Vazifasi
- O’zbekistin Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatasi qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga asoslanib ishni amalga oshiradi va Axborot-kutubxona markazi to’g’risidagi Nizomning bajarilishini tashkil qiladi;
- Axborot – kutubxona markazining moddiy – texnika bazasini saqlash va rivojlantirish, kutubxona foydalanuvchilari va xodimlari uchun zarur shart – sharoitlar yaratish chora – tadbirlarini belgilangan tartibda amalga oshiradi, markazda kutubxonachilik ish jarayonlarini avtomatlashtirishni joriy etishga rahbarlik qiladi, axborot – kutubxona fondlari shu jumladan nodir va alohida qimmatga ega nashrlar to’plamlari, shuningdek, binolar, asbob – anjomlar, AKMning boshqa mol-mulki saqlanishi va ularning zarur darajada foydalanishi uchun javob beradi.
- Axborot – kutubxona faoliyatini takomillashtirish masalalari bo’yicha davlat dasturlarini, me`yoriy– huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashadi.
- Kutubxonaning axborot – kutubxona resurslaridan samarali foydalanishini ta’minlaydi
- Axborot – kutubxona muassasalarining o`zaro hamkorligini amalga oshiradi, nashriyotlar, kitob savdosi, ommaviy – axborot vositalari bilan hamkorlikni yaxshilash chora– tadbirlarini ta’minlaydi.
- Viloyat ARMlari uchun uslubiy rahbarlikni tashkil etadi, ularni faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
- Kutubxona muassasalarini rekonstruktsiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash tadbirlari bajaralishini tahlil qiladi va monitoring olib boradi.
|