ARMIYA VA XALQ – BIR TANU BIR JON!

14.01.2024 yil.

Bobur nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida  Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini munosib kutib olish maqsadida “Armiya va xalq – bir tanu bir jon” mavzusida adabiy-musiqali kecha oʻtkazildi.

Oʼzbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligiga qarashli 7553-harbiy qism qorovul qoʼshinlari xizmatchilari, Oʼzbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligining Andijon akademik litseyi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirni AKM direktor o’rinbosari N.Yuldasheva tabrik so’zi bilan ochib berdi. Tadbir davomida 7553-harbiy qism mayori Sh.Abdurazzoqov va serjant A.Akbarovlar so’z olib 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni  har yili katta bayram va shodiyona bilan oʻtishini, bu kabi eʼtibor va eʼtirof masʼuliyatli  kasb egalarining Vatan oldidagi xizmatlarini yuqori baholanishini namoyon etib, ularning kelgusidagi faoliyatiga ham kuch-quvvat, shijoat va albatta sadoqat bagʻishlishini aytdilar.

Vatan himoyachilari kunini umumxalq bayrami sifatida keng nishonlash, aholida milliy armiyamizdan faxrlanish va unga boʻlgan ishonch hissini oshirish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashni taʼminlash qaratilgan tadbir Andijon Pedagogika kolleji va  Oʼzbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligining Andijon akademik litseyi o’quvchilari o’zlari tayyorlab kelgan badiiy chiqishlari bilan davom etdi. O’quvchilar o’z tabriklarini raqslar guldastasi va Ona Vatanni tarannum etuvchi she’riy chiqishlari orqali izhor etdilar va  ishtirokchilarga bayram kayfiyatini ulashdilar.