“Milliy armiyamiz – O’zbekistonning mustahkam qalqonidir!”

12.01.2024 yil.
Andijon davlat pedagogika instituti bilan hamkorlikda o’tkazilgan “Milliy armiyamiz – O’zbekistonning mustahkam qalqonidir!” mavzusidagi adabiy-musiqali kecha ham O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 32 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tashkil etildi.
Tadbir davomida talabalar tomonidan tayorlangan badiiy-musiqiy dastur barchaga ko’tarinki kayfiyat bag’ishladi. Markaz mutaxassislari tomonidan tashkil etilgan “Mardlar qo’riqlaydi Vatanni!” mavzusidagi adabiyotlar ko’rgazmasi esa ishtirokchilar qalbida vatanparvarlik g’oyasi shakllanishiga xizmat qildi.