Yoshlarni ziyo maskaniga sayohat davom etmoqda. Bugun markazga kelgan yoshlarni Andijon Davlat Pedagogika instituti 1-2 bosqichning 418 nafar talabalari hamda Andijon tuman 54-umumta’lim maktabining 30 nafar o’quvchilar tashkil etdilar. Sayohat davomida markazda yaratilgan sharoitlar, elektron va bosma nashrlar, ayniqsa soha xodimlarining ko’rsatayotgan xizmatlari bilan to’la tanishgan talaba-o’quvchilar albatta kutubxonaga a’zo bo’lish istagida ekanligini bildirdilar.