOLIB – 2017″- VI-MILLIY AXBOROTKUTUBXONA HAFTALIGI

2 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28-iyuldagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni samaradorligini oshirish va  sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko’tarish to’g’risida”gi PQ-3160-son,  2017 yil 13 sentyabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ib qilish bo’yichakompleks chora tadbirlar to’g’risida”gi  PQ- 3271- son qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida Alisher Navoiy nomidagi   O’zbekiston  Milliy  kutubxonasida 31 oktyabrdan 3 noyabrga qadar “INFOLIB – 2017″- VI-Milliy Axborot kutubxona haftaligio’tkazildi. Haftalik tashkilotchilari – Alisher Navoiy nomidagi   O’zbekiston  Milliy  kutubxonasi, O’zbekiston  matbuot va axborot agentligi, O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oliy va o’rta maxsus  ta’lim vazirligi, O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi,  Xalq ta’limi vazirligi,  Madaniyat vazirligi, Sog’liqni saqlash vazirligi, Fanlar akedemiyasi, O’zbekiston Kasaba uyushmasi Federatsiyasi kengashi, O’zbekiston  yoshlar ittifoqi. Haftalik Respublikadagi axborot kutubxona muassasalari faoliyatini zamonaviy, yuqori samarali axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan xolda axborot olishning manbai, shakl va metodlari xamda mavjud uslublar va imkoniyatlar asosida axolining, ayniqsa yoshlarining intellektual, bilim, ma’naviy-axloqiy va madaniy 1extiyojlarini xar tamonlama qondirish xamda soxa mutaxassislari bilan axborot kutubxona faoliyatini takomillashtirish bo’yicha fikr va tajriba almashish maydonchasi bo’ldi. Xaftalik doirasida “Axborot-kutubxona muassasining eng yaxshi mutaxassisi” ko’rik-tanlovining Respublika bosqichi xam bo’lib o’tdi. Ko’rik tanlovda Andijon viloyatining  “Kitob-oftob” jamoasi  faol ishtirok etib Alisher Navoiy nomidagi   O’zbekiston  Milliy  kutubxonasi  va  Respublika axborot kutubxona markazining diplom, sertifikat va esdalik sovg’alarini olishga sazovor bo’ldilar.

Sana: 06:11.2017


ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR ASARLARINING
JAHON MADANIYATI TARIXIDA TUTGAN O’RNI
Бобур асарлариBobur nomidagi xalqaro jamoat fondi tomonidan 27 – 28 oktyabr kunlari “Zahiriddin Muhammad Bobur asarlarining jahon madaniyati tarixida tutgan o’rni” mavzusida xalqaro konferentsiya  tashkil etildi.
Konferentsiya ishiga O’zbekiston respublikasi FA vitse-prezidenti Bahrom Abdurahimovich Abduxalimov raislik qildi. Unda bir qator Boburshunos olimlar,  jumladan: Bobur xalkaro jamoat fondi raisi Zokirjon Mashrabov,    yaponiyalik professor Eyji Mano, Turkiya Jumhuriyat universiteti, professori Bilol Yujel, Hindistonlik professor Mansura Xaydar, shoir, islomshunos olim Mirzo Kenjabek, Ozarbayjonlik professor Almaz Binnetova, Turkmaniston Fanlar akademiyasi Milliy qo’lyozmalar iistituti, filologiya fanlar nomzodi Raximmamat Kurenov, Xitoylik professor Ju Yang SHi, Afg’onistonlik tadqiqotchi Namik Burxoniddin, Qobul shahridagi “Bog’i Bobur” direktori Ahmadshoh Vardak va boshqalar o’z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.
Konferentsiya nihoyasida o’z ilmiy faoliyatlari bilan Bobur xalqaro jamoat fondiga munosib hissa qo’shgan bir qator olimlarga Bobur xalqaro mukofoti topshirildi.

Sana: 28:10.2017


GERMANIYALIK MEHMON 

1Bugun Bobur nomidagi Andijon viloyat axborot kutubxona markaziga  Germaniyalik mehmon ZFA – Germaniyaning xorijdagi maktablar markaziy boshqarmasining nemis  tili bo’yicha O’zbekistondagi  koordinatori va  maslaxatchisi  Barbara Dambold tashrif buyurdi. Barbara Dambold  viloya AKMning barcha bo’lim va sektorlarida foydalanuvchilarning bilim olishlari uchun  yaratilgan   sharoitlar bilan tanishdi. Undan tashqari  Germaniyaning  Toshkentdagi Gyote instituti bilan Axborot kutubxona markazi  xamkorlik ishlari hamda  markazda  tashkil etilgan  “Nemis tilini o’qitish markazi” faoliyati bilan qiziqdi. Barbara Dambold Gyote instituti 4tomonidan AKM foydalanuvchilari uchun taqdim etilgan   adabiyotlar va vaqtli matbuot nashrlari bilan tanishar ekan, bu bebaxo adabiyotlar va  gazeta va jurnallar, elektron resurslar xali  ularning tashkilotida ham ayrimlari  yuqligini,  bizning  foydalanuvchilarimiz  nemis tilini o’rganishlari, Germaniyaning tarixi va xozirgi kuni,  madaniyati,   turli fan soxalariga  oid kerakli bilimlarga ega bo’lishlari uchun AKMda keng imkoniyatlar yaratilgani  haqida gapirib,  kelajakdagi   Gyote institut bilan hamkorlik ishlarimizga omad tiladi.

Sana: 02.10.2017


GERMANIYANING TANIQLI ADIBI

2017 yil jahon adabiyotining buyuk namoyandasi Yohann Volfgang Gyote tavallud topganiga 268 yil to’ldi. Nafis so’z san’atida o’zbeklar uchun Alisher Navoiy, ingilizlar uchun Vilьyam Shekspir, italyanlar uchun Dante, ruslar uchun Aleksandr Sergeevich Pushkin naqadar beqiyos ahamiyatga ega bo’lsa, nemislar uchun Gyotening o’rni ham xuddi shundaydir.  O’zbek o’quvchilariga ham Nemis yozuvchilarini yaxshi  bilishlari, Gyote asarlarini o’qib o’rganishlariga yorda berish, bilimlarini sinash maqsadida shahardagi 17-umumta’lim maktabi o’quvchilari bilan  hamkorlikda “Germaniyaning taniqli adibi” mavzusida viktorina o’tkazildi. Ishtirokchilar Gyotening xayoti va faoliyati, ijodi bo’yicha  o’zaro bellashdilar.  G’olib o’quvchilar esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.

Sana: 29.09.2017


BOLALAR QONUN HIMOYASIDA

116 sentyabr kuni Bobur nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo’limi, viloyat matbuot va axborot, xalq ta’limi, sog’liqni saqlash, o’rta maxsus kasb-hunar boshqarmasi  viloyat bo’limlari, O’zbekiton Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining viloyat hududiy boshqarmasi, Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi xamda  qator mutasaddi tashkilotlar hamkorligida O’zbekiston Respublikasining “Bolalarni ularning sog’lig’iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to’g’risida”gi 2017 yil  8 sentyabrdagi O’RQ-444-sonli Qonunini o’rganish bo’yicha davra suhbati bo’lib o’tdi.

 Sana: 16.09.2017


“KITOBSEVARLAR”  BAYRAMI

Сайтга 1Andijon  viloyat  Xalq ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi  bolalar ijodiy markazida  Respublika 3-xalqaro “Bolalar kitobi”  festivali bo’lib o’tdi.   Tadbirni viloyat Matbuot va axborot boshqarmasi rahbari A.Sultonov   kitobsevar yurtdoshlarimizni bugungi tantana bilan samimiy qutlab, kitob – millatning bebaho madaniy va ma’naviy merosi hamda tafakkur xazinasining kaliti ekanligini ta’kidlab, bayramni ochib berdi. 
Festival doirasida AKM tomonidan “BOLALAR ADABIYOTI TARBIYA VOSITASI” kitob ko’gazmasi va “KITOB – BUYUK MUALLIM”mavzusida elektron ko’rgazma tashkil etildi.

