G’ofur G’ulom tavalludining 120 yilligiga onlayn viktorina savollari ga xush kelibsiz

1.Sen kulayotibsan, Balki bu kulgi So’nggi oylar ichra birinchi chechak. La’li labingdagi G’uncha tabassum, Albat toleingta Muhr bo’ladi Va bunda aks etar Porloq kelajak. Yuqoridagi misralar G’ofur G’ulomning qaysi she’ridan olingan?

2.Aziz asrimizning aziz onlari, Aziz odamlardan so’raydi qadrin. G’ofur G’ulomning “Vaqt” she’ridan olingan mashhur misralarni davom ettiring.

3.G’ofur G’ulom o’zbek she’riyatini umumbashariy darajaga ko’targan qaysi she’rlarini Ikkinchi jahon urushi yillarida yozgan?

4. — Mening ham ikki bolam, xotinim, bitta kampir onam bor, bir tovuqqa ham don kerak, ham suv kerak, deganlaridek, shularni boqishim kerak. Ushbu jumlalar G’ofur G’ulomning qaysi asaridan olingan?

5.Yozuvchi, tanqidchi va tarjimon L. Bat G’ofur G’ulomning qaysi asarini “Mohiyat jihatidan chuqur milliy ruhdagi bu asar Mark Tvenning “Tom Soyerning boshidan kechirganlari”, CHarlz Dikkensning ba’zi romanlariga yaqindir”, degan edi.

6.— Birovga hech xolis xizmat qilib o’rganganmisiz? — Yigit kishining kuchi halol. Haligacha xolisdan boshqa xizmat qilgan emasmiz. Yuqoridagi jumlalar qaysi asardan olingan?

7.G’ofur G’ulom taxallusi bilan ijod qilgan O’zbekiston xalq shoiri, akademik, taniqli yozuvchining asl ismi-sharifini toping.

8.G’ofur G’ulomning qaysi asarlari asosida teatr spektakllari va kinofilmlar yaratilgan?

9.G’ofur G’ulom nomidagi nashriyotning to’liq nomini ko’rsating.

10.G’ofur G’ulom nomi bilan ataladigan joylarni toping.

11.G’ofur G’ulom qachon O’zbekiston xalq shoiri bo’lgan?

12.O’zbekiston xalq shoiri, akademik G’ofur G’ulom tavalludining 100 yilligi qachon nishonlangan?