Ijod maktablarini kasb-hunarga o'rgatish

   O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi “Ijod maktablari faoliyatini yanada takomillashirish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-147-son qarori, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasining 2024-yil 4-apreldagi 33-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon viloyati axborot-kutubxona markazining Axborot-texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati mutaxassislari tomonidan viloyatdagi Muhammad Yusuf ijod maktabi 10-11-sinf o‘quvchilariga bosma shakldagi kutubxona resurslarini raqamlashtirish bo‘yicha amaliy va nazariy mashg‘ulotlar olib bordilar. Mashg‘ulotda Muhammad Yusuf ijod maktabidan 15 nafar o‘quvchilar ishtirok etdilar.

Previous slide
Next slide

Sana: 16.09.2024