Vatanni himoya qilish – sharafli va ma’suliyatli burch

13.01.2024 yil.

O’sib kelayotgan yosh avlodni ona Vatanni sevish, yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash, Qurolli kuchlarimizning mamlakatimiz mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligining, kelajagi buyuk davlat barpo etayotgan O‘zbekiston fuqarolarining osoyishta hayoti va milliy armiyamiz salohiyatini yoshlar ongiga yana bir bor singdirish maqsadida “Kutubxona ikkinchi oilam” klubi doirasida shahrimizdagi 31-umumta‘lim maktabining “Harbiylar” sinfi o’quvchilari ishtirokida “Vatanni himoya qilish – sharafli va ma’suliyatli burch” mavzusida suhbat o’tkazildi.

Markaz mutaxassislari tomonidan o’qishga tavsiya etilgan adabiyotlar orqali o‘quvchilar milliy armiyamizning bugungi kundagi salohiyati bilan yaqindan tanishdilar.