Armiya jasorat, matonat va bilim maskani

5.01.2024 yil. 

Vatanni sevish, uni sharaflash va ko’z qorachig’idek asrash har bir insonning sharafli va muqaddas burchidir. Vatanga muhabbat, yurtiga, eliga, xalqiga fidoyilik bolalikdan shakllanadi. Vatanparvarlik oyligi munosabati bilan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, xalqiga sadoqat bilan xizmat qilish tuyg’usini singdirib borish maqsadida “Yangi O’zbekiston armiyasi mamlakat qudrati, yuksak g’urur va sadoqat timsolidir!” shiori ostida shahrimizdagi Prezident maktabida “Armiya jasorat, matonat va bilim maskani” mavzusida uchrashuv kecha o’tkazildi. Tadbirda ishtirok etgan viloyatimizdagi harbiy qism xizmatchilari o’quvchilar bilan Vatanga xizmat, mardlik va jasurlik, fidoiylik, burch haqida suhbatlashdilar. Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Vatanparvarlikni dilingga jo et!”mavzusida tashkil etilgan adabiyotlar ko’rgazmasi tadbir ishtirokchilarida vatanparvarlik, ajdodlarimiz jasoratiga hurmat-ehtirom tuyg’ularini shakllanishiga zamin yaratdi.