Sana: 15.09.2017


“ANDIJONNING JONKUYAR ADIBI”

__ (18)Bobur nomidagi  Andijon viloyati axborot kutubxona markazida O’zbekiston san’at arbobi, taniqli shoir va dramaturg Olimjon Xoldor tavalludining 85 yilligiga bag’ishlab “Andijonning jonkuyar adibi” mavzusida O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo’limi, Andijon shaxridagi  Ichki ishlar vazirligiga qarashli Qorovul   qo’shinlari 7554-harbiy qism,   Andijon tibbiyot kolleji, 14-umumta’lim maktabi, Bobur nomidagi viloyat musiqa va drama teatri bilan xamkorlikda  xotira kechasi  bo’lib o’tdi. Tadbirda Olimjon Xoldor bilan birgalikda  yelkama-elka  ijod qilgan qalamkashlar va tadbirga tashrif buyurgan farzandlari adib haqidagi qimmatli xotiralari, uning ijodining boy qirralari haqida  o’rtoqlashdilar.

Sana: 15.09.2017


ISTE’DODNING OLMOS QIRRALARI

1111111111111Bobur nomidagi Andijon viloyat axborot – kutubxona markazida o’zbek  adabiyotining atoqli namoyondasi Abdulla Qahhor asarlarini yanada izchil targ’ib etish, yoshlarni adib  ijodi bilan yaqindan tanishtirish maqsadida  “Iste’dodning olmos qirralari”mavzusida Andijon Davlat Tibbiyot instituti  qoshidagi akademik litsey o’quvchilari o’rtasida viktorina tashkil qilindi. Unda litseyning   “Sarob” hamda “Sinchalak” jamoalari o’zaro kuch sinashdilar.

Sana: 14.09.2017


E’ T I R O F

_1 (5)Kuni  kecha  Andijon  viloyati Oltinko’l tumani madaniyat saroyida  iste’dodli  shoira, taniqli jurnalist “Oltin qalam” va “Shuhrat” medali sohibasi Zamira  Ro’zieva tavalludining 60 yilligi O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi,  viloyat xokimligi, O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo’limi,  viloyatimiz va qo’shni viloyatlarning ko’zga ko’ringan yozuvchi, shoirlari, jurnalistlar,  ma’naviyat, madaniyat va san’at arboblari  hamda keng jamoatchilik ishtirokida nishonlandi. Tadbir doirasida AKM xodimlari tomonidan shoira  hayoti va ijodiga bag’ishlangan “Gul gulzor ichinda shoira…” mavzusida  adabiyotlar ko’rgazmasi tashkil qilindi.

Sana: 06.09.2017


VATAN HISSI, VATAN TUYG’USI BARCHA NARSADAN QADRLI…

_____ (26)Eng ulug’, eng aziz bayramimiz O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 26 yilligi munosabati  bilan Bobur  nomidagi Andijon viloyati axborot-kutubxona markazi va Andijon Mudofaa garnizoni  bilan hamkorlikda garnizon tasarrufidagi 45605-harbiy qismda “Fidoying bo’lgaymiz seni O’zbekiston” shiori ostida “Jamiyat taraqqiyotining oltin poydevori” mavzusida anjuman o’tkazildi. Tadbirda viloyat Cho’lpon jamg’armasi ijrochi direktori D. Qo’ldoshev,  viloyatimizning ko’zga ko’ringan shoir va yozuvchilari, Bobur nomli viloyat drama teatri xonandalari va Zulfiya mukofotiga nomzod iqtidorli  shoira qizlar ishtirok etdilar.

Sana: 03.09.2017


BUYUK VA MUQADDASSAN MUSTAQIL VATAN

MUSTAQILLILKKAO’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 26 yilligiga ba’gishlab, Ma’naviyat – ma’rifat ishlari bo’yicha yoshlar bilan ishlash sektorida “Buyuk va muqaddassan mustaqil vatan” mavzusida foydalanuvchilar uchun kitoblar ko’rgazmasi tashkil qilindi.

Sana: 31.08.2017


NURONIYLARGA BAYRAM SOVG’ASI

2013_03_11_a094c6Ijtimoiy-muhitni barqarorlashtirish borasida keksa avlod vakillariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shuning uchun ham  Andijon viloyati “Nuroniy” jamg’armasida zamon talablariga mos hamma qulayliklarga ega yangi binoning ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Unda viloyat hokimi Sh.Q.Abduraxmonov ishtirok etdi. Tadbirni ochib  berar ekan o’z so’zida  Prezidentimiz ta’kidlaganidek nuroniylarga va keksa yoshdagilarga g’amxo’rlik qilish, ularga o’zlari xohlagandek qulayliklar yaratib berish kerakligi, bu yangi binoda ham nuroniylar uchun barcha qulayliklar mavjudligini aytdi. Jumladan zamonaviy tibbiyot xizmati, sport zali, tadbirlar uchun mo’ljallangan zal, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 yanvardagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ibot qilish bo’yicha komissiya tuzish to’g’risidagi” farmoyishiga binoan  Andijon viloyati Axborot kutubxona markazi tomonidan tashkil qilingan ko’chma kutubxona tashkil qilinganligini alohida mamnuniyat bilan aytib o’tdi. Ko’chma kutubxona 800 nomdagi adabiyotlar bilan to’ldirildi.

Sana: 29.08.2017


MUSTAQILLIK SHUKUHI….

221 avgust kuni Bobur nomidagi viloyat axborot-kutubxona  markazida  Respublika ma’naviyat targ’ibot markazi  viloyat bo’limi  bilan hamkorlikda  O’zbekiston Respublikasi  davlat mustaqilligining 26 yilligi munosabati bilan Andijon viloyatida aholining keng qatlamlari o’rtasida  ma’naviy-ma’rifiy va madaniy tadbirlarni o’tkazish  bo’yicha  Respublika targ’ibot guruhi a’zolari: 
Toshkent kimyo texnologiya instituti katta o’qituvchisi A. Sultonov, Toshkent  to’qimachilik va yengil sanoat  instituti  dotsenti   B. Isroilov, O’zbekiston Milliy akademik drama teatri aktyori F.Burxonov, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomchilik va dizayn instituti katta ilmiy xodimi, dotsent O.Qosimov va O’zbekiston davlat drama teatri aktyori  R.Baliqulovlar  ishtirokida  uchrashuv kecha  bo’lib o’tdi.

Sana: 21.08.2017


“AXBOROT-KUTUBXONA MUASSASASINING ENG YAXSHI MUTAXASSISI – 2017” KO’RIK-TANLOVINING VILOYAT BOSQICHI O’TKAZILDI

1 “Axborot-kutubxona muassasasining eng yaxshi mutaxassisi” unvoni uchun axborot-kutubxona mutaxassislarining kasbiy mahorati bo’yicha Milliy tanlov Nizomi asosida ko’rik-tanlovning tuman va shahar bosqichida g’olib bo’lgan 14 nafar mutaxassislar  o’rtasida  viloyat saralash bosqichi o’tkazildi.  Tanlovda Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi mutaxassisi  N.Xoldorova  ishtirok etdi. Saralash bosqichida Andijon  viloyat axborot-kutubxona muassasalari  mutaxassislari 3 ta tur bo’yicha o’zaro bellashdilar. Hay’at a’zolari tanlov qatnashchilari o’rtasida kutubxona faoliyatini yanada rivojlantirish bo’yicha amalda qo’llanishi, faolligi, maqsadlarining o’ziga xosligi bo’yicha taqdimotlari, mutolaa madaniyatini qay darajada egallaganligini tanlov mezonlari asosida baholab bordilar. Yakuniy ballar asosida quyidagilar:

2Bobur nomidagi Andijon viloyati AKM mutaxassisi Sevara Nabieva, Andijon mashinasozlik istituti axborot-resurs markazi mutaxassisi Durdona Qaylaqova, Andijon shahar AndMI qoshidagi 2-son akademik litsey axborot-resurs markazi mudiri Muhayyo Tojiboeva, Viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi Xo’jaobod tumani axborot-resurs markazi yetakchi kutubxonachisi Madina Nishonova, Viloyat Madaniyat boshqarmasi tassarufidagi Andijon shahar ko’zi ojizlar kutubxonasidan Dildora Toshmatovalar  g’olib deb topildilar  va  tanlovning Respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo’lga kiritdilar.

