Navro’z –milliy qadriyatlar timsoli (onlayn viktorina)

Mahmud Qoshg’iriyning “Devoni lug’otit - turk” asarida “suma” so’zi qadimgi turkiy tilida qanday ma'noni berishi qayd etilgan?

Navro’zda birinchi ochilgan qaysi gulni ko’tarib bolajonlar uyma-uy qo’shiq kuylab yurishgan?

Navro’z so’zining ma'nosi nima?

Navro’z bayrami haqidagi ma'lumotlar qaysi buyuk allomalar asarlarida keltirgan?

Qaysi buyuk alloma kun bilan tenglashgan (Quyosh taqvimi bilan 21 mart) pallani shunday izohlaydi?

“Yuz ochib bildirdi qad birla sochi teng erkanin,
Zohir o’lg’ondek tunu kun tengligi Navro’zdin”.

Bu taom qadimdan Navro’z bayramida boylar tomonidan zakot sifatida tarqatilgan. Odatga ko’ra taomni faqat erkaklar tayyorlagan. Bundan taom kishiga quvvat beradi. Bu qaysi taom?

Har bir odam o’z avlod ajdodini ya'ni “Yetti pushti”ni bilishi bizda milliy qadriyat sanaladi. Chunki bu naslni pok saqlashga yordam bergan. Savol: Yetti avlodni sanab bering?

Navro’z bayrami Yunesko tamonidan qachon qabul qilingan?

Navro’z bayramining asosiy taomlari qaysilar: