Mening sevimli kitobim

9.01.2024 yil. 

Hozirgi davrda mutolaaning o’rni shu qadar muhimki, turli axborotlarni qabul qilish, ularni tahlil etish, kerakli jihatlardan samarali foydalanish alohida mahorat talab etadi. Mutolaa jaryonida o’quvchining olgan bilimlari va ko’nikmasi uning xotirasida mujassamlashadi. Kitob mutolaasi dunyoqarashni kengaytirish, tafakkurni o’tkirlashtirishning samarali vositasi hisoblanadi. “Kutubxona ikkinchi oilam” klubi doirasida shahrimizdagi 37 – umumta’lim maktabi o’quvchilari ishtirokida “Mening sevimli kitobim” mavzusida suhbat o’tkazildi. Bolajonlar o’zlari sevib mutolaa qilgan asar qahramonlari haqida maroq bilan aytib berdilar. Ularga iste’dodli ijodkor Zulfiya Mo’minovaning “Bolaga kitob bering” nomli she’riy to’plami o’qishga tavsiya etildi.