#Zahiriddin_Muhammad_Bobur

#Bobur_tavalludining_542_yilligi

Bobur kabi seving Vatanni!

Bobur nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida mohir sarkarda, adolatli shoh, olim, shoir, davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligini keng nishonlash, mutafakkirning hayoti va ijodini yanada yaqindan o’rganish va keng targ’ib qilish maqsadida “Bobur kabi seving Vatanni!” mavzusida adabiy-musiqali kecha o’tkazildi.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat va tumanlar bo’limlari hamkorligida tashkil etilgan tadbirda Bo’ston tumani “Pillakor” va “G’olib” MFYlari raislari, Andijon Mediata’lim texnikumi o’qituvchi va o’quvchilari, markaz kitobxonlari ishtirok etdi.
Tadbir avvalida markaz direktori G.Ismailova Zahiriddin Muhammad Boburning ijodiy hayoti haqida gapirib, adabiyotimizga qo’shgan ulkan hissasini e’tirof etdi. So’zining davomida Mirzo Boburning betakror she’riyati, insonni komillikka undovchi asarlari yosh avlodni ona yurtga muhabbat, xalqiga sadoqat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladi.

Kechada Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qo’rg’ontepa tuman bo’limi rahbari, ijodkor Elyorbek Qurbonov va Bo’ston tumani bo’limi bosh mutaxassisi Nargizaxon Oripovalar Boburning ona Vatanga bo’lgan yuksak muhabbati haqida gapirib, buyuk bobokalonimizga atab yozgan she’rlaridan o’qib eshittirdilar.
O’quvchilar tomonidan Bobur hayoti va ijodi, boy ma’naviy merosi, asarlari va nodir devonlari, Vatan sog’inchiga yo’g’rilgan g’azal va ruboiylaridan o’qildi. Yoshlarning musiqali chiqishlari, sahna ko’rinishlari va kuylagan qo’shiqlari barchaga manzur bo’ldi.
Previous slide
Next slide