Andijon viloyati axborot-kutubxona markazi
Annotatsiya: O‘zbek va rus yozuvchilarining hamkorligida yozilgan ushbu asar Ikkinchi jahon urushi yillarida halok bo‘lgan o‘zbekistonlik qahramon jangchilarning porloq xotirasiga bag‘ishlanadi! Biz turlicha urushlar va turlicha insonlarning taqdirini(urush davridagi) o‘qiganmiz.Ammo nemislar tomonidan insoniyat tarixidagi bu voqeani o‘chirishni istagan, umuman tarix sahifasidan joy egallashini xohlamagan bir tarix borki,u biz,O‘ZBEKlar haqida! Birinchi va Ikkinchi jahon urushida qatnashgan minglab o‘zbek yigitlarining nomlarini shahidlar daftaridan ko‘zda yosh bilan o‘qiganmiz.Ammo ularning asirlikdagi holidan yaqin- yaqinlardagina xabar topdik.O‘sha mash‘um o‘tmishning qora sahifasi “Bir yuz bir”da bitilgan!