Welcome to your “Konstitutsiya - mening himoyachim” mavzusida onlayn viktorina
1. Davlat organlari tomonidan insonga nisbatan qo’llaniladigan huquqiy ta’sir choralari ... asoslanishi va qonunlarda nazarda tutilgan maqsadlarga erishish uchun yetarli bo’lishi kerak. Yuqorida keltirilgan normada tushirib qoldirilgan nuqtalar o’rnini to’ldiring.
2. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning 20-moddasida keltirilgan “Inson bilan davlat organlarining o’zaro munosabatlarida yuzaga keladigan qonunchilikdagi barcha ziddiyatlar va noaniqliklar” kimning foydasiga talqin etilishi belgilangan?
3. Shaxsni hibsga olishga, qamoqqa olishga va qamoqda saqlashga kimning qaroriga ko’ra yo’l qo’yiladi?
4. Shaxs sudning qarorisiz qancha muddatdan ortiq vaqt davomida ushlab turilishi mumkin emas?
5. Yangi tahrirda qabul qilingan Konstitutsiyaning 29-moddasiga asosan har bir shaxs ushlanganida qaysi paytdan e’tiboran o’z tanloviga ko’ra advokat yordamidan foydalanish huquqiga egaligi belgilangan?
6. Har kim yozishmalari, telefon orqali so’zlashuvlari, pochta, elektron va boshqa xabarlari sir saqlanishi huquqiga ega. Ushbu huquqning cheklanishiga ... yo’l qo’yiladi. Yuqorida keltirilgan normada tushirib qoldirilgan nuqtalar o’rnini to’ldiring.
7. Konstitutsiyaviy sudning sudyalari qayta saylanish huquqisiz qancha muddatga saylanadi?
8. Quyida berilgan javoblardan qaysi biri O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining vakolatiga kirmaydi?
9. Konstitutsiyaviy sudning qarori ustidan kimga yoki qaysi organga shikoyat qilinishi mumkin?
10. O’zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi va uning o’rinbosarlari kimning taqdimiga binoan besh yillik muddatga saylanadi?
11. Quyida keltirilganlardan qaysi javobda sudyalar hamjamiyatining mustaqil organi keltirilgan bo’lib, ushbu organ sudyalar korpusining shakllantirilishini, sud hokimiyati mustaqilligining konstitutsiyaviy prinsipiga rioya etilishini ta’minlashi belgilangan?
12. O’zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining, Qoraqalpog’iston Respublikasi prokurorining, viloyat, tuman va shahar prokurorlarining vakolat muddati qanchani tashkil etadi?
13. O’zbekiston Respublikasi fuqarolari qanday soliqlar va yig’imlarni to’lashga majbur?
14. O’zbekiston iqtisodiyotining negizini nima tashkil etadi?
15. O’zbekiston Respublikasida monopoliyani tartibga solishga qaratilgan quyidagi jumlalardan qaysi biri to’g’ri?