Sana:16.08.2017


“ENG ULUG’, ENG AZIZ” 

213  avgust  kuni   Andijon shahrida O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 26 yilligi munosabati bilan “ENG ULUG’, ENG AZIZ”  ko’rik-tanlovining  yakuniy  bosqichi  bo’lib o’tdi.  Tadbir  doirasida   AKM xodimlari  tomonidan “Andijonlik shoir va yozuvchilar” mavzusida adabiyotlar  ko’rgazmasi tashkil qilindi.

Sana: 13.08.2017


“YOSH OILALAR VA QIZLAR 1 – RESPUBLIKA FORUMI”

2Respublika Mustaqilligining 26 yilligi oldidan  Andijon Davlat Universitetida   “Fidoying bo’lgaymiz seni O’zbekiston” shiori ostida  Yosh oilalar va qizlar 1 – Respublika forumi bo’lib o’tdi.             
Forum  doirasida   Bobur nomidagi Andijon  viloyat  axborot- kutubxona markazi, Andijon  Davlat Universiteti,  Viloyat Xalq ta’limi  boshqarmasi va Yoshlar Ittifoqi viloyat bo’limlari bilan hamkorlikda  “Kitob-mening hayotimda ” mavzusidagi   davra suhbati viloyatimiz tuman va shaharlaridan  tashrif buyurgan iqtidorli maktab va kollej o’quvchilari  ishtirokida o’tkazildi.

Sana: 09.08.2017


ARM MUTAXASSISLARI UCHUN SEMINAR

222Bobur nomidagi viloyat AKM va  viloyat O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi boshqarmasi bilan hamkorlikda  axborot-resurs markazlari mutaxassislari uchun  “Axborot-kutubxona muassasalarida mulьtimedialar yaratish usullari” mavzusida seminar-trening  bo’lib o’tdi.

Mutaxassislar seminar-treningda  kitobxonlarga xizmat ko’rsatishning yangicha va samarali usullarini joriy qilish, multimediyalar yaratish usullari bilan tanishish barobarida sohaga oid yangiliklardan xabardor bo’ldilar. Ishtirokchilarga  multimediyalar yaratish usullari slayd orqali tushintirildi  hamda Andijonlik shoir Muhammad Yusuf hayoti va ijodiga bag’ishlangan multimedia namoyish etildi.

Sana: 02.08.2017


ANDIJONGA FAXRLI II-O’RIN

Диплом 2-ўринJoriy yilning 27 iyul kuni Al-Farg’oniy nomidagi Farg’ona viloyati axborot-kutubxona markazida sharafli kasb egalari bo’lmish kutubxonachilar uchun  “Eng yaxshi axborot-kutubxona markazi”, “Axborot-kutubxona markazining eng yaxshi mutaxassisi”, “Eng faol yosh mutaxassis” hamda “Axborot-kutubxona faoliyati va mutolaa madaniyati” Respublika ko’rik-tanlovlari o’tkazildi.

Ko’rik-tanlovda 14 ta viloyat ishtirokchilari kasb mutaxassisligi, kitob targ’iboti hamda mutolaa madaniyatini shakllantirish bo’yicha o’zaro bellashish barobarida yangi innovatsion loyihalar bilan yaqindan tanishish va bir-birlari bilan do’stona fikr almashish imkoniyatlariga ega bo’ldilar.

Qizg’in va shiddatli o’tgan “Eng yaxshi axborot-kutubxona markazi” ko’rik-tanlovi natijalariga ko’ra 3-o’ringa Toshkent shahar “Bilim” axborot-kutubxona markazi, 2-o’ringa Bobur nomidagi Andijon viloyati axborot-kutubxona markazi va 1-o’ringa Al-Farg’oniy nomidagi Farg’ona viloyati axborot-kutubxona markazi loyiq deb to’ildi. Shuningdek,Фаргона 2 урин “Axborot-kutubxona markazining eng yaxshi mutaxassisi” ko’rik-tanlovida Al-Farg’oniy nomidagi Farg’ona viloyati axborot-kutubxona markazi ishtirokchisi, “Eng faol yosh mutaxassis” ko’rik-tanlovida A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyati axborot-kutubxona markazi ishtirokchisi va “Axborot-kutubxona faoliyati va mutolaa madaniyati” ko’rik-tanlovida Toshkent shahar “Bilim” axborot-kutubxona markazi direktori g’oliblikka sazovor bo’ldilar.

Sana: 27.07.2017


ERTAKLAR-YAXSHILIKKA YETAKLAR

02O’sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama sog’lom, yetuk insonlar qilib voyaga yetkazish, ularning intellektual salohiyatini oshirish ularda bolalikdan kitobga mehr uyg’otish maqsadida Bobur nomidagi Andijon viloyati axborot-kutubxona markazi  qoshida tashkil etilgan “Kutubxona ikkinchi oilam” klubining navbatdagi mashg’uloti Kasaba uyushmalari tasarrufidagi «Bog’ishamol»  bolalar dam olish oromgohida bo’lib  o’tdi. 20170703_110320 копия“Kitobim-oftobim” nomli teatrlashtirilgan musobaqa   AKM xodimlari va bolajonlar o’rtasida   o’tkazilib, bellashuv bolajonlarda juda katta ta’surot qoldirdi. Tadbir davomida  bolalar bilan ertak qahramonlari o’rtasida jonli muloqot o’tkazildi. Unda bolajonlar ertak qahramonlari tomonidan berilgan savollar,  she’riy topishmoqlarga  tezkorlik  bilan javob berdilar. 

Sana: 03.07.2017


ENG FAOL KITOBXON

_ (144)Bobur nomidagi Andijon viloyati axborot-kutubxona markazida Respublika ma’naviyat targ’ibot markazi viloyat bo’limi bilan hamkorlikda “Eng faol kitobxon” ko’rik-tanlovi bo’lib o’tdi.

Tadbir o’zlarining  mas’uliyatli ammo sharafli burchlarini o’tash bilan birga, bo’sh vaqtlarida  yurakdan kitob mutolaasi bilan shug’ullanib, kitobni o’zining yaqin do’sti  sifatida ardoqlovchi Andijon garnizoni tasarrufidagi harbiy qismlarning askar-kitobxonlari o’rtasida o’tkazildi.

33171-, 34199-, 45605-harbiy qismlar askarlari 4 ta shart bo’yicha o’zaro bellashdilar. Tadbirda 45605-harbiy qism askarlari mutlaq g’oliblikni qo’lga kiritdilar.  G’oliblar homiy tashkilotlar tomonidan tashakkurnoma, faxriy yorliq va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.

Tadbir doirasida yangi adabiyotlar ko’rgazmasi tashkil qilindi.

Sana: 23.06.2017


KITOB – BU BILIM MANBAI

Kitob – bu bilim manbai. Kitob xayot mazmuni kitobni ko’p mutolaa qilgan inson xar tomonlama o’sadi. Fikr doirasi kengayadi, ma’naviy ozuqa olad, shuning uchun ko’p kitob o’qishni tavsiya qilaman.

Djalilova Odina
Nevrapatolog shifokor.

Sana: 19.06.2017


OG’U GIRDOBIGA G’ARQ BO’LGANLAR QISMATI

DSC0288426 iyun – Butunjahon giyohvandlikka qarshi kurash kuniga bag’ishlab Andijon garnizoni tasarrufidagi 45605 harbiy qismda Bobur nomidagi Andijon viloyati axborot-kutubxona markazi, Andijon viloyati psixonevrologiya dispanseri, Jamiyat salomatligi va sog’liqni saqlashni tashkil etish ilmiy tadqiqot instituti hududiy bo’linmasi, Andijon tibbiyot kolleji bilan hamkorlikda “Og’u girdobiga g’arq bo’lganlar qismati” mavzusida davra suhbati o’tkazildi.

Tadbirda  mutaxassislar giyohvandlikning oila hamda jamiyatga salbiy ta’siri, iqtisodiy, siyosiy va yosh avlod tarbiyasiga yetkazadigan zararlari haqida alohida gapirib o’tdilar va ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga batafsil javob berdilar.

Tadbir davomida tibbiyot kolleji qoshida tashkil etilgan “Andijon Saidasi” to’garagi a’zolari va harbiy qism askarlarining mavzu bo’yicha sahna ko’rinishlari va she’riy chiqishlari namoyish etildi.

