Andijonlik qalamkash

18.01.2024 yil.

O’lkamizda yashab ijod etgan ijodkorlardan biri Muqumjon Niyozov hayot bo’lganlarida bu yil 85 yoshni qarshi olgan bo’lar edi. Adib o’z ijodi bilan Andijon adabiy muhitiga munosib hissa qo’shdi. Uning ko’plab ibratli hikoyalarini nafaqat kichkintoylar, balki kattalar ham sevib mutolaa qiladi. Adibni ibratli ijod yo’li haqida so’z yuritish maqsadida bugun markazning faol yoshlari uchun “Andijonlik qalamkash ijodkor” mavzusida suhbat o’tkazildi. Suhbat davomida yoshlarga adibning asarlari va ijodi haqida ma’lumot berildi va hajviyalaridan o’qib eshittirildi.