O’zbekiston yoshlari yangi kuch va yangi imkoniyatlar demakdir

15.01.2024 yil.

Barchamizga ma’lumki, muhtaram yurtboshimiz tomonidan 2024-yil O’zbekistonda “Yoshlar va biznesni qo’llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilindi. Bundan ko’rinib turibdiki, joriy yil ham yoshlarimiz uchun ulkan imkoniyatlar va kutilmagan yutuqlarga boy bo’ladi. Shu munosabat bilan markazimizda “O’zbekiston yoshlari yangi kuch va yangi imkoniyatlar demakdir” mavzusida kitob-rasmli adabiyotlar ko’rgazmasi tashkil etildi.
Ko’rgazmadan yoshlarni zamonaviy bilim va tajribalar, milliy va umumbashariy qadriyatlar asosida mustaqil va mantiqiy fikrlaydigan, ezgu fazilatlar egasi bo’lishida, ularda tadbirkorlik ko’nikmalari va mehnatsevarlik fazilatlarini rivojlantirishda, ilm-fan, innovatsiya, IT kabi sohalarni, “yashil” va raqamli texnologiyalarni rivojlantirishga oid adabiyotlar o’rin olgan.