Sana: 16.06.2017


TOSHKENT GYOTE INSTITUTI KO’CHMA KUTUBXONASINING ENG FAOL KITOBXONI

1Bobur nomidagi Andijon viloyati AKMda Andijon davlat universiteti xorijiy tillar fakulteti, Paxtaobod tumani 21-DIMI va Andijon tibbiyot kolleji bilan hamkorlikda “Toshkent GYoTE instituti ko’chma kutubxonasining eng faol kitobxoni” ko’rik-tanlovi o’tkazildi.

Ko’rik tanlovda Andijon Davlat Universitetining horijiy tillar fakulteti, Mashinasozlik institute va Qishloq xo’jaligi instituti talabalari hamda Oltinko’l tumani 21-davlat ixtisoslashtirilgan maktab internati o’quvchilari ishtirok etdilar  

1–tanishtiruv shartida ishtirokchilar o’zlarini nemis tilida tanishtirgan bo’lsalar, 2-tezkor savol-javob shartida har bir ishtirokchi 5 tadan savollarga tezkorlik bilan javob berishga harakat qildilar. 3-erkin mavzu shartida esa o’quvchilar o’zlari o’qigan asardan she’r, monolog va sahna ko’rinishlari, qo’shiqlardan nemis tilida parchalar ijro etdilar.

2SHuningdek, tadbirda Andijon davlat universiteti, xorijiy tillar kafedrasi talabalari va tibbiyot kolleji o’quvchilari musiqiy kompozitsiyalari va badiiy chiqishlari bilan ishtirok etdilar.

Ko’rik-tanlov yakuniga ko’ra, O’ltinko’l tumani 21-davlat ixtisoslashtirilgan maktab internati 9-sinf o’quvchisi Davron Jamshid mutlaq g’oliblikni qo’lga kiritdi.

Tadbir so’ngida ko’rik-tanlov ishtirokchilari va faol ishtirok etgan o’quvchilar AKMning faxrli yorliqlari va esdalik sovg’alari topshirildi.

Sana: 15.06.2017


KITOB MENING HAYOTIMDA

Kitob mening hayotimda  muhim rol o’ynaydi. Eng yaqin do’stim kitob menga ko’p narsalarni o’rgatdi. Kitobni sevib o’qigan odam undagi qahromonlar bilan  birga  quvonadi, zavq oladi. Kitob insonga hayotni o’rgatadi,  uni to’g’ri yo’lga boshlaydi. Kitob o’qigan insonning dunyoqarashi,  fikrlash doirasi kengayib, xotirasi mustahkam bo’ladi.

Andijon gornizoni tasarrufidagi
45605 xarbiy qismda o’z yigitlik burchini o’tayotgan
Oddiy askar Anarboev Sardor
Jizzax viloyati Baxmal tumani.

Sana: 12.06.2017


INSON MANFAATLARI HAMMA NARSADAN ULUG’

20170614_102853Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida yurtimizda olib borilayotgan islohotlarni yanada targ’ib etish maqsadida Bobur nomidagi Andijon viloyati axborot-kutubxona markazida “Islohotlar inson manfaatlariga xizmat qilmoqda” mavzusida anjuman  o’tkazildi.
Tadbirda ishtirok etgan mutaxassislar  yurtimizda olib borilayotgan qator islohotlar, davlat organlari hamda fuqarolarning bir-biri oldidagi burch va mas’uliyatlari, aholini qiynayotgan muammolarni hal etishning yangi mexanizmlari va samarali usullari to’g’risida gapirib o’tdilar. SHuningdek, tadbir davomida talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar oldilar.
Tadbir doirasida AKM xodimlari tomonidan tashkil etilgan “Inson manfaatlari – oliy qadriyat” mavzusidagi adabiyotlar ko’rgazmasi ishtirokchilarni yurtimizda kechayotgan islohotlar bilan yaqindan tashishlariga xizmat qildi.

Sana: 08.06.2017


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SHAVKAT MIRZIYOEV ANDIJONDA!

003Joriy yilning 2-3 iyun kunlari O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev xalq bilan muloqot qilish, joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari,  investitsiya loyihalari ijrosining  borishi bilan yaqindan tanishish maqsadida Andijon viloyatiga tashrif buyurdi.
Prezidentimiz Andijon viloyatiga tashrifini “Bog’i Bobur” istirohat bog’i bilan tanishishdan boshladi. 
Shavkat Mirziyoev muzey eksponatlari bilan tanishdi. Olimlar va nuroniylar bilan muloqotda bo’ldi.
Shundan so’ng “Andijon biokimyo zavodi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan Xo’jaobod tumanida tashkil etilgan yong’oqzor va tokzor bog’ini borib ko’rdi.  Shu yerda Qo’rg’ontepa tumanidagi “Bog’i Furqat” fermer xo’jaligi bazasida qishloq xo’jaligi urug’chiligi va ko’chatchilikni rivojlantirish loyihasi namoyish qilindi.
Tashrif davomida Xonoboddagi “Xonobod” sanatoriyasini, Bo’z tumani  “Chorvador” MFY hududida qurilgan shinam uylarni borib ko’rdi.                     
Navbatdagi tashrifida Oltinko’l tumanidagi “Baxt imkon rivoj chorvasi” ko’p tarmoqli fermer xo’jaligi faoliyati bilan tanishdi. Bu yerda Germaniyadan keltirilgan zotdor echkilarni boqish jarayoni, yurtimiz iqlimiga moslashishi bilan qiziqdi. 
Prezidentimiz loyihalar doirasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan tegishli tavsiyalar berdi.
Asaka tumanidagi «Umid» xususiy korxonasining parranda boqishga ixtisoslashgan kompleksi loyihasi ham ko’rildi.
Davlatimiz rahbari raisligida Andijon viloyati hokimligida o’tgan yig’ilishda viloyat iqtisodiyotini yanada rivojlantirish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini yaxshilash, aholi turmush darajasini oshirish, aholi bandligini ta’minlash, Harakatlar strategiyasining ijrosi kabi masalalarga alohida e’tibor qaratildi. 
Prezidentimiz 3 iyun kuni Andijon shahridagi “Yoyilma” mahalla fuqarolar yig’iniga tashrif buyurdi. 
Davlatimiz rahbari mahalla hayoti bilan tanishib, odamlar bilan muloqot qildi. Mahalla fuqarolar yig’ini guzari qurilishi loyihasi, hududda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlarini ko’zdan kechirdi.
Sana: 03.06.2017

“BEG’UBOR QALBLAR QUVONCHI”

005Yozgi dam olish onlari boshlanishi munosabati bilan bolajonlar yurtimiz go’shalaridagi oromgohlarga yo’l oladilar. Bobur nomidagi Andijon viloyati AKM tomonidan Andijon tibbiyot kollejida tashkil etilgan dam olish oldi tadbiri “Beg’ubor qalblar quvonchi” mavzusida adabiy-musiqali kecha tarzida o’zgacha shukuh bilan o’tkazildi. Tadbirda kollej qoshida tashkil etilgan “Andijon Saidasi” adabiy to’garak a’zolari uning rahbari Odinaxon  Inomiddinova boshchiligida tayyorlangan bayram dasturi bilan barchani birdek mamnun etdi.

Tadbir doirasida Bobur nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Istiqlol yoshlari – nurli istiqbol tomon” mavzusida tashkil etilgan adabiyotlar ko’rgazmasi ishtirokchilarni davlatimiz tomonidan yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishishlariga katta hissasini qo’shdi.

Sana: 01.06.2017


IMKONIYATI CHEKLANGAN FOYDALANUVCHILAR KUTUBXONA XIZMATIDAN MAMNUN

Viloyatdagi “Bobosadin” MFY o’ramida yashovchi nogiron oila a’zosi bor oilalarga navbatdagi ko’chma o’quv zali tashkil etildi.
Ko’chma o’quv zali orqali imkoniyati cheklangan kitobxonlar o’zlari xohlagan adabiyotlarni olish imkoniyatiga ega bo’lmoqdalar.
Markaz xodimlari tomonidan nogiron kitobxonlarga adabiyotlar o’z vaqtida yetkazilib, kitoblar haqida to’liq annotatsiya berib borilmoqda.

