HURMATLI FOYDALANUVCHILAR!


E’LON!

1


HURMATLI KITOBXONLAR!

         Andijon tibbiyot kollejida 2017 yil 1 iyunь kuni soat 11-30 da 1 iyunь – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag’ishlangan “Beg’ubor qalblar quvonchi” mavzusida adabiy-musiqali kecha o’tkaziladi.


HURMATLI KITOBSEVAR YURTDOSHLAR !

Andijon viloyati xokimining 2017 yil reja-topshirig’iga asosan viloyatimizda 13 maydan 20 maygacha kitob bayrami o’tkaziladi.Kitob bayrami doirasida sizlarni shoir yozuvchilar bilan uchrashuvlar, yangi kitoblar taqdimoti, “Kitob mening dostim” mavzusidagi aktsiyasi, adabiy viktorinalar va bellashuvlar kutadi.Bayramning tantanali ochilishi 13 may kuni Bobur nomidagi Andijon viloyati axborot-kutubxona markazida o’tkaziladi. Barchani taklif etamiz!


E’LON!

HURMATLI HAMKASBLAR!

2017 yil 31 yanvar seshanba kuni soat 11.00 da 2016 yil yakuni bo’yicha jamoa shartnomasini bajarilishi yuzasidan mehnat jamoasining umumiy yig’ilishi o’tkaziladi.

Yig’ilishda O’zbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi A.Ishanxodjaev ishtirok  etadi. 


E’LON!

HURMATLI FOYDALANUVCHILAR!

26 yanvar kuni soat 10-00da Andijon garnizoni tasarrufidagi 33171-harbiy qismda 30 yanvar — Mustaqil O’zbekiston davlatining asoschisi, buyuk davlat va siyosat arbobi, o’zbek xalqining ulug’ va ardoqli farzandi, mamlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Abdug’anievich Karimov tavalludining 79 yilligiga bag’ishlangan “Islom Karimov – istiqlol asoschisi” mavzusida obzor o’tkaziladi.


E’LON!

HURMATLI FOYDALANUVCHILAR!

26 yanvar kuni soat 10-00 da ADTI qoshidagi 1-son akademik litseyida 30 yanvar – O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug’anievich Karimov tavallud kunini munosib nishonlash, olijanob insoniy fazilatlari, serqirra siyosiy faoliyati hamda ezgu amallarini iliq xotiralar bilan yodga olish, ularni  barkamol avlod qalbiga yanada singdirish maqsadida “Xotirasi qalbimizda mangu yashaydi” mavzusida obzor o’tkaziladi.


E’LON!

HURMATLI FOYDALANUVCHILAR!

Bobur nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida 2016 yil 16 dekabr kuni soat 11-00 da “Sog’lom ona va bola yili” Davlat dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida “Sog’lom ona va  bola – kelajak tayanchi” mavzusida davra suhbati o’tkaziladi.


E’LON!

HURMATLI FOYDALANUVCHILAR!

Bobur nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida 2016 yil 2 dekabr kuni soat 11-00 da O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 24 yilligi munosabati bilan “Mustahkam Qonunlarga tayangan davlat” mavzusida davra suhbati o’tkaziladi.


DIQQAT AKSIYA!

Hurmatli foydalanuvchilar! Axborot-kutubxona markazi Sizlarni ushbu aktsiyada ishtirok etib, o’zingizni yoki oila a’zolaringiz nomini AKM tarixiga kiritib, xayrli ishga hissangizni qo’shish imkoniyatini beradi!

AKSIYA SHARTLARI: AKM jamg’armasini boyitishda ishtirok eting.  Sizdan uyingizdagi siz o’qib bo’lgan o’zbek tilidagi badiiy adabiyotlardan hadya qilish so’raladi.

AKSIYA IMTIYOZLARI: Aktsiyada faol ishtirok etgan, eng ko’p kitob taqdim etgan kitobxonlarni kutilmagan imtiyozlar kutmoqda!

MARHAMAT! AKSIYADA ishtirok etib, omadingizni sinab ko’ring!

  AKM ma’muriyati!


PUSHKINXONLIK KECHASI

2016 yil 3 iyun kuni buyuk rus shoiri Aleksandr Sergeevich Pushkin tavalludining 217 yilligiga bag’ishlangan “Rus poeziyasining quyoshi” mavzusida Pushkinxonlik kechasi o’tkaziladi.


KITOB BAYRAMI

26-28 may kunlari viloyatimizda “Kitob bayrami” o’tkaziladi. “Kitob bayrami” doirasida 26 may kuni AKMning doimiy kitobxonlari ishtirokida “Eng faol kitobxon” va “Eng yosh kitobxon” mavzularida uchrashuv kechalari;

27 may kuni Andijon garnizoni tasarrufidagi 45605-harbiy qismda “Eng yaxshi kitobxon oila” mavzusida ko’rik-tanlov;

28 may kuni Andijon Davlat universitetida “Kitob – millatning bebaho madaniy va ma’naviy merosi” mavzusida seminar o’tkaziladi.


INTELLEKTUAL RING

2016 yil 11 mart kuni soat 10:00 da Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish kuni munosabati bilan «HUQUQINGIZNI BILASIZMI, MUAMMO YECHIMINI-CHI?» mavzusida intellektual ring o’tkaziladi.


 ELON

Sizlarga masofadan turib Respublika elektron kutubxonasidagi to’liq matnli elektron kitoblardan foydalanish imkoniyati yaratilganligini ma’lum qilamiz. Elektron kutubxonadan foydalanish uchun shu markazning 2-qavatida joylashgan Kompyuterlar zali sektoriga murojaat qilib ro’yxatdan o’tishingiz so’raladi. Ro’yxatdan o’tishingiz uchun kerak bo’ladigan hujjat pasportingiz nusxasi. Ro’yxatdan o’tish bepul


     ADABIY-MUSIQALI KECHA

2016 yil  10 fevral kuni  soat 10-00 da Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 533 yilligiga bag’ishlangan “SHARQ TARIXIDAGI ENG MAFTUNKOR SHAXS” mavzusida adabiy-musiqali kecha o’tkaziladi. 


ANJUMAN

Alisher Navoiy tavalludining 575 yilligiga bag’ishlangan «Qalb o’tiga yo’g’rilgan ma’naviy meros» mavzusida anjuman o’tkaziladi. Anjuman 2016 yil 8 fevral kuni soat 11:00 da Bobur nomidagi viloyat axborot — kutubxona markazida bo’lib o’tadi.


ANJUMAN

O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 24 yilligi munosabati bilan «KECHA KIM EDIGU BUGUN KIM BO’LDIK?» mavzusida anjuman o’tkazilishini e’lon qilamiz. Anjuman 10 sentyabr payshanba kuni soat 14:00 da Andijon garnizoni tasarrufidagi 53765-harbiy qismda bo’lib o’tadi.


TADBIR

«Kutubxona ikkinchi oilam» klubining mashg’uloti: «QOVOQVOY va CHANOQOY» ertakdan parcha. Tadbir 11 sentyabr juma kuni soat 14:00 da bo’lib o’tadi.