Sana: 28.05.2017


BARKAMOL AVLOD – 2017

Andijon viloyati yana bir yutuqni qo’lga kiritdi. 25-27 may kunlari Jizzax shahridagi “So’g’diyona” universal sport majmuasi stadionida akademik litsey va kasb-hunar kolleji o’quvchilarining “Barkamol avlod-2017” bo’lib o’tgan sport o’yinlarida Andijon viloyati faxrli ikkinchi o’rinni egalladi.
Umumjamoa hisobida ikkinchi o’rinni egallagan Andijon viloyati jamoasiga Prezident sovg’asi – Damas avtomobili topshirildi.

Sana: 25.05.2017


MUSIQANING SEHRLI SOZLARI

22 may kuni Andijon pedagogika kollejining  1-bosqich  o’quvchilari uchun san’at arbobi Muxtor Ashrafiy tavalludining 105 yilligiga bag’ishlab “Musiqaning sehrli sozlari” mavzusida obzor o’tkazildi. Tadbirda o’quvchilar bastakor hayoti va ijodi bilan yanada yaqindan tanishishga muvaffaq bo’ldilar.

Sana: 22.05.2017


“YUKSAK MA’NAVIYATLI AVLOD” FESTIVALINING
VILOYAT BOSQICHI O‘TKAZILDI
IMG_5027Vatanimiz mustaqilligining ma’naviy asoslarini mustahkamlash, milliy qadriyatlarimiz, an’ana va urf-odatlarimizni asrab-avaylash, xalqimiz, ayniqsa, yosh avlod qalbi va ongiga ona yurtga muhabbat, istiqlolga sadoqat kabi ulug‘ tuyg‘ularni chuqur singdirish maqsadida har yili o‘tkazilib kelinayotgan “Yuksak ma’naviyatli avlod” mavzusidagi festivalning viloyat bosqichi ko‘tarinki ruh va yuqori saviyada tashkil etilib o‘tkazildi.
Festival  doirasida axborot-kutubxona markazining “Kitob mening do‘stim” aksiyasi  o‘tkazildi  va faol ishtirok etgan foydalanuvchilardan 300 nafari AKMga imtiyozli bepul a’zo qilindi va kitobxonlik biletlari tarqatildi.

Sana: 20.05.2017


“YILNING ENG YAXSHI AXBOROT-RESURS MARKAZI”

20170519_134055O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi tasarrufidagi  axborot-resurs markazlari orasidan eng yaxshilarini aniqlab, ularni rag‘batlantirish va faoliyatini yanada targ‘ib etish maqsadida o‘tkazilib kelinayotgan“Yilning eng yaxshi axborot-resurs markazi”ko‘rik-tanlovining Respublika bosqichi bu yil Andijon viloyatida o‘tkazilmoqda. Ushbu ko‘rik- tanlovning viloyatimizda 13-20 may kunlari o‘tkazilayotgan  “Kitob bayrami” ga hamohang tarzda  tashkil etilishi barchani birdek  quvontirdi.

Sana: 19.05.2017


“KITOB MENING HAYOTIMDA”

Insoniyat tarixidagi  eng buyuk  kashfiyotlardan  biri kitob ekani ming yillar osha e’tirof etib kelinadi. Darhaqiqat, kitob nafaqat insoniyatning yozma xotirasi, balki uning bugunini belgilab beruvchi va kelajagini bashorat qiluvchi mislsiz hilqatdir.

SHu o’rinda viloyatda o’tkazilayotgan “Kitob bayrami” doirasida kitobxonlik an’analarini rivojlantirish, mutolaa madaniyatini shakllantirish maqsadida Bobur nomidagi axborot-kutubxona markazida  ADTO qoshidagi 1-son akademik litsey, tibbiyot kolleji o’quvchilari bilan hamkorlikda “Kitob mening hayotimda”  mavzusida davra suhbati o’tkazildi.   

AKM xodimlari tomonidan tashkil etilgan “Kitob mutolaasi-qalb go’zalligi” mavzusidagi adabiyotlar ko’rgazmasi ishtirokchilarda kitobga bo’lgan mehr-muhabbat tuyg’usini yanada oshishiga xizmat qiladi.

Sana: 17.05.2017


JAHON ADABIYOTI 20 YOSHDA

    O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo’limi tashabbusi bilan  17 may kuni  Andijon  Davlat  Universitetida Jahon adabiyoti  jurnali  tashkil  topganiga 20 yil to’lishi munosabati bilan   Jahon adabiyoti jurnalining bosh muharriri  SHuhrat Rizaev, yozuvchi  Raxmon Qo’chqor, shoira Farida Afruz, O’zbekiston halq artisti Erkin Komilovlar bilan   uchrashuv kecha o’tkazildi. Tadbirda Universitetning o’qituvchi va talabalari ishtirok etdi. Uchrashuv  qiziqarli tarzda o’tib, ishtirokchilarda katta ta’surot  qoldirdi.

Sana: 17.05.2017


“KITOB SAVDOSI” YАRMARKALARI DAVOM ETMOQDA…”

Hammamizga ma’lumki, 2017 yil 12 yanvarda “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi, kitobxonlik madaniyatini oshirish va targ’ib qilish bo’yicha komissiya tuzish to’g’risida” PF-4789-sonli farmoyishi e’lon qilingan. Farmoyish ijrosini ta’minlash hamda viloyat hokimining topshirig’iga asosan viloyatda kitobxonlik madaniyatini yanada yuksaltirish va yoshlarni kitobga bo’lgan mehrini oshirish maqsadida  viloyatimiz bo’ylab “kitob savdosi” yarmarkalarini tashkil etib o’tkazish ishlari  davom etmoqda. Navbatdagi “kitob savdosi” yarmarkasi Andijon shahridagi 48-umumta’lim maktabida o’tkazildi. Yarmarkada ishtirok etgan kitobsevar yoshlarimiz Respublikamizda nashr etilib savdoga chiqarilayotgan yangi adabiyotlar bilan yaqindan tanishishlariga imkoniyat yaratdi va ularni kitobga bo’lgan mehrini oshirishga xizmat qilmoqda.

 Sana: 15.05.2017


ANDIJONDA  KITOB  BAYRAMI!!!

Har yili keng kitobxonlar doirasida yuqori saviyada “Adabiyotga e’tibor – ma’naviyatga, kelajakka e’tibor” shiori ostida o’tkazilayotgan “Kitob bayrami”ning ochilishi  Andijonda 13- may kuni  bo’lib o’tdi.

Kitobsevarlar uchun  markazning oldi maydonida   kitob yarmarkalari va kitob savdosi tashkil etildi.

“Kitob bayrami” doirasida  shoir va yozuvchilar hamda yosh ijodkorlar  bilan uchrashuv va ularning yangi kitoblari taqdimoti hamda  kitobxonlar uchun “Kitob Sizning hayotingizda…” mavzusida viktorina  o’tkazildi.

Viloyat xokimligi,  Respublika  Ma’naviyat targ’ibot markazi,  O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi,  “Kamolot” YoIH,  viloyat bo’limlari, Bobur nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi,   viloyat mudofaa,  oliy o’quv yurtlari, o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi va xalq ta’limi boshqarmalari bilan   hamkorlikda  tashkil qilingan “Kitob bayrami” viloyat bosqichiningn ochilish kunida 480 dan  ortiq kitobsevarlar  ishtirok etdilar.

Sana: 13.05.2017


OTASHQALB SHOIR

Bugun o’zbek adabiyoti rivojiga o’z ulushini qo’shgan yetuk vakillardan biri, Andijonning sadoqatli shoir va olimlaridan biri  Ismoil To’lakov hayot bo’lganida 70 bahorni qarshi olgan bo’lardi. Bobur nomidagi Andijon viloyati axborot-kutubxona markazida shoir tavalludining 70-yilligiga bag’ishlab “Otashqalb shoir” mavzusida xotira kechasi o’tkazildi. Kechada shoirning hamkasblari, O’zbekiston xalq shoiri To’lan Nizom, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi, “Xolis” gazetasining bosh muhariri, shoir va yozuvchi Qamchibek Kenja, ADU o’zbek tili adabiyoti kafedrasi dotsenti Halimjon Karimov, musiqa kafedrasi dotsenti, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi Avazbek Maxmudov  hamda oila a’zolari, turmush o’rtog’i Zulayho  Dadajonova, qizi ADU o’qituvchisi, iqtisod fanlari nomzodi Umidaxon Maraimovalar  ishtirok etib, shoir hayoti va ijodini bir-bir xotirlab o’tdilar.

Sana: 11.05.2017


 QAHRAMONLIK – BURCH VA FIDOYILIK

__ (25)Yurtimizda 9 may – Xotira va qadrlash kuni  munosabati bilan Prezidentimiz SH. Mirziyoev qaroriga binoan  “Qahramonlik, burch va fidoyilik”  hamda “Ajdodlarni xotirlash – muqaddas qadriyat” shiori ostida respublikamiz bo’ylab joylarda tadbirlar o’tkazilmoqda. SHunday tadbirlardan biri  Andijon tumanidagi 16-musiqa va san’at maktabida  “Qahramonlik – burch va fidoyilik” mavzusida uchrashuv kecha o’tkazildi. Tadbirda Ikkinchi jahon va Afon urushi faxriylari, Andijon garnizoni tasarrufidagi 33171-harbiy qismda xizmat qilayotgan harbiylar, askarlar, ishtirok etdi. Tadbir yoshlarimiz qalbida yurtimizda hukm surayotgan tinchlik, osmoni musaffo yurt barida erkin bilim olishlariga yana bir karra shukronalik hissini oshishiga xizmat qildi.

Sana: 05.05.2017


“KITOBIM O’RTOG’IM”

AKMning  “Kutubxona – ikkinchi oilam” klubi o’z faoliyatini kundan-kunga yangi ertaklar asosida sahna namoyishlari bilan boyitib bormoqda.  AKM xodimlari tomonidan shahardagi 34-maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilariga “Kitobim-o’rtog’im” mavzusida  ertak  taqdim etildi. Tanlangan mavzu bo’yicha tayyorlangan sahna  ko’rinishi  bolajonlarda katta qiziqish uyg’otdi. Sahna  namoyishlari  orqali  yosh murg’ak bolajonlar qalbida kitobga bo’lgan mehrini oshirish klubning asosiy maqsadlaridan biridir.

Sana: 05.05.2017


DOIMO QALBIMIZDASIZ…

9-МАЙ (1)Xotira va qadrlash kuni…

Mazkur shonli sanani nishonlash maqsadida Bobur nomidagi Andijon viloyati axborot-kutubxona markazida Andijon garnizoni tasarrufidagi 45605, 33171-harbiy qismlar, O’zbekiston faxriylarini ijtimoiy qo’llab quvvatlash “Nuroniy” jamg’armasi viloyat bo’limi va 5-umumta’lim  maktabi  bilan hamkorlikda  “Doimo qalbimizdasiz ” mavzusida uchrashuv kecha o’tkazildi.

Tadbirda Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Mamadaliev Olimjon ota, faxriy polkovnik Xaydarov To’xtasin Xasanovichlar ishtirok  etib, urushning dahshatlari, salbiy oqibatlari hamda o’zlarining bosib o’tgan umr yo’llari va xotiralari bilan o’rtoqlashdilar.

Tadbirda O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, istiqlolimiz asoschisi I.A.Karimovning muqaddas xotirasi ham yodga olinib, 5-umumta’lim maktabining  9-sinf o’quvchisi Mahmudova Xabibaxon o’zining qalamiga mansub “Bobom uchun xotira”  she’rini o’qib eshittirdi.

Tadbir yakunida hamkor tashkilotlar Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi va faxriy polkovnikka o’zlarining bayram tabriklari va esdalik sovg’alarini topshirdilar.

AKM xodimlari tomonidan “Qalbimizda barhayot yashaydilar” mavzusida tashkil qilingan adabiyotlar ko’rgazmasi tadbir ishtirokchilarida katta qiziqish o’yg’otdi.

9-МАЙ (10)

9-МАЙ (9)

9-МАЙ (3)

 Sana: 04.05.2017


“KITOB SAVDOSI” YARMARKALARI DAVOM ETMOQDA…”

Exif_JPEG_420

Hammamizga ma’lumki, 2017 yil 12 yanvarda “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi, kitobxonlik madaniyatini oshirish va targ’ib qilish bo’yicha komissiya tuzish to’g’risida” PF-4789-sonli farmoyishi e’lon qilingan. Farmoyish ijrosini ta’minlash hamda viloyat hokimining topshirig’iga asosan viloyatda kitobxonlik madaniyatini yanada yuksaltirish va yoshlarni kitobga bo’lgan mehrini oshirish maqsadida  viloyatimiz bo’ylab “kitob savdosi” yarmarkalarini tashkil etib o’tkazish ishlari  davom etmoqda. Navbatdagi “kitob savdosi” yarmarkasi Andijon shahridagi 48-umumta’lim maktabida o’tkazildi. Yarmarkada ishtirok etgan kitobsevar yoshlarimiz Respublikamizda nashr etilib savdoga chiqarilayotgan yangi adabiyotlar bilan yaqindan tanishishlariga imkoniyat yaratdi va ularni kitobga bo’lgan mehrini oshirishga xizmat qilmoqda.

Sana: 27.04.2017


 O’ZBEKISTON  UMUMIY  UYIMIZ!

20170422_093740Bugun yurtimiz uzra tinchlik nasimi esayotgan shukuhli kunlarda Andijon viloyatida yana bir bayram tadbiri tashkil etildi. Viloyat hokimligi va viloyat baynalminal markazi tashabbusi bilan tashkil etilgan  “O’zbekiston umumiy uyimiz!”,“Qudratimiz birlik va hamjihatlikda” shiori ostida o’tkazilgan mazkur tadbir viloyatimizda istiqomat qilayotgan turli millat vakillari jamiyatimiz rivoji uchun o’zlarining  munosib mehnatlari bilan o’z hissalarini qo’shish barobarida jipslikda, inoq va axil, tinch va farovon yashayotganliklarini yoshlar ongiga yana bir bor singdirish tadbirning asosiy maqsadi qilib olindi.

Sana: 22.04.2017


ERTAKLAR-YAXSHILIKKA YETAKLAR

1 (3)AKMning “Oilaviy o’qishga yordam” kafedrasi negizida ochilgan “Kutubxona ikkinchi oilam” klubining navbatdagi mashg’ulotida shahardagi “Bolalar shaharchasi”  tarbiyalanuvchilariga  “Kitobim-o’rtog’im” nomli adabiy-musiqaviy ertak  AKM xodimlari va Pedagogika kolleji o’quvchilari tomonidan  namoyish etildi.

Bolalar  ertakni katta qiziqish bilan tomosha qildilar. Tadbir so’ngida bolalar bilan ertak qahramonlari o’rtasida jonli  muloqot o’tkazildi. Unda bolajonlar ertak qahramonlari tomonidan berilgan savollar, she’riy topishmoqlarga tezkorlik bilan javob berdilar. Shundan so’ng ular o’zlarining she’riy va musiqaviy chiqishlarini namoyish etdilar.

Tadbir so’ngida  AKM tomonidan tadbirda  faol ishtirok  etgan  o’quvchilarga  maqtov yorliqlari  topshirildi.

Sana: 16.03.2017


XALQ BILAN MULOQOT-OLIY QADRIYAT

Bobur nomidagi  axborot-kutubxona markazida 2017 yil – Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yiliga bag’ishlangan “Xalq bilan muloqot- oliy qadriyat” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi.

Tadbir viloyat adliya boshqarmasi, savdo-sanoat palatasi hamkorligida bo’lib o’tdi. Mutaxassislar ishtirokchilarga 2017 yil Davlat dasturining mazmun-mohiyati, xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash va jamiyat tartibini mudofaa qilish,   yurtimizda qonun ustuvorligini ta’minlash,   inson huquqlarining ishonchli himoyasi bo’yicha amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlar haqida ma’lumot berdilar.

O’quvchilar  o’zlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat qilib,  to’laqonli javob oldilar.

Qiziqarli o’tgan davra suhbati ishtirokchilarda katta taassurot va qiziqish uyg’otdi.

Sana: 16.03.2017


MUQADDASSAN AYOL

Ayolni e’zozlash, ayolga extirom ko’rsatish halqimizga xos oliyjanob qadriyat hisoblanadi.
Bayram shuquxi kezib yurgan ushbu pallada 13-sonli mahsus maktab-internatda Bobur nomidagi Andijon viloyati axborot-kutubxona markazi, ADTI qoshidagi 1-son akademik litsey o’quvchilari hamkorligida “Muqaddassan ayol” mavzusida adabiy-musikiy kecha o’tkazildi.
Tadbirda akademik litsey o’quvchilar tomonidan tayyorlangan she’riy chiqishlar, sahna ko’rinishlar, raqslar guldastasi barchaga bahoriy iliqlik, bir olam tabassum ulashdi.
Kecha yakunida 13-sonli maxsus maktab-internat direktori M. Vahobjonov aziz va mo’tabar bo’lgan ayol zoti xaqida so’z yuritib, barcha ayollarga chuqur xurmat-ehtiromini va ezgu tilaklarini bildirdi. So’ng tadbir ishtirokchilariga o’z minnatdorchiligini izxor etdi.
Tadbir doirasida axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Nafosat timsoliga ehtirom” mavzusida adabiyotlar ko’rgazmasi tashkil etildi.

Sana: 13.03.2017


ERTAKLAR  YAXSHILIKKA  YETAKLAR

20160502_114358O’smir hayotini ijodiy mehnat, ertaklar olami, fantaziyalar, o’yin va musiqasiz tasavvur qilish qiyin. SHular qatorida kitobxonlik ham o’smir hayotidan mustaxkam joy olishi zarur. SHunda uning hayoti yanada mazmun-ma’no kasb etib, u voqea-hodisalarning tub mohiyatini anglab olishga  harakat qiladigan, turmush ziddiyatlarini tushunadigan barkamol shaxs bo’lib yetishishiga yordam beradi. AKMning “Oilaviy o’qishga yordam” kafedrasi negizida ochilgan “Kutubxona ikkinchi oilam” klubining navbatdagi mashg’ulotida  shaxardagi  35-maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilariga  va 13-maxsus maktabi o’quvchilariga  “Kitobim-o’rtog’im” nomli teatrlashtirilgan ertak AKM xodimlari va Andijon Pedagogika kolleji o’quvchilari tomonidan nomoyish etildi.

Bizning maqsadimiz  ijtimoiy muxofazaga muxtoj o’quvchilarni ham nazardan chetda qoldirmagan holda, ertak orqali kitobni targ’ib etib, yoshlarimizni kitobga nisbatan mehr uyg’otish, ma’naviy dunyosini yuksaltirish hamda milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashdir. Bolalar ertakni katta qiziqish bilan tomosha qildilar.  Tadbir so’ngida bolalar bilan  ertak qaxramonlari o’rtasida jonli muloqot o’tkazildi. Unda bolajonlar ertak qaxramonlari tomonidan berilgan  savollar, she’riy topishmoqlarda tezkorlik bilan javob berdilar.

Sana: 03.03.2017


KITOBNING HAYOTDAGI O’RNI

20150914_161848Ma’lumki, bola kitob o’qishni bilgan taqdirdagina, kitob uning ma’naviy hayotida muhim rolь o’ynaydi. Buning uchun dastlabki qadam oilada bolaga ota-ona tomonidan ovoz chiqarib o’qib beriladigan kitoblar hisoblanadi. Kitobxonlikni yosh inson hayotidagi zaruriyatga aylantirish uchun aynan oilada tamal toshi qo’yiladi. Buning uchun ota-ona ibrati, so’zsiz, beqiyos ahamiyatga ega.

Kichkina yoshdagi bolajonlarning qalbida kitobga bo’lgan mehr va qiziqishini uyg’otish, ularda nutq madaniyatini shakllantirish kabi ezgu maqsadlar bilan shahardagi 65-maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilari uchun “Kitobim-o’rtog’im” nomli teatrlashtirilgan tomosha namoyish etildi. Namoyishda tarbiyalanuvchilarning ertakni qiziqib tomosha qilish barobarida iqtidorli, qobiliyatli bolajonlarning ertak qahramonlari bilan birga rolь ijro etishlari, ular bilan jonli muloqot o’tkazishlari kutilmagan voqea bo’ldi. Tomosha so’ngida bolajonlar o’zlari bilgan va buvijonlari, bobolari, qolaversa, tarbiyachilari tomonidan aytilgan ertaklardan namunalar aytib berdilar. Kelgusi tomoshada esa bolajonlar xohlagan ertak sahnalashtirilishi maqsad qilib olindi.

Sana: 27.02.2017


“BENAZIR SO’Z ZARGARI”

1Shu kunlarda mamlakatimizning barcha hududlarida ulug’ bobomiz Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 534 yilligi keng nishonlanmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri Bobur nomidagi  axborot-kutubxona markazi Andijon viloyati xalq ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi 13-mahsus yordamchi maktab-internatda, 14-sonli umumta’lim maktabi o’quvchilari  bilan hamkorlikda “Benazir so’z zargari”  mavzuida adabiy – musiqali kecha o’tkazildi.

Tadbirda 14-umumta’lim maktabining iste’dodli  o’quvchilari tomonidan o’zbek, rus, ingliz tilida she’rlar, sahna ko’rinishlar namoyish etildi. Bobur  g’azaliga aytilgan qo’shiqlar guldastasi xammani xushnud, rom ayladi.

Tadbir doirasida Bobur nomidagi AKM xodimlari tomonidan “Sharqona odob va ahloq timsoli” mavzuida tayyorlangan adabiyotlar ko’rgazmasi o’quvchilarni  Boburning bosib o’tgan hayotini yanada yaqinroq tashinishiga xizmat qildi.

Sana: 13.02.2017


GAR  MENING RIZOMNI TILARSEN…

BoburBobur  nomidagi  viloyat  axborot-kutubxona  markazida  “Mahalla” xayriya  jamoat  fondi, O’zXDP viloyat kengashlari, Respublika Ma’naviyat targ’ibot markazi qoshidagi “Nafosat” ijodkorlar  klubi “Adolat” sotsial demokratik partiyasi bilan hamkorlikda  Zahiriddin  Muhammad  Bobur  tavalludining  534  yilligi  munosabati  bilan  “Gar mening rizomni tilarsen…”mavzusida mushoira kecha o’tkazildi.

Sana:08.02.2017


O’ZBEK ADABIYOTINING BUYUK MUTAFAKKIRI

_1 (2)Shu kunlarda mamlakatimiz bo’ylab buyuk mutafakkir, qomusiy olim, tarixchi, mohir hattot va o’zbek adabiy tilining asoschisi Alisher Navoiy tavalludining 576 yilligi keng miqyosda nishonlanmoqda.

7 fevral kuni Xalq ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi Bolalar shaharchasida Respublika ma’naviyat targ’ibot markazi va Bobur nomidagi viloyat AKM bilan hamkorlikda buyuk  ajdodimizning tavallud kunini munosib nishonlash maqsadida “O’zbek adabiyotining buyuk mutafakkiri” mavzusida adabiy-musiqali kecha o’tkazildi.

Tadbir doirasida AKM xodimlari tomonidan Alisher Navoiyning boy ma’naviy, adabiy va ilmiy merosi bo’lgan asarlari, hayoti va ijodi haqidagi adabiyotlar asosida “Buyuk Navoiyga ehtirom” mavzusida adabiyotlar ko’rgazmasi tashkil etildi.

Sana: 07.02.2017


MANGULIKKA DAXLDOR SIYMOLAR


55Bobur nomidagi Andijon viloyati axborot-kutubxona markazida Andijon mashinasozlik instituti, Andijon san’at kolleji hamda ADTI qoshidagi 2-son akademik litseylar bilan hamkorlikda o’zbek xalqining yirik mutafakkiri, mumtoz adabiyotimizning yirik vakili, hazrat mir Alisher Navoiy tavalludining 576 yilligi va buyuk davlat arbobi, mohir sarkarda, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 534 yilligiga bag’ishlab “O’zbek adabiyotining ikki buyuk siymosi” mavzusida adabiy-musiqali kecha o’tkazildi.
Tadbir doirasida AKM xodimlari tomonidan “Mangulikka daxldor siymolar” mavzusida adabiyotlar ko’rgazmasi tashkil etildi.

Sana: 06.02.2017


“SIZNI QANDAY KITOBLAR QIZIQTIRADI?”
MAVZUSIDA OCHIQ MULOQOT

1 fevral kuni  2017 yil “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” munosabati bilan Andijon shahar“Navro’z” MFY o’ramidagi aholi uchun  Respublika Ma’naviyat targ’ibot markazi, Davlat aloqa inspektsiyasi viloyat bo’limlari va Bobur nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi bilan hamkorlikda ochiq muloqot o’tkazildi. 

Tadbirda AKM direktori  G.Ismailova, Respublika Ma’naviyat targ’ibot markazi viloyat bo’limi mutaxassisi Z.Tadjibaev va Davlat aloqa inspektsiyasi viloyat bo’limi mutaxassisi I.Absattorovlar kitob mutolaasining inson hayotidagi ahamiyati haqida to’xtalib o’tdilar. Jumladan, yoshlarni  kitobga bo’lgan qiziqishi va mehrni uyg’otish oiladan boshlanishini alohida ta’kidlab, oilalarda kattalar kitob mutolaasini odatiy holga aylantirishlari oilada ulg’ayayotgan farzandlari uchun shaxsiy namuna sifatida yaxshi samara berishini ta’kidlab, barchani kitob mutolaasiga da’vat etdilar.  “Navro’z” MFY binosida tashkil etilgan markazning ko’chma kutubxonasi ham doimo yordamga tayyor ekanligini ta’kidladi.  

Muloqot davrida tarqatilgan “Sizni qanday kitoblar qiziqtiradi?” mavzusidagi savolnoma ishtirokchilar tomonidan to’ldirilib taqdim etildi.

Sana: 01.02.2017


JAMOA BILAN OCHIQ MULOQOT

2017 yil 31 yanvar kuni  Bobur nomidagi Andijon viloyati axborot-kutubxona markazida 2016 yil yakuni bo’yicha jamoa shartnomasining bajarilishi yuzasidan mehnat jamoasining umumiy yig’ilishi o’tkazildi.

Yig’ilishda O’zbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi A.Ishanxodjaev, xodimlarni ijtimoiy-iqtisodiy himoya bo’limi mudiri Yu.Gapurov, Andijon viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari Birlashmasidan  xodimlarni ijtimoiy-iqtisodiy himoya bo’limi mudiri T.Siddiqov, O’zbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Andijon viloyat hududiy boshqarmasi boshlig’i L.Usmonovlar ishtirok etdilar.

Yig’ilish jamoa bilan ochiq muloqot tarzida o’tkazildi.

Sana: 31.01.2017


ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR TAVALLUDINING
534 YILLIGIGA

14 fevral – mohir sarkarda, adolatli shoh va hassos qalbli shoir, hamyurtimizZahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 534 yilligi yurtimizda keng nishonlanadi. SHu munosabat bilan, qolaversa, Vatan sog’inchi bilan yashagan buyuk  ajdodimizning boy ma’naviy, badiiy va ilmiy merosi hamda ibratli hayot yo’lini yoshlarga yanada yaqindan tanishtirish va targ’ib etish maqsadida Bobur nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida:

  • “Buyuk siymolar – yuksak ma’naviyat ko’zgusi”;
  • “Buyuk Boburga ehtirom”;
  • “Bobur maktabi – ibrat maktabi”;
  • “Andijonni qumsab o’tgan Bobur bobom”

mavzularida adabiyotlar ko’rgazmasi tashkil etildi.

Ko’rgazmalarda nafaqat o’z yurtining, balki jahon ilmu-fani va madaniyatini rivojlantirishga katta hissa qo’shgan buyuk bobokalonimiz Zahiriddin Muhammad  Boburning boy ma’naviy merosi bo’lgan asarlari hamda hayoti va ijodini yoritib beruvchi adabiyotlar tavsiya etildi. Tavsiya etilgan adabiyotlar 178 nusxani tashkil etdi.

Sana: 30.01.2017


ISLOM KARIMOV XOTIRASI QALBIMIZDA MANGU YASHAYDI

26 yanvar kuni Andijon garnizoni tasarrufidagi 33171-harbiy qism harbiylari uchun birinchi Prezidentimizning tavallud kunini munosib nishonlash, olijanob insoniy fazilatlari, serqirra siyosiy faoliyati hamda ezgu amallarini iliq xotiralar bilan yodga olish, ularni  barkamol avlod qalbiga yanada singdirish maqsadida “Islom Karimov – istiqlol asoschisi”, ADTI qoshidagi 1-son akademik litseyi o’quvchilari uchun “Xotirasi qalbimizda mangu yashaydi” mavzularida obzor o’tkazildi.

Sana: 26.01.2017


ISLOM ABDUG’ANIEVICH KARIMOV
TAVALLUDINING 79 YILLIGIGA

1_copyBobur nomidagi Andijon viloyati axborot-kutubxona markazida 30 yanvar – Mustaqil O’zbekiston davlatining asoschisi, buyuk davlat va siyosat arbobi, o’zbek xalqining ulug’ va ardoqli farzandi, mamlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Abdug’anievich Karimov tavalludining 79 yilligiga bag’ishlab:

  • “Yurtning mard, bunyodkor farzandi”;
  • “Islom Karimov – xalq qalbidan joy olgan inson”;
  • “Xalqimizning buyuk farzandi”;
  • “Elim deb, yurtim deb yonib yashagan inson”;
  • “Islom Karimov hamisha xalqimiz yuragida”

mavzularida adabiyotlar ko’rgazmasi tashkil etildi.

Ko’rgazmalarda Islom Abdug’anievich Karimovning bizga qoldirgan boy ma’naviy merosi bo’lgan asarlari hamda hayoti va faoliyatini aks ettiruvchi adabiyotlar tavsiya etildi. Tavsiya etilgan adabiyotlar 232 nusxani tashkil etdi.

Sana: 25.01.2017


“YURTNING MARD, BUNYODKOR FARZANDI”

30 yanvar – O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug’anievich Karimov tavallud kunini munosib nishonlash, olijanob insoniy fazilatlari, serqirra siyosiy faoliyati hamda ezgu amallarini iliq xotiralar bilan yodga olish, ularni  barkamol avlod qalbiga yanada singdirish maqsadida Bobur nomidagi Andijon viloyati AKMda Respublika Ma’naviyat targ’ibot markazi, “Nuroniy” jamg’armasi viloyat bo’limlari, Andijon davlat universiteti bilan hamkorlikda “Yurtning mard, bunyodkor farzandi” mavzusida xotira kechasi o’tkazildi.

Tadbir doirasida AKM xodimlari tomonidan tayyorlangan“Yurt sha’ni va g’ururi deb yashagan yo’lboshchimiz”mavzusidagi adabiyotlar ko’rgazmasi ishtirokchilarni I.Karimovning bizga qoldirgan boy ma’naviy merosi bo’lgan asarlari bilan yanada yaqindan tanishishlariga xizmat qildi.

Sana: 25.01.2017


Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ibot qilish bo’yicha komissiya tuzish to’g’risida
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishi

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda ta’lim muassasalari uchun o’quv adabiyotlari yaratish va o’quvchilarga yetkazishning mustahkam tizimi yaratildi, bunda O’zbekistonda ta’lim berilayotgan yettita tilda darslik va o’quv qo’llanmalari nashr etilmoqda. Axborot-resurs va axborot-kutubxona markazlarining moddiy-texnika bazasi yangilanib, zamonaviy elektron kutubxonalar tizimlari faoliyat ko’rsatmoqda.

Davomi…


“YURAGINGGA YOZILGAN VATAN”

Qurolli kuchlarimiz tashkil etilganligining 25 yilligi mamlakatimizda katta shodiyonalar bilan nishonlanmoqda. Joylarda bayram munosabati bilan turli xil ma’naviy – ma’rifiy tadbirlar, davra suhbatlari, uchrashuvlar o’tkazilmoqda.  Ana shunday tadbirlardan biri kuni kecha   Andijon  garnizoni  tasarrufidagi №45605  harbiy qismda Andijon  tibbiyot kolleji bilan hamkorlikda  “Yuragingga yozilgan Vatan” mavzusida davra suhbati   o’tkazildi. Tadbir doirasida AKM xodimlari tomonidan  tayyorlangan  “Yurt himoyasiga kamarbasta o’g’lonlar”  mavzusidagi adabiyotlar ko’rgazmasi  ishtirokchilarda katta qiziqish uyg’otdi.

Sana: 15.